Uchquduq” Konchilik boshqarmasi “Fond ngmk” ga qarashli “Konchi” sanatoriy- profilaktoriyasi to`g`risida ma`lumot



Download 15,08 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi15,08 Kb.
#428009
Bog'liq
Uchquduq


Uchquduq” Konchilik boshqarmasi “Fond NGMK” ga qarashli “Konchi” sanatoriy- profilaktoriyasi to`g`risida ma`lumot.
“Konchi” sanatoriya-profilaktoriyasi sanator tipidagi davolash-profilaktika muassasasi bo`lib Shimoliy Kon Boshqarmasi tasarrufida mehnat qilayotgan xodimlar va nafaqaxo`rlarning sog`lig`ini tiklash va profilaktika qilish uchun xizmat qiladi.
Sihatgoh 1968-yilda ishga tushirilgan bo`lib, birinchi davolash ishlari 1969 yil mart oyida boshlangan. Birinchi bosh shifokori Belozyorov Gennadiy Andreyevich bo`lgan .2002 yilning may oyidan hozirga qadar “Konchi” sihatgohining bosh shifokori bo`lib Kravchenko Yelena Aleksandrovna ishlab kelmoqda.
Uzoq yillardan buyon jamoadagi mehnat faoliyatini bosh hamshira Konyuxova Olga Nikolayevna bosh hisobchi Shekochixina Natalya Ivanovna, xo`jalik bo`limi mudiri Razzokova Nazira Shamsitdinova, Rizakulova Dulfuza Raxmonovna lar samarali tashkil qilib kelmoqdalar.
“Konchi” sihatgohining asosiy vazifalaridan biri mehnatkashlarning sog`ligini mustahkamlash, sog`lom turmush tarzini shakillantirish kasallanish darajasini kamaytirish. Terapevt- shifokor bo`lib bilimli va juda e`tiborli mutaxassis To`xtaboyeva Dilora Teshayeva faoliyat yuritadi.
“Konchi” sanatoriy-profilaktoriyasiga 90 kishining dam olishiga mo`ljallangan. Davolanish muddati 14 kun. Bir yilga 2070 kishi davolanib, dam oladi.
“Konchi” sihatgohi Uchquduq shahari hududida joylashgan. Sihatgoh binosining birinchi qavatida trenajyorlar bilan jihozlangan jismoniy tarbiya zali joylashgan.
2018-yilning santabr oyida “Konchi” sihatgohining kapital ta`mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Bu ta`mirlash ishlari jarayonida jihozlar to`liq almashtirildi, har bir yashash xonasi maroqli dam olish uchun uy-ro`zg`or texnikalari (televizor) split-sistema ,muzlatkich, elektr choynak bilan jihozlandi.
Kapital ta`mirlash jarayonida sihatgoh hududida obodonlashtirildi va ko`kalamzorlashtirildi. Shinam ayvonlar, sun`iy sharsharali favvora, gulzorlar tashkillashtirildi. 2020 yilda minifutbol maydonchasi barpo etildi.
Dam oluvchilar shinam oshxona zalida ovqatlanadilar. Sihatgohda haftada bir kun milliy taomlar namoyishi o`tkaziladi. Taomlarning sifatli tayyorlanishini diyethamshira Murtazoyeva Sayyora Ostonovna nazorat qiladi.
Ovqat tayyorlash blokida ko`p yillardan buyon bosh oshpaz Orazova Rabiya, oshpazlar Valentina Inna, Raximova Shaxnoza va boshqalar mehnat qilib kelmoqdalar. “Konchi” sihatgohida davolash, profilaktik va reabilitatsiya tadbirlarini o`tkazish uchun fizioterapevtik baza mavjud. Fizxonalarda davolash muolajalari o`tkaziladi. Angliya,Rossiya va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan eng zamonaviy jihozlari bilan jihozlangan.
Ultratovush muolajasi, lazer terapiyasi, elektruqalash, darsenval sollyuks, magnitterapiyasi, elektrofarez, gidromassaj, marvarid vannalari, parafin bilan davolash, to`lqinli terapiya, qisqa to`lqinli terapiya kabi muolaja vositalari mavjud.
Fizkabinetlarda uzoq yillardan buyon hamshiralardan Muhammadiyeva Nigora, Yusupjanova Gulshan, Berdiyeva Saodat, Nazarova Gulchehra, Ergasheva Munisalar samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Sihatgohda fitobar tashkillashtirilgan bo`lib, har bir dam oluvchi kislorod kokteyli va shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan damlamalardan bahramand bo`lishlari mumkin.
Sihatgohning uqalash xonasida qo`l bilan uqalash muolajasini o`tkazilib, bu muolajalarni sifatli o`tkazilishda Kazakov Javohir o`z hissasini qo`shib kelmoqda. “Konchi sihatgohida davolash muolajalarini ishdan uzilmagan holda o`tkaziladi. Zarur holatlarda, tezkor tibbiyot yordamini ko`rsatish maqsadida uzliksiz bir sutkali xizmat ko`rsatadigan muolaja xonasi tashkillash tirilgan. Bu xonada mas`uliyatini his qilgan holda Qayumova Dilfuza, Ortiqova Farida, Po`latova Zebo, Abdirahimova Nafosat kabi hamshiralar xizmat ko`rsatadilar.
Davolanuvchilarning madaniy dam olishlari uchun bosh shifokor tasdiqlagan reja asosida tadbirlar o`tkaziladi. “Konchi” sihatgohida kutubxona mavjud bo`lib, “Uchquduq” madaniyat uyining kutubxonasi bilan ham aloqa o`rnatilgan holda badiiy adabiyotlar tanlab olinadi. Sihatgohda muntazam ravishda adabiy, musiqali va tematik kechalar tashkillashtiriladi. “Konchi” sihatgohlarining madaniy tadbirlari uchun Muqimova Zarnigor javobgar hisoblanadi. Sihatgohda “Uchquduq” madaniyat saroyining jamoalari ishtirokida badiiy kechalar uyushtiriladi.
Sportning shashka, shaxmat, stol tennisi, futbol bo`yicha musobaqalar, haftada bir marta “Oshxona kuni”, tavallud ayyomini nishonlaydiganlarni tabriklash va boshqa tadbirlar uyushtiriladi. Sihatgoh binosining tozaligini, orastaligini uzoq yillardan buyon Egamberdiyeva Iqbolxon, Namatova Safarxol, Berdiyeva Nodira, Tuygunova Gulsanamlar ta`minlab kelmoqdalar, “Konchi” sihatgohining jamoasi ko`pmillatli, inoq va hamisha sifatli xizmat ko`rsatishga shay.
Download 15,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish