O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 38-son, 187-modda) 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoni)” 2017-yil 18-oktabrdagi 847-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 242-modda) ilovaning 1-bandi “b” va “v” kichik bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-son Qonuni)” 2017-yil 1-dekabrdagi 960-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 279-modda) ilovaning 15-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoni)” 2018-yil 30-martdagi 252-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 71-modda) 1-ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)” 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 121-modda) 1-ilovaning 17-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |