Qarori davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish



Download 145,33 Kb.
bet19/42
Sana14.07.2022
Hajmi145,33 Kb.
#794639
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
murodjon kurs ishi original nusha

9-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
58. Qo‘mita, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyaning moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
a) lavozim maoshi (davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan miqdorda);
(59-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar va boshqa to‘lovlar:
(59-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
markaziy apparat va Hududlararo inspeksiya xodimlariga (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim ish haqiga (tarif stavkasiga) 20 foiz. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;
ish haqi fondining 25 foizi (budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan shakllanadigan);
lavozim maoshiga nisbatan 40 foiz (mehnatni rag‘batlantirish koyeffitsiyenti);
maxsus unvon uchun 0,15 dan 0,65 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda);
uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun 0,05 dan 0,6 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda);
Oldingi tahrirga qarang.
ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mukofot va bir oylik mehnat haqi miqdoridagi moddiy yordam to‘lovi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar;
(59-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan yettinchi-sakkizinchi xatboshilar to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
v) rag‘batlantiruvchi to‘lovlar;
boshqa to‘lovlar, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi oylik to‘lovlar;
(59-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining transport harajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravar miqdorida oylik to‘lovlar (xizmat transporti vositalari ajratilgan xodimlardan tashqari);
(59-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
yiliga bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish;
d) xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
alohida muhtojlik holatida (baxtsiz hodisa, to‘y va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar);
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar.
Maxsus unvon va ko‘p yillik xizmati uchun beriladigan ustama miqdorini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan to‘lanadigan lavozim maoshi va oylik ustamalarning birgalikdagi summalari hisobga olinadi.
Qo‘mita xodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)

Download 145,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish