2-bob. Xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash
4. Soliq organlarida xizmatga o‘zlarining kasb malakasi, ishchanlik, shaxsiy va ma’naviy-axloqiy sifatlariga, ma’lumoti darajasiga va salomatligiga ko‘ra soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qo‘mita raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mita markaziy apparatining ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bo‘limlari (shu’balari) boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari Ichki audit boshqarmasi va O‘z xavfsizligi va komplaens-nazorat boshqarmasi bo‘limlari mansabdor shaxslari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi bo‘limlari (shu’balari) boshliqlari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi O‘z xavfsizligi va komplaens-nazorat boshqarmasi bo‘limlari mansabdor shaxslari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tayinlanadilar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Ushbu bandning birinchi — uchinchi xatboshilarda sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslar tegishli soliq organi rahbari tomonidan tayinlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Soliq organlarining inspektorlar va ishlab chiqarish xodimlari tarkibi lavozimlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi darajasidan kam bo‘lmagan iqtisodiyot, huquq, kompyuter texnologiyalari va informatika ta’limi sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tanlov asosida egallanadi.
Ayrim hollarda soliq organlariga xizmatga boshqa sohalarda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, korxonalar va alohida tarmoqlarga soliq solish va ularning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish sohasida zarur bilimlarga ega bo‘lgan xodimlar qabul qilinishi mumkin.
Soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadiganlardan tashqari, rahbarlik lavozimlari tanlov asosida mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ta’lim sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan egallanadi.
Tanlovlar o‘tkazish, xizmatga qabul qilish va boshqa doimiy ishga o‘tkazish tartibi mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq Qo‘mita tomonidan belgilanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
7. Quyidagi shaxslar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qo‘llanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno);
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan;
mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan bo‘shatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 5-bandlari bo‘yicha bo‘shatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun bo‘shatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
8. Xizmatga qabul qilinayotgan shaxs bilan tegishli soliq organi mehnat shartnomasi tuzadi.
Soliq organlarida xizmat qilish to‘g‘risidagi namunaviy mehnat shartnomasi shakli Qo‘mita raisi tomonidan belgilanadi.
9. Soliq organlariga xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar shtatdagi lavozimga mehnat shartnomasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasi talablariga muvofiq uch oygacha sinov muddati bilan tayinlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadiganlar bundan mustasno.
Sinov muddati mobaynida xodimga murabbiy tayinlanadi.
10. Soliq organiga xizmatga qabul qilingan shaxsga butun xizmat davri uchun shaxsiy tabel tartib raqami beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |