inspektorlar tarkibi lavozimlari — mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan vakolatlar berilmagan holda soliq organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajaruvchi soliq organlari xodimlari lavozimlari.
3. Soliq organlari mansabdor shaxslariga (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) soliq organlarida boshqaruv xodimlarining shtatidagi lavozimlarni egallab turgan shaxslar kiradi va ularga egallab turgan lavozimlariga hamda uzoq muddat ishlaganligiga muvofiq ravishda quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali inspektori;
soliq xizmatining II darajali inspektori;
soliq xizmatining III darajali inspektori;
soliq xizmatining inspektori.
Oldingi tahrirga qarang. Ishlab chiqarish xodimlariga texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar toifasiga mansub bo‘lmagan soliq organlarida shtat lavozimlarini egallab turgan mutaxassislar kiradi.
Mutaxassislarning (ishlab chiqarish xodimlarining) shtatlar soni quyidagi tartibda belgilanadi:
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (shu’basi):
Oldingi tahrirga qarang. har 100 ming nafar aholiga hisoblab chiqqanda (ko‘p tomonga yaxlitlanadigan 1:2 nisbatda) 1 shtat birligi — tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida;
(3-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) 2 shtat birligi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida;
2 shtat birligi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) markaziy apparatida;
navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash:
15 shtat birligi — Qo‘mita markaziy apparatida;
3 shtat birligi — Qo‘mitaning hududiy tuzilmalari hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida;
Oldingi tahrirga qarang. soliq to‘lovchilarning buxgalteriya hisobini yuritish va huquqiy qo‘llab-quvvatlash xizmatida (davlat soliq boshqarmalarida va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida) — 2 shtat birligi.
(3-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)