Qanday reaksiyalarga ichki molekular oksidlanish qaytarilish reaksiyalari deyiladi?



Download 2,52 Mb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi2,52 Mb.
#285870
  1   2   3
Bog'liq
8-SINF savolnoma Xurshidaka





Qanday reaksiyalarga ichki molekular oksidlanish qaytarilish reaksiyalari deyiladi?

Oksidlovchi va qaytaruvchi bitta modda tarkibida bo'lib, elektronlarning

almashinuvi shu modda tarkibidagi zarrachalar orasida sodir bo'ladi.

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining bunday turlari ichki molekular

oksidlanish-qaytarilish deb ataladi.






Ichki molekular oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga misol keltiring?

Vodorod peroksidning katalizator (MnO2) ishtirokida parchalanib suv va

kislorod hosil qilishi.






Disproportsiyalanish reaksiyalari deb qanday reaksiyalarga aytiladi?

Bir xil molekuladagi, oraliq oksidlanish darajasidagi atomning bir qismi yuqoriroq, ikkinchi qismi esa quyi, oksidlanish darajasiga o'tishi bilan boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari disproportsiyalanish

reaksiyalari deyiladi.



Elementlarning nisbiy elektrmanfiyligi

H

2,1




















Li

0,97


Be

1,47


B

2,01


C

2,50


N

3,07


O

3,50


F

4,10


Na

1,01


Mg

1,23


Al

1,47


Si

1,74


P

2,1


S

2,6


Cl

2,83


K

0,91


Ca

1,04


Ga

1,82


Ge

2,02


As

2,20


Se

2,48


Br

2,74


Rb

0,89


Sr

0,99


In

1,49


Sn

1,72


Sb

1,82


Te

2,01


I

2,21


Cs

0,86


Ba

0,97


Tl

1,44


Pb

1,55


Bi

1,67


Po

1,76


At

1,96




IV-bob. Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi.






Quruq osh tuzi va distillangan suv elektr tokini qanday o’tkazadi?

O’tkazmaydi.




Moddalar elektr tokini o’tkazish yoki o’tkazmasligiga qarab qanday guruhlarga bo’linadi?

Elektrolit va noelektrolitlarga.




Elektrolitlar deb qanday moddalarga aytiladi va ularga misollar?

Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga suvda eriydigan kislotalar, ishqorlar va tuzlar kiradi.




Qanday moddalar elektrolitmaslar deyiladi?

Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o'tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar (noelektrolitlar) deyiladi.




Elektrolitmaslarga qanday bog’lanishli moddalar kiradi va ularga misollar?

Elektrolitmaslarga qutbsiz kovalent bog'lanishli moddalar, metan, karbonat angidrid, shakar, spirtlar va distillangan suv kiradi.




Elektrolitlar qanday holatda elektr tokini o’tkazadi?

Elektrolitlar faqat suvda eritilganda yoki yaxshilab suyuqlantirilgandagina elektr tokini o'tkazadi.




Elektrolitlar kristall holda elektr qanday o’tkazadi?

Kristall holda ular elektr tokini yomon o'tkazadi yoki butunlay o'tkazmaydi.




Nima uchun elektrolitlarning suvdagi eritmasi yoki suyuqlantirilgani elektr tokini o'tkazadi, aksincha, elektrolitmaslarning suvli eritmalari esa elektr tokini o'tkazmaydi?

Ushbu savollarga to'liqroq javobni kim va qachon bergan?



Bu savolga javobni 1887- yilda shved olimi Svante Arrenius o'zining elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasida javob bergan.





Svante Arrenius elektrolitlar sohasida olib borgan ilmiy ishlari uchun nechanchi yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan.

Elektrolitlar sohasida olib borgan ilmiy ishlari uchun 1903- yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan.




Elektrolitlar (tuzlar, kislotalar hamda ishqorlar) --- suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda nimalarga ajraladi?

Ionlarga.




Ionlarning zaryadlari qanday bo’lishi mumkin?

Ionlar musbat zaryadlangan (kationlar) yoki manfiy zaryadlangan (anionlar) bo’lishi mumkin.




Dissotsiatsiya deb nimaga aytiladi?

Ion bog'lanishli birikmalarning suvda eritilganda ionlarga ajralishiga dissotsiatsiya deyiladi.




Eritmada osh tuzi kristallari suvning qutblangan molekulalari ta'sirida

erib, qanday ionlarni hosil qiladi?



Gidratlangan ionlarni.




Vodorod va metallar, ammiak qanday qilib kationlarga aylanadi?

Vodorod va metallar elektron berib, ammiak esa o'zining xususiy juft elektroni hisobiga proton biriktirib olib kationlarga aylanadi (H+, Na+, Zn2+, Al3+, NH4+).




Kislota qoldiqlari,gidroksid guruhlari anion ko’rinishida bo’ladimi yoki kation?

Anion ko’rinishida.




Qanday zarralar katod va anod tomon harakatlanadi?

Musbat zaryadlangan ionlar elektr manbaining katodi tomon, manfiy zaryadlangan ionlar esa elektr manbaining anodi tomon harakatlanadi.




Elektrolitlar (tuzlar va ishqorlar) suyultirilganda ham ionlarga ajraladi. Buning sababi nimada?

Buning sababi modda suyultirilganda zarrachalarning tebranma harakati kuchayib, ular orasidagi bog'lanish zaiflashib qoladi va elektrolit ionlarga osonlik bilan ajralib

ketadi.





Kislotalar kuchli qutblangan molekulalardir, ular ham suvda eriganda ionlarga ajraladi, ammo tuzlar va ishqorlarning suvda erishida sodir bo'lgan hodisadan farq qiladi. HCl suvda eriganda qanday jarayon ro’y beradi?

Vodorod xlorid suvda eriganda molekulasidagi vodorod elektronini qoldirib, suv molekulasiga ko'chib o'tadi. Natijada xlorda 1 ta elektron ortiqcha bo'lgan xlor ioni va 1 ta proton (vodorod atomining yadrosi) qo'shilgan H3O+ (gidroksoniy) ioni hosil bo'ladi. Demak, suvda HCl, HBr, H2S, HNO3, H2SO4 va boshqa kislotalar eriganda

H3O+ (gidroksoniy) ioni hosil bo'ladi:






Gidroksoniy ioni parchalansa nimalarni hosil qiladi?

Gidroksoniy ioni suv va vodorod ionini hosil qiladi. H3O+ ↔H++H2O




Qanday kislotalarning barchasi dissotsilanadi?

Suvda eriydigan kislotalarning.




Kislotalarning umumiy xossalari, ya'ni nordon ma'zaga ega bo'lishi, indikator-

lar rangini o'zgartirishi, asoslar va asosli oksidlar, tuzlar bilan reaksiyaga kirishuvi nima bilan tushuntiriladi?



Ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida vodorod ionini hosil bo'lishi bilan.




Dissotsiatsiyalanganda kation sifatida faqat vodorod ioni hosil qiladigan

murakkab moddalarning umumiy nomi?



Kislotalar.




Dissotsiatsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ioni (OH-) hosil qila-

digan murakkab moddalarga qanday nomlanadi?



Asoslar.




Tuzlar dissotsilanganda nimalarga ajraladi?

Tuzlar dissotsiatsiyalanganda metall kationi (ammoniy tuzlarida ammoniy kationi NH4+) ga va kislota qoldig'i anioniga ajraladi.




Nordon tuzlar dissotsiatsiyalanganda kation sifatida nima hosil bo'ladi?

Kation sifatida metall ioni bilan birga vodorod ioni ham hosil bo'ladi.




Dissotsilanishga bog’lab tuzlarga qanday ta’rif berish mumkin?

Dissotsiatsiyalanganda metall kationi bilan kislota qoldig'i anioni (nordon tuzlarda vodorod kationi ham) hosil qiladigan murakkab moddalarga tuz-

lar deb aytiladi.






Dissotsiatsiyalanish darajasi nima va u nima bilan belgilaniladi?

Dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan modda molekulalarining dastlabki soniga nisbati elektrolitning dissotsiatsiyalanish darajasi deb

ataladi va α harfi bilan belgilanadi.






Dissotsiatsiyalanish darajasi nimalar bilan ifodalaniladi?

Dissotsiatsiyalanish darajasi 0 dan 1 gacha bo'lgan birliklarda yoki 0 dan 100% gacha bo'lgan birliklarda ifodalanadi.




Dissotsiatsiyalanish darajasi nimaga bog'liq bo'ladi?

Dissotsiatsiyalanish darajasi erigan elektrolit va erituvchi tabiatiga, eritma konsentratsiyasiga, muhit haroratiga bog'liq bo'ladi.




0,05 M li sulfat kislotaning 18°C dagi

dissotsiatsiyalanish darajasi necha % ga teng?



58 % ga.




Qanday elektrolitlar kuchli elektrolitlar deyiladi?

Dissotsiatsiyalanish darajasi nisbatan yuqori bo'lgan elektrolitlar.




Kuchli elektrolitlarga misollar keltiring?

Ko'pchilik tuzlar (NaCl, KNO3, Ba(NO3)2, FeSO4), kislotalar (HClO4, HNO3, H2SO4, HCl, HBr, HJ) va ishqorlar (NaOH, KOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2).




Kuchsiz elektrolitlarga ta’rif bering?

Dissotsiatsiyalanish darajasi suyultirilgan eritmalarida ham kichik qiymatga ega bo'lgan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi.




Qaysi moddalar kuchsiz elektrolitlarga misol bo’la oladi?

Barcha organik va ba'zi noorganik kislotalar (H2CO3, HClO, H2S, HNO2, H2CO3, H2SiO3, HClO2 va b.q), ammoniy gidroksid, metallarning erimaydigan gidroksidlari, suv.




Kuchsiz elektrolitlar suvli eritmalarda qanday miqdorda dissotsiatsiyalanadi?

Qisman.




Elektrolitning dissotsiatsiyalanish konstantasi elektrolit va erituvchi tabiatiga hamda haroratga bog'liq, lekin nimaga bog'liq emas?

Konsentratsiyaga.




Dissotsiatsiyalanish konstantasi qan-

cha katta bo'lsa, elektrolit shuncha … ?



Kuchli dissotsiatsiyalanadi.




Elektrolitlarning eritmalarida sodir bo'ladigan kimyoviy reaksiyalar nimalar ishtirokida amalga oshadi?

Elektrolit moddaning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo'lgan ionlar ishtirokida.




Ionlar orasida boradigan kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuzishda kuchli elektrolit moddani, kuchsiz elektrolitlar, suvda erimaydigan cho'kma moddalar, gaz holatga o'tib reaksiya muhitidan chiqib ketadigan moddalarning qanday formulalarini yozamiz?

Ionlar orasida boradigan kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuzishda kuchli elektrolit moddani dissotsiatsiyalangan holda, kuchsiz elektrolitlar, suvda erimaydigan cho'kma moddalar, gaz holatga o'tib reaksiya muhitidan chiqib ketadigan moddalarning molekular formulalarini yozamiz.




Elektrolitlarning eritmalari orasida sodir bo'ladigan reaksiyalarni qanday

guruhlarga bo'lib o'rganamiz?



1. Neytrallash reaksiyalari.

2. Cho'kma hosil bo'lishi bilan sodir bo'ladigan reaksiyalar.

3. Gaz modda hosil bo'lishi bilan boradigan reaksiyalar.





Lakmus eritmasi qo'shilgan kislota eritmasi (qizil rangli eritma)ga sekin

asta ishqor eritmasini qo'shsak eritmaning rangi o'zgarib binafsha rangga o'tadi. Buning sababi nimada?



Buning sababi eritmani neytral muhitga o'tganligidadir:

HCl+KOHKCl+H2O






Neytrallanish reaksiyasining mohiyati nimadan iborat?

Neytrallanish reaksiyasining mohiyati kislotali muhitning beruvchi H+ ionlarini ishqoriy muhitning beruvchi OH- ionlari bilan birikib suv hosil qilishidan iborat. Suv elektrolit emas, u ionlarga deyarli ajramaydi.




BaCl2 + Na2SO4 = 2NaCl + BaSO4

Yuqoridagi reaksiya elektrolitlarning eritmalari orasida sodir bo'ladigan reaksiyalarning qaysi guruhiga mansub?



Cho'kma hosil bo'lishi bilan sodir bo'ladigan reaksiyalarga.




Quyidagi reaksiya elektrolitlarning eritmalari orasida sodir bo'ladigan reaksiyalarning qaysi guruhiga mansub?

Na2S + 2HCl = 2NaCl + H2S.



Gaz modda hosil bo'lishi bilan boradigan reaksiyalar.




Toza suv juda ham kuchsiz elektrolit hisoblanib, uning dissotsiatsiyalanish darajasi nechchiga teng?

α = 10-9




Teng miqdorda H+ va OH- ionlari bo'lgan eritma neytral muhitli bo'ladi. Agar eritmada H+ va OH- ionlari miqdori teng bo’lmasa muhit qanday bo’ladi?

H+ ionlari ortiqcha bo'lgan eritma kislotali, OH- ionlari ortiqcha bo'lgan eritma

esa ishqoriy muhitda bo'ladi.






Elektrolit eritmalari orasidagi reaksiyalarning oxirigacha borishi sababi nimada?

Eritmadagi ionlarni o'zaro birikib dissotsiatsiya-lanmaydigan moddalar hosil qilishida.




"Gidroliz" so'ziga ta’rif bering?

"Gidroliz" so'zi yunoncha "gidro" - suv, "lizis"- parchalayman degan ma'noni anglatadi.




Kuchli asos va kuchli kislotalardan hosil bo'lgan tuzlarning eritmalari

muhiti qanday bo'ladi. Bunday tuzlar gidrolizga uchraydimi?



Muhiti neytral bo'ladi. Bunday tuzlar gidrolizlanmaydi.




Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo'lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti qanday bo'ladi?

Kislotali.




Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo'lgan tuzlar suvda eritilganda,

eritma muhiti qanday bo'ladi?



Ishqoriy.




Qanday tuzlar gidrolizga to’liq uchraydi?

Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo'lgan tuzlar.




Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo'lgan tuzlar gidrolizida muhit qanday bo’ladi?

Eritmaning muhiti hosil bo'lgan asos bilan kislotaning nisbiy kuchi bilan belgilanadi. Demak, hosil bo'lgan asos kuchliroq bo'lsa kuchsiz ishqoriy, kislota kuchliroq bo'lsa kuchsiz kislotali bo'ladi, hosil bo'lgan asos va kislotaning kuchi teng

bo'lganda neytral muhitda bo'ladi.






Qanday reaksiyalar gidroliz reaksiyalari deyiladi?

Tuzlar bilan suv orasida sodir bo'ladigan reaksiyalar.




Gidroliz deb nimaga aytiladi?

Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo'lgan ionlarni suv bilan o'zaro ta'sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo'lishi gidroliz deb ataladi.




Tuzlarning gidrolizi nimaga bog’liq?

Tuzlar gidrolizi ularning tabiatiga, eritma konsentratsiyasi va haroratiga bog'liq.




Harorat ko’tarilganda gidrolizda qanday o’zgarish kuzatiladi va nima uchun?

Harorat ko'tarilganda tuzlarning gidrolizlanishi ortadi, chunki haroratning ortishi suvning dissotsiatsiya H2O = H+ + OH- muvozanatini o'ngga siljitadi.




FeCl3 tuzining gidrolizi haqida gapiring?

FeCl3 tuzi uch bosqichda gidrolizlanadi. Odatdagi sharoitda bu tuz gidrolizining faqat I bosqichi amalga oshadi:

FeCl3 + HOH = HCl + Fe(OH)Cl2

Lekin eritma qaynatilsa, uning II bosqichi ham sodir bo'ladi:

Fe(OH)Cl2 + H2O = HCl + Fe(OH)2Cl

Qizdirish davom ettirilsa, III bosqichi ham sodir bo'ladi:

Fe(OH)2Cl + H2O = HCl + Fe(OH)3






Eritmalar suyultirilganda gidroliz darajasi qanday o’zgaradi va buni tushuntiring?


Eritmalar suyultirilganda gidroliz darajasi ortadi. Buni SbCl3 tuzining gidrolizi misolida ko'rish mumkin:

SbCl3 + 2H2O = Sb(OH)2Cl + 2HCl

Agar bu tuz eritmasiga qo'shimcha suv qo'shsak muvozanat o'ngga siljiydi va cho'kma holida Sb(OH)2Cl (yoki SbOCl - antimonil xlorid) hosil bo'ladi.





Eritmalarning gidrolizini sekinlashtirish va gidrolizning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Eritmalarda gidroliz jarayonini sekinlashtirish uchun quyi haroratlarda va konsentrlangan holda saqlash lozim. Bundan tashqari kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuz eritmalarida kislotali muhitni ta'minlash, kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo'lgan tuz eritmalarida ishqoriy muhitni saqlash ham gidrolizning oldini

olishi mumkin.



Ionlarning o'ziga xos xossalari

Eritmadagi

mavjud ion




Reaktiv

tarkibidagi ion




Kuzatiladigan jarayon


H+

Indikator

Rangi o'zgaradi

OH-

Indikator

Rangi o'zgaradi

Na+

-

Alangani sariq rangga bo'yaydi

K+

-

Alangani binafsha rangga bo'yaydi

Ca2+

CO32-

Oq cho'kma

Ba2+

SO42-

Oq cho'kma

NH4+

OH-

O'tkir hidli gaz. Ammiak hidi

Cu2+

OH-

Ko'k cho'kma

Zn2+

OH-

Oq cho'kma. OH- mo'l bo'lganda eriydi

Fe2+

OH-


Och-yashil cho'kma. Vaqt o'tishi bilan qo'ng'ir rangga kiradi

Fe3+

OH-

Qo'ng'ir rangli cho'kma

Al3+

OH-

Oq cho'kma. OH- ko'p bo'lganda erib ketadi

Cl-

Ag+

Oq-pag'a cho'kma

Br-

Ag+

Och-sarg'ish rangli cho'kma

J-

Ag+

Sariq cho'kma

SO32-

H+

O'tkir hidli SO2 ajraladi

CO32-

H+

Ohakli suvni loyqalashtiruvchi CO2 gazi ajraladi

SO42-

Ba2+

Oq cho'kma

PO43-

Ag+

Sariq cho'kma

V-bob. METALLMASLAR.




Kimyoviy elementlar davriy sistemasida metallmaslar qayerda joylashgan?

Kimyoviy elementlar davriy sistemasida metallmaslar katta va kichik davrlar

oxirida bosh guruhchalarda joylashgan.






Metallmaslar qaysi elementlar oilasiga mansub?

Metallmaslar p-elementlar oilasiga mansub (vodorod va geliy s-element).




Kimyoviy reaksiyalarda metallmaslar atomlari o’zlarining oksidlovchi xossasini namoyon qiladimi yoki qaytaruvchi?

Oksidlovchi.




Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati bir davrda va bir guruhda

joylashgan metallmaslarda esa tartib raqami ortishi bilan qanday o’zgaradi?



Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati bir davrda

joylashgan metallmaslarda tartib raqami ortishi bilan kuchayib boradi, bu guruhda joylashgan metallmaslarda esa tartib raqami ortishi bilan kamayib boradi.






Elementlarning metallmaslik xossalari davrlarda va guruhlarda tartib raqami ortgan sari o’zgaradimi?

Elementlarning metallmaslik xossalari davrlarda tartib raqami ortgan sari kuchayib, guruhlarda esa kamayib boradi.




Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati eng kuchli bo’lgan element qaysi?

Ftor.




Elektrmanfiylik qiymati eng yuqori bo'lgan element?

Ftor.




Metallmaslar tabiatda qanday moddalar shaklida uchraydi?

Oddiy moddalar.




Kosmosda va yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan metallmaslar haqida gapiring?

Kosmosda vodorod va geliy eng ko'p tarqalgan metallmaslar bo'lsa, Yer qobig'ida (Yer qobig'i massasiga nisbatan) kislorod (47%) va kremniy (29,5%) eng ko'p tarqalgan metallmas hisoblanadi.




Xalkogenlar, galogenlar va inert gazlar deb qaysi guruhcha metallmaslariga aytiladi?

Kislorod guruhchasi metallmaslari --- xalkogenlar,

Ftor guruhchasi metallmaslari --- galogenlar,

Geliy guruhchasi metallmaslari --- inert gazlar deb ataladi.





Metallmaslarning normal sharoitdagi agregat holatlari haqida gapiring?

Normal sharoitda ba'zi metallmaslar gazsimon (vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor), ba'zilari suyuq (brom), qolganlari qattiq (oltingugurt, uglerod, yod, fosfor va bosh.) holda uchraydi.




Metallmaslarning fizik xossalari haqida gapirib bering?

Metallmaslar nozik tuzilmali bo'lib, ko'pchiligi organik erituvchilarda eriydi. Issiqlik va elektr tokini yomon o'tkazadi.




Tipik metallmaslar metallar bilan qanday bog'li birikmalar hosil qiladi?

Ion bog'li birikmalar.




Metallmaslarning o'zaro ta'sirlashuvidan qanday bog'li birikmalar hosil bo'ladi?

Kovalent bog'li birikmalar.




Metallmaslar kislorod va vodorod bilan qanday birikmalar hosil qiladi?

Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar, vodorod bilan uchuvchan vodorodli birikmalar hosil qiladi.




Nima sababdan vodorod I va VII guruhlarda yozilishi mumkin?

Vodorod atomining tashqi qavatida 1 ta elektron bo'lganligi uchun (vodorodning faqat 1 ta elektroni bor) ishqoriy metallarga o'xshab davriy jadvalning birinchi guruhida joylashgan. Shuningdek, vodorod odatdagi sharoitda gaz bo'lganligi, molekulasi ikki atomli va bu atomlar kovalent qutbsiz bog'langanligi sababli galogenlarga o'xshaydi. Shuning uchun vodorod VII guruh elementlari qatoriga ham yozilishi mumkin.




Qaysi elementlar metallmaslar deyiladi?

Geliy, neon, argon, kripton, ksenon va radon.




Qaysi birikmani olinishi bilan

inert gazlarning ba'zi kislorodli va ftorli birikmalarini sintez qilib olish imkoniyati vujudga keldi?



1962- yilda XeF4 ksenon tetraftorid

olinishi bilan.






Barcha metallmaslar (vodorod va geliydan tashqari) p-elementlar oilasiga mansub. Ammo … . Gapni davom ettiring?

Ammo barcha p-elementlar ham metallmas bo'lavermaydi.




Metallmaslarning elektrmanfiyligi qanday oralig'da bo'ladi?

2,00-4,00 oralig'ida.




Davrlarda chapdan o'ngga o'tgan sari elementlar ionlarining musbat zaryadlari kattalashadi. Shunga muvofiq ravishda uchuvchan vodorodli birikmalarning kislotali xossalari suvdagi eritmalarida qanday o’zgarib boradi?

Kuchayadi.




Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari elementning vodorodli birikmalarining suvdagi eritmalaridagi kislotaliligi ortib boradi. Sababi nimada?

Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari elementning manfiy zaryadli ionlari vodorod ionlarini o'ziga bo'shroq tortib turadi. Shunga muvofiq, vodorod ionlarining molekuladan uzilishi osonlashadi, demak, vodorodli birikmalarning suvdagi eritmalaridagi kislotaliligi ortib boradi.




Metallmaslar vodorodli birikmalarining oksidlovchi xossalari guruhlarda yuqoridan pastga o'tgan sari qanday o’zgaradi?

Kuchayadi.

Metallmaslarning davriy sistemada joylashishi

Guruhlar

Davrlar


III A

IVA

VA

VIA

VIIA

VIIIA

1













(H)

He

2

B

C

N

O

F

Ne

3




Si

P

S

Cl

Ar

4







As

Se

Br

Kr

5










Te

J

Xe

6













At

Rn

Yuqori oksidlari

formulasi



R2O3

RO2

R2O5

RO3

R2O7

RO4


Uchuvchan vodorodli

birikmalari formulasi






RH4

RH3

RH2

RH





VI-bob. Galogenlar.






Galogen so’zi haqida gapiring?

Fanga "galogen" tushunchasini 1811- yilda nemis kimyogari I. Shveyger kiritgan bo'lib, "tuz" va "hosil qiluvchi" degan ma'nolarni bildiradi.




“Galogen” atamasi qaysi elementlar uchun umumiy nom bo’lib qolgan?

"Galogenlar" atamasi ftor, xlor, brom, yod va astat uchun umumiy nom bo'lib qolgan.




Galogenlarning davriy sistemada joylashishi haqida gapirib bering?

VII guruhi bosh guruhchasida joylashgan.




Galogenlarning tashqi energetik pog’onasida nechta elektron bor?

Galogenlarning tashqi energetik pog'onasida 7 ta elektron bor.




Ftor va boshqa galogenlarning oksidlanish darajalari haqida nimalarni bilasiz?

Ftor eng kuchli elektrmanfiy element bo'lganligi uchun u barcha birikmalarida -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Xlor, brom va yod esa kislorodli birikmalarida +1 dan +7 gacha bo'lgan oksidlanish darajalarini ham namoyon etadi.




Galogenlarning tabiatda uchrashi haqida gapiring?

Galogenlar tipik metallmaslar, kuchli oksidlovchilar bo'lganligi sababli tabiatda erkin holda uchramaydi. Asosan tabiatda kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi.




Galogenlarni tabiiy birikmalaridan erkin holda ajratib olish uchun nima qilish kerak?

Galogenlarni tabiiy birikmalaridan erkin holda ajratib olish uchun galogenid ionlarini oksidlash kerak bo’ladi.




Ftorid ionidan ftor olish uchun qaysi jarayondan foydalaniladi?

Faqat elektroliz jarayonidan.




Xloridlardan xlorni qanday qilib olish mumkin?

Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi eritmalarni elektroliz qilib yoki

kuchli oksidlovchilar ta'sir ettirib olish mumkin.






Bromidlar va yodidlardan galogenlarni qanday qilib ajratib olish mumkin?

Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchi ta'sir ettirib olish mumkin. Bundan tashqari bromidlarning eritmalariga xlor ta'sir ettirib ham bromni olish mumkin. Chunki

xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir.

Yod olish uchun yodidlarning eritmalari elektroliz qilinadi yoki kuchli oksidlovchilar ta'sir ettiriladi, shuningdek, uni xlor, brom ta'sir ettirib ham olish mumkin.





Galogenlarning atom massasi ortib borgan sari fizik xossalari qanday o’zgaradi?

Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari oddiy sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib, qaynash harorati va zichlik ortib boradi.




Galogenlarning suvdagi eruvchanligi qanday?

Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha kam.




1 hajm suvda odatdagi sharoitda qancha hajm xlor eriydi?

2,5 hajm.




Odatdagi sharoitda 100 gr suvda necha gr yod eriydi?

100 gr suvda 0,02 gr yod eriydi.




Galogenlar qanday erituvchilarda yaxshi eriydi va bunday erituvchilarga misollar keltiring?

Organik erituvchilarda galogenlar yaxshi eriydi (organik erituvchilar - benzin, kerosin, atseton, turli xildagi spirtlar, benzol va h.k.).




Yod boshqa galogenlarda uchramaydigan qanday xossaga ega?

Yod sublimatlanish xossasiga ega.




Yod qizdirilsa qanday jarayon ro’y beradi?

Gunafsha rangli gaz holatiga o’tadi.




Sublimatlanishga ta’rif bering?

Qattiq moddalarning suyuq holatga o'tmasdan gaz holatga, gaz holatdan yana suyuqlanmasdan qattiq holatga o'tish hodisasi sublimatlanish deyiladi.




Ftordan yodga tomon (F2, Cl2, Br2, J2 qatori) galogenlarning atom radiusi qanday o’zgaradi?.

Ortib boradi.




Ftordan yodga o’tgan sari oddiy moddalarning oksidlovchilik, kimyoviy faolligi va qaytaruvchilik xossalari qanday o’zgaradi?

-- oksidlovchilik xossasi kamayib boradi;

-- kimyoviy faolligi kamayib boradi;

-- qaytaruvchilik xossasi ortib boradi.





Ftorda yodga o’tgan sari ionlarning kimyoviy faolligi qanday o’zgarish kuzatiladi?

Kimyoviy faolligi ortib boradi.




Galogenlar ichida eng faol element qaysi?

Ftor galogenlar ichida eng faol elementdir.




Ftor ta’sirida suvda qanday o’zgarish kuzatiladi?

Suv alangalanib yonadi.




Xlorning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi joylashuvi haqida gapiring?

Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi o'rni:

3- davr, VII guruhning bosh guruhchasi, tartib raqami 17.






Xlorning tabiatda uchrashi haqida gapirib bering?

Tabiatda xlor faqat birikmalar holida uchraydi.




Xlorning birikmalariga misollar keltiring?

- Galit (tosh tuzi) -------- NaCl

- Silvinit ------------------- KCl · NaCl

- Silvin --------------------- KCl

- Bishofit ------------------- MgCl2 · 6H2O

- Karnallit ------------------ KCl · MgCl2 · 6H2O

- Kainit --------------------- KCl · MgSO4 · 3H2O






Sanoatda xlor olish uchun qaysi usuldan foydalaniladi?

Sanoatda xlor olish uchun elektroliz usulidan foydalaniladi.




Laboratoriya sharoitida xlor olish uchun HCl ga qaysi modda ta’sir ettiriladi?

MnO2, KMnO4.




Xlorning fizik xossalari haqida nimalarni bilasiz?

Xlor sarg'ish-yashil rangli, o'tkir xidli, bo'g'uvchi,

zaharli gaz. Xlorni hidlash mumkin emas.






Ko’proq miqdorda xlor bilan nafas olgan kishida qanday o’zgarish kuzatiladi?

Ko'proq miqdor xlor bilan nafas olgan kishi o'lishi ham mumkin.




Xlor havodan necha marta og’ir?

2,5 marta og’ir.




20°C da 1 hajm suvda qancha hajm xlor eriydi?

2,5 hajm.




20°C da 1 hajm suvda 2,5 hajm xlor erishi natijasida nima hosil bo'ladi?

Xlorli suv.




Vodorod, metallar, bromidlar va yodidlar bilan o'zaro ta'sirlashganda xlor o’zining qanday xossasini namoyon qiladi?

Oksidlovchilik xossasini.




Nima sababli xlor temir bilan reaksiyaga kirishganda uni

+3 oksidlanish darajasiga qadar oksidlaydi?



Kuchli oksidlovchi bo'lganligi sababli.




Xlor suv va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda oksidlovchi bo’ladimi yoki qaytaruvchi?

Xlor molekulasidagi 1 ta atom oksidlovchi, ikkinchi atom esa qaytaruvchi bo'ladi.




Xlor qaynoq o'yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda qaysi tuzlarni hosil qiladi?

Xlor qaynoq o'yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda kaliy xlorid va Bertole tuzini hosil qiladi.




Sovuq o'yuvchi kaliy bilan xlor reaksiyaga kirishganda qaysi tuzlar hosil bo’ladi?

Sovuq o'yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda KClO va KCl tuzlarini hosil bo’ladi/




Vodorod xlorid sanoatda qaysi reaksiya asosida olinadi?

Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vodorod bilan xlor gazlari o'zaro reaksiyaga kiritiladi:

H2+Cl2=2HCl






Laboratoriyada vodorod xlorid qanday qilib olinadi?

Vodorod xloridni laboratoriyada olish uchun quruq

toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettiriladi: NaCl + H2SO4 → NaHSO4 + HCl↑






Vodorod xloridning fizik xossalari haqida gapiring?

Vodorod xlorid rangsiz, o'tkir xidli, bo'g'uvchi gaz bo'lib, havodan biroz og'ir.




Suvda juda yaxshi eriydi, ya'ni 1 hajm suvda qancha hajm HCl eriydi?

500 hajm.




Xlorid kislotadan farqli holda quruq

vodorod xlorid nimalar bilan reaksiyaga kirishmaydi?



Metallar va metall oksidlari bilan.




Vodorod xlorid asosan nima ishlab chiqarish uchun sarflanadi?

Xlorid kislota.




Vodorod xloridning suvdagi eritmasi nima deyiladi?.

Xlorid kislota.




Konsentrlangan xlorid kislotaning fizik xossalari haqida gapirib bering?

Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o'tkir xidli (vodorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi.




Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan nechchiga teng va necha foizli bo'ladi?

Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan 1,19 g/sm3 ga teng bo'lib, 37% li bo'ladi.




Konsentrlangan xlorid kislotaning eritmasi yana qanday nom bilan ataladi?

Tutovchi kislota.




Xlorid kislotaning indikatorlarga ta’siri qanday?

Indikator rangini o'zgartiradi:

- binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritadi;

- ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini rangsizlantiradi;

- metilzarg'aldog'ining to'q-sariq rangini qizil rangga kiritadi.






Xlorid kislotaning metallar bilan reaksiyasi haqida gapiring?

Metallarning faollik qatorida vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi.




HCl asosli va amfoter oksidlar bilan o'zaro ta'sirlashib nimalar hosil qiladi?

Asosli va amfoter oksidlar bilan o'zaro ta'sirlashadi va tuz bilan suv hosil qiladi.




Xlorid kislota asoslar bilan o'zaro ta'sirlashganda qanday moddalar hosil bo’ladi?

Tuz va suv.




Xlorid kislota qanday tuzlar bilan reaksiyaga kirishib, yangi kislota va tuz

hosil qiladi?



O'zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan.




Xlorid kislota kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’ladigan cho’kma haqida ma’lumot bering?

Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib, oq cho'kma (AgCl) hosil qiladi. Bu cho'kma suvda ham, kislotada ham erimaydi.




Xlorid ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun qaysi reaktiv hisoblanadi?

AgNO3.




Xlorid kislotaning oksidlovchilar bilan reaksiyasi haqida gapiring?

Oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishib, xlor ioni oksidlanadi va erkin xlor moddasini hosil qiladi.




Xlorid kislota tuzlarining umumiy nomi?

Xloridlar.




NaCl ning asosiy massasi qayerlarda bo'ladi?

Dengiz va okeanlar suvida erigan holda bo'ladi.




Qattiq kristall holda nima shaklida uchraydi?

Tosh tuzi shaklida.




O'zbekiston hududida tosh tuzi qaysi

konlardan qazib olinadi?



Xo'jaikon,Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a konlaridan.




Osh tuzining qaynash va suyuqlanish harorati, zichligi va eruvchanligi haqida gapiring?

Osh tuzining qaynash harorati 1413°C, suyuqlanish harorati 800,4°C, zichligi 2,16 g/sm3 ga teng. Eruvchanligi 0°C da 35,6 g.




Inson taxminan 1 kunda va 1 yilda qancha osh tuzi iste'mol qiladi?

Inson 1 kunda taxminan 10 g, 1 yilda esa 3,6 kg osh tuzi iste'mol qiladi.




O'zbekistondagi barcha aholi 1 yilda taxminan necha t atrofida osh tuzi iste'mol qiladi?

O'zbekistondagi barcha aholi 1 yilda taxminan 90000 t atrofida osh tuzi iste'mol qilar ekan.




Butun dunyodagi aholi 1 yilda qancha osh tuzi iste'mol qiladi?

Butun dunyodagi aholi 25 mln. t osh tuzi iste'mol qiladi.




KCl tabiatda qaysi minerallar tarkibida uchraydi?

Karnallit - KCl · MgCl2 · 6H2O, silvinit –KCl · NaCl, silvin - KCl, kainit --- KCl · MgSO4 · 3H2O




KCl ning tabiiy minerallari qaysi konlardan qazib olinadi?

Kaliy xloridning tabiiy minerallari Qashqadaryo viloyatining Tubokat va Surxondaryo viloyatining Xo'jaikon konlarida qazib olinadi.




Xloridlarning suvdagi eruvchanligi qanday?

Xloridlarning deyarli barchasi suvda yaxshi eriydi. AgCl, PbCl2, CuCl, HgCl2 lar esa erimaydi.




Xlorid kislota va xloridlarni aniqlash uchun qaysi reaktivdan foydalaniladi?

AgNO3 eritmasidan.




AgCl qanday cho’kma?

AgCl oq pag'a cho'kma..




HClO haqida gapiring?

Gipoxlorit kislota - HClO beqaror modda bo'lib, u suyultirilgan eritmalardagina mavjud bo'ladi. Kuchli oksidlovchidir.




HClO asta-sekinlik bilan parchalanib, qanday moddalar hosil qiladi?

U asta-sekinlik bilan parchalanib, atom holdagi

kislorodni ajratib chiqaradi:

HClO=HCl+O





HClO kislotaning kislotalik kuchi qanday?

Juda kuchsiz kislota.




Xlorli ohakning yana bir nomi?

Oqartiruvchi ohak.




Xlorli ohak tuzlarning qaysi turiga kiradi?

Aralash tuz.




Xlorli ohak qaysi kislotalarning kalsiyli tuzi hisoblanadi?

HClO va HCl.




HClO2 haqida gapiring?

HClO2 - xlorit kislota nihoyatda beqaror, faqat suyultirilgan eritmalardagina mavjud. Kuchli oksidlovchidir. Tuzlari beqaror, zarb ta'sirida portlaydi.




HClO3 erkin holda mavjud bo’la oladimi?

Yo’q, eritmadagina mavjud bo’ladi.




Xlorat kislota qachon portlab, parchalanadi?

Eritmadagi kislota konsentratsiyasi 40% dan ortib ketsa.




Kaliy xlorat ko’pincha qanday nom bilan ataladi?

Bertole tuzi.




Bertole tuzi KClO3 barqaror modda bo'lib, oksidlovchi sifatida qanday maqsadlarda ishlatiladi?

Gugurt ishlab chiqarishda, portlovchi moddalarni tayyorlashda ishlatiladi.




KClO3 dan laboratoriyada nima maqsadda foydalaniladi?

Kislorod olish uchun.




Qaysi kislota xlorning kislorodli birikmalari ichida eng kuchlisi hisoblanadi?

HClO4.




HClO, HClO2, HClO3, HClO4

Ushbu tartibda kislotalik kuchi, barqarorligi, oksidlovchi xossasi qanday o’zgaradi?.



HClO, HClO2, HClO3, HClO4

Ushbu tartibda kislotalik kuchi va barqarorligi ortadi. Oksidlovchi xossasi esa kamayadi.






Ftor - qaysi minerallar ko’rinishida tabiatda uchraydi?

Flyuorit (plavik shpat) CaF2, kriolit Na3[AlF6], ftorapatit 3Ca3(PO4)2 · CaF2 yoki Ca5(PO4)3F .




Brom – nimalar tarkibida uchraydi?

Xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi.




Yodning tabiatda uchrashi haqida gapiring?

Yod - dengiz o'tlari (laminariya) va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suvlarida, Chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (NaJO3, KJO3) holida keng tabiatda uchraydi.




Galogenlarning barchasi qanday hidga ega?

O’tkir hidga.




Nima sababdan galogenlarda tartib raqami ortishi bilan molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi?

Tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi.




Nima uchun Ftordan yodga tomon agregat holat gazsuyuqqattiq bo’lib o’zgarib boradi?

Tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. Natijada molekulalararo dispersion ta'sirlashuv kuchayib bromning suyuq, yodning qattiq holda bo'lishiga olib keladi.




Ftor, brom va yodning erituvchilarda erishi haqida ma’lumot bering?

Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo'lib, uni amalda erituvchilar vositasida eritish qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi.




Ftor xona haroratida qaysi metallar bilan yonib reaksiyaga kirishadi?

Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo'rg'oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi.




Ftor qachon barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi?

Qizdirilganda.




Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda qay tarzda reaksiyaga kirishadi?

Portlab yoki yonib.




Ftor qachon xlor, kripton

va ksenon bilan birikadi?



Qizdirilganda.




Ftorning ksenon bilan reaksiyasida issiqlik ajraladimi yoki yutiladimi?

Ajraladi.




Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to'g'ridan-to'g'ri reaksiyaga kirishadimi?

Kirishmaydi.




Ftor atmosferasida shisha va suvda qanday o’zgarish kuzatiladi?

Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi.




Brom va yodning vodorod bilan reaksiyasi haqida gapiring?

Brom, vodorod bilan qizdirilganda, yod esa kuchli qizdirilganda ta'sirlashadi, ammo yuqori haroratda HJ parchalana boshlab, teskari reaksiya sodir bo'ladi. Bu reaksiya oxirigacha to'liq bormaydi.




Galogenlarning kimyoviy faolligi ftordan astatga tomon sustlashib, oksidlovchi xossasi bosqichma-bosqich kamayib boradi. Bu nimani izohlash imkonini beradi?

Bu yengil galogenlarning oddiy modda sifatida og'ir galogenid ionlarni oksidlashi, yengil galogen oksidlarini og'ir galogenid ionlar qaytarishini izohlash imkonini beradi.




Nima uchun ftor, brom, yod tabiatda

manfiy zaryadli ionlar holida bo'ladi?.



Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida uchraganligi uchun ular manfiy zaryadli ionlar holida bo'ladi.




Ftor qanday maqsadlarda ishlatiladi?

Ftor yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi.




Bromning yetishmasligi insonlarda qanday kasalliklarini keltirib chiqaradi?

Turli asab kasalliklarini.




Asab kasalliklarida, uyqusizlikda bemorlarga qanday dori-darmonlar tavsiya qilinadi?

Bromli dori-darmonlar.




5% li yodning spirtdagi eritmasi qanday maqsadlarda ishlatiladi?

Antiseptik va qon to'xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi.




NaCl qanday maqsadlarda ishlatiladi?



Galogenlarning tabiatda uchrashi

Kimyoviy element

Yer qobig'idagi miqdori

Tabiiy birikmalari

Ftor

0,027%

Plavik shpati -- CaF2, apatit, fosforitlar

Xlor

0,045%

Xloridlar: KCl, NaCl

Brom

0,00016%

Bromidlar: NaBr, KBr, MgBr2

Yod

0,00003%

Yodidlar: NaJ, KJ

VII-bob. OLTINCHI GURUH BOSH GURUHCHASI ELEMENTLARIGA UMUMIY TAVSIF




Kimyoviy elementlar davriy sistemasining oltinchi guruh bosh guruhchasi (kislorod guruhchasi)da qaysi elementlar joylashgan?

Kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari joylashgan.




Nima uchun poloniyning xossalari radiokimyoda batafsil o'rganiladi?

Radioaktiv element bo’lganligi uchun.




Kislorod guruhchasi elementlarining tashqi energetik pog'onasida nechtadan elektron bor?

Oltitadan.




Nima uchun kislorod +4, +6 oksidlanish darajalarini namoyon qila olmaydi?

Kislorod ikkinchi davr elementi, uning tashqi energetik qavatida d-orbitallar mavjud emas.




Oltingugurtning tabiatda uchrashi haqida gapiring?

Oltingugurt tabiatda erkin holatda ham, birikmalar

ko'rinishida ham uchraydi.








Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab turgan tabiiy gaz va gaz kondensatlarini qayta ishlash korxonalarida nimalarini olish yo'lga qo'yilgan?

Oltingugurt va uning birikmalarini.




O'zbekistonda qazib olinayotgan qanday rudalar tarkibida oltingugurt, selen va tellur ham mavjud?

Mis rudalari tarkibida.




Selen va tellurdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

Selen va tellur yarimo'tkazgichlar, quyosh batareyalari, termoregulyatorlar tayyorlashda, po'lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo'lib xizmat qiladi.




Oltingugurt necha xil allotropik shakl o’zgarishga ega va ular qaysilar?

Oltingugurt uch xil allotropik shakl o'zgarishga ega: rombik oltingugurt S8; monoklinik oltingugurt S8; plastik oltingugurt Sn.




Tabiatda oltingugrtning qaysi allotropik shakli uchraydi? U haqida nimalarni bilasiz?

Tabiatda rombik oltingugurt uchraydi va u sariq rangli qattiq kristall modda bo'lib, suvda erimaydi. Zichligi 2 g/sm3 bo'lishiga qaramasdan oltingugurt kukunlari suv yuzasida qalqib yuradi, chunki u suvda xo'llanmaydi.




Flotatsiya nima va undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

Qattiq jismlarni suyuqlik sirtida qalqib turishi flotatsiya deb ataladi. Oltingugurt rudalarini "bekorchi jins"lardan tozalash uchun sanoatda flotatsiya usulidan keng foydalaniladi.




Oltingugurt qaysi erituvchilarda eriydi?

Oltingugurt uglerod (IV)-sulfid CS2 va organik erituvchilarda eriydi.




Oltingugurt elektr toki va issiqlikni o’tkazadimi?

Yomon o’tkazadi.




Oltingugurtning qaynash va suyuqlanish temperaturalari nechchiga teng?

112,8 ºC da suyuqlanadi, 444,5 ºC da qaynaydi.




Qanday qilib rombik oltingugurtdan plastik oltingugurt olish mumkin va plastik oltingugurt haqida nimalarni bilasiz?

Qaynash haroratigacha qizdirilgan oltingugurt sovuq suvga quyilsa, plastik oltingugurtga aylanadi. Plastik oltingugurt cho'ziluvchan moddadir.




Oltingugurtning metallar bilan reaksiyaga kirishib hosil qilgan birikmalarining umumiy nomi?

Sulfidlar.













Qanday qilib oltingugurtdan vodorod sulfid olish mumkin?

Suyuqlantirilgan (200---350°C da) oltingugurtga vodorod ta'sir ettirib.




Vodorod sulfidning fizik xossalari haqida gapiring?

Vodorod sulfid rangsiz, o'tkir (palag'da qolgan tuxumni eslatuvchi) hidli, zaharli gaz. -60°C da suyuqlanadi, -61,8°C da qaynaydi. 1 l suvda

3,85 g H2S eriydi (1 hajm suvda 2,5 hajm).






Vodorod sulfidning suvdagi eritmasi qanday nomlanadi?

Sulfid kislota.




H2S yonganda kislorod yetarli va yetarli bo’lmasa qanday moddalar hosil bo’ladi?

Agar kislorod yetarli bo'lsa:

2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O

Agar kislorod yetarli bo'lmasa:

2H2S + O2 = ↓2S + 2H2O






Vodorod sulfid va sulfid kislota kuchli qaytaruvchimi yoki oksidlovchi?

Kuchli qaytaruvchi.




FeCl3 + H2S…

H2S + Cl2…

H2S + H2SO3…

Reaksiyalarni davom ettiring?



FeCl3 + H2S FeCl2 + 2HCl + S

H2S + Cl2 2HCl + S

H2S + H2SO33S + 3H2O.





Qaysi modda vodorod sulfid, sulfid kislota va suvda eriydigan sulfidlar uchun reaktiv hisoblanadi?

Pb(NO3)2.





Sulfid ioni tutgan eritmaga qo'rg'oshinning suvda eruvchi tuzi qo'shilsa, qanday cho’kma hosil qiladi?

Qora rangli cho'kma PbS hosil qiladi.




SO2 tabiatda qanday gazlar tarkibida uchraydi?

Vulqon gazlarida va tabiiy ko'mirning

yonishidan hosil bo'lgan gazlar tarkibida uchraydi.






SO2 qutbli kovalent bog'li gaz bo'lib,

laboratoriyada qanday olinadi?



Sulfit kislota tuzlariga xlorid yoki sulfat kislota ta'sir ettirib olinadi.




Mis qirindilariga qaysi kislota ta'sir ettirilganda ham oltingugurt (IV)-oksid hosil bo'ladi?

Konsentrlangan sulfat kislota.




Sanoatda oltingugurt (IV)-oksid qay usulda olinadi?

Sanoatda oltingugurt (IV)-oksid metall sulfidlarini havoda kuydirib olinadi.




SO2 ning fizik xossalari haqida gapiring?

Oltingugurt (IV)-oksid rangsiz, o'tkir hidli gaz bo'lib, -10°C da suyuq, - 73 °C da qattiq holga o'tadi,




Sulfid kislota oksidlarning qaysi turiga mansub?

Kislotali oksid.




SO2 asosli oksid va ishqorlar bilan ta'sirlashib, qanday moddalar hosil qiladi?

Sulfitlar.




Oltingugurt (IV)-oksid katalizator ishtirokida oksidlanib nimaga aylanadi?

SO3 ga.




H2S + SO2 …

Reaksiyani davom ettiring.



H2S + SO2  H2O + S↓.




Oltingugurt (IV)-oksid qanday maqsadlarda ishlatiladi?

Oltingugurt (IV)-oksid organik bo'yoqlarni rangsizlantiradi, mikroorganizmlarni o'ldiradi, quruq turshak tayyorlashda, ba'zi rezavor mevalarni yetiltirishda qo'llanadi. Suyuq SO2 neftni tozalashda ishlatiladi.




SO3 ning fizik xossalari haqida nimalarni bilasiz?

SO3 - oltingugurtning yuqori oksidi bo'lib,

45°C da qaynaydigan, 17°C da oq kristall massaga aylanadigan rangsiz suyuqlik.






SO3 konsentrlangan sulfat kislota eriganda nima hosil bo’ladi?

Oleum.

H2SO4 + nSO3 → H2SO4 ◦ nSO3.






Oltingugurt (VI)- oksid asosan nima uchun ishlatiladi?

Sulfat kislota ishlab chiqarish uchun.




Piritdan necha bosqichda sulfat kislota olinadi?

3 bosqichda.




Sulfat kislotaning fizik xossalari haqida gapiring?

Sulfat kislota rangsiz, hidsiz, og'ir moysimon suyuqlik. 96% li konsentrlangan sulfat kislotaning zichligi 1,84 g/sm3 ga teng.




Sulfat kislota suvda eritilganda qanday jarayon kuzatiladi?

Juda ko'p issiqlik ajralib chiqadi.




Sulfat kislotaning eritmasini qanday tayyorlash kerak?

Sulfat kislotani suvga aralashtirib turgan holda quyish kerak.




Sulfat kislotaning qanday eritmasi kislotalar uchun xos bo'lgan barcha xossalarni o'zida namoyon qiladi?

Suyultirilgan eritmasi.




Suldat kislotaning kimyoviy xossalari haqidan nimalarni bilasiz?

1. Metallarning faollik qatoridagi vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi:

Zn+H2SO4=ZnSO4+H2.

2. Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi:

CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O

ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O

3. Asoslar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi:

2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O.

4. Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi tuz va yangi kislota hosil qiladi:

3H2SO4 + Ca3(PO4)2 = 3CaSO4 + 2H3PO4.





Konsentrlangan sulfat kislota qaysi metallarga ta’sir etmaydi?

Kumush (Ag), oltin (Au) va platina (Pt) ga, konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo'lganda Fe ga ta'sir etmaydi.




Sulfat kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda metallarning faolligiga, sulfat kislotaning konsentratsiyasi va reaksiya sharoitiga qarab qanday moddalarni ajratib chiqaradi?

SO2, H2S va S.




Konsentrlangan sulfat kislotaning shakar, qog'oz, yog'och va gazlamalarga qanday ta’sir qiladi?

Konsentrlangan sulfat kislota shakar, qog'oz, yog'och va gazlamalar tarkibidagi sellulozadan suvni tortib oladi va ularni ko'mirga aylantiradi.




Sulfat kislota va sulfatlarni aniqlash uchun qaysi metallning eruvchan tuzlaridan foydalaniladi?

Bariyning eruvchan tuzlaridan.




Bariy sulfat ioni bilan qanday rangli cho’kma hosil qiladi?

Oq cho’kma.




Suvsiz natriy sulfat qanday maqsadlarda ishlatiladi?

Suvsiz natriy sulfat shisha va soda ishlab chiqarishda, tibbiyot va veterinariyada turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi.




Glauber tuzining formulasi?

Na2SO4 · 10H2O.




CaSO4 tabiatda nima ko’rinishida uchraydi?

Gips ko’rinishida.




Gipsning formulasi?

CaSO4 · 2H2O.




Tabiiy gipsdan qanday qilib alebastr olish mumkin?

Tabiiy gips 150-170°C da qizdirilganda 3/4 qism suvni chiqarib yuboradi va alebastr

CaSO4 · 1/2 H2O ga aylanadi.






Mis kuporosining formulasi?

CuSO4· 5H2O.




Mis kuporosi qanday maqsadlarda ishlatiladi?

Mis kuporosi metallar sirtini mis qoplami bilan qoplashda, qishloq xo'jaligida o'simlik zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.




Temir kuporosi haqida ma’lumot bering?

Formulasi - FeSO4 · 7H2O. To'q-yashil rangli kristall, o'simlik zararkunandalariga qarshi kurashda, turli bo'yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.




Sulfat kislota qanday maqsadlarda qo’llaniladi?

Bo’yoq moddalarni olishda.

Mineral o’g’itlarni olishda.

Akkumulatorlarda elektrolit.

Turli xildagi sulfatlarni olishda.

Har xil kislotalarni olishda.

Neft mahsulotlarini tozalashda.

Portlovchi moddalar olishda.

Tibbiyotda.

O’simliklarni himoya qilish vositalarini olishda.





Kimyoviy reaksiyaning tezligi deb nimaga aytiladi?

Kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning konsentratsiyalarini vaqt birligi ichida o'zgarishi kimyoviy reaksiyaning tezligi deyiladi.




Oltingugurtning havoda yoki kislorodda yonishi haqida nimalarni bilasiz?

Oltingugurtni havoda sekin yonadi, sof kislorodda esa ravshan alanga berib juda tez yonadi.




Havoda kislorod hajm jihatdan necha % ni tashkil qiladi?

21 % ni.




Kimyoviy reaksiya tezligiga ta'sir etuvchi omillar haqida ma’lumot bering?


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish