Qanday reaksiyalarga ichki molekular oksidlanish qaytarilish reaksiyalari deyiladi?



Download 2,52 Mb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi2,52 Mb.
#285870
1   2   3
Bog'liq
8-SINF savolnoma Xurshidaka

5. Katalizatorning ta'siri.

Vodorod peroksidning parchalanish reaksiyasini MnO2 tezlashtiradi. Oltingugurt (VI)-oksidni olishda vanadiy (V)-oksid katalizatror sifatida jarayonni tezlashtiradi.






Reaksiya tezligining harorat koeffitsiyenti γ = 2 bo'lganda, muhitning harorati 40°C ga ko'tarilsa, ushbu reaksiyaning tezligi 16 marta; 50°C ga ko'tarilsa 32 marta, 70°C ga ko'tarilsa 128 marta ortadi. Reaksiya tezligining bunday keskin ortishini qanday tushuntirish mumkin?

Reaksiya tezligining bunday keskin ortishini molekulalarning harakati tezlashib to'qnashuvlar sonining ortishi va faol molekulalarning ko'payishi bilan tushuntirish mumkin.




Kimyoviy reaksiyalarning tezligi nimalarga bog'liq bo'ladi?

Kimyoviy reaksiyalarning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga, qattiq moddalarning sirtiga, katalizatorga bog'liq bo'ladi.




Katalizatorlar deb qanday moddalarga aytiladi?

Kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan, ammo o'zi o'zgarmay qoladigan moddalar katalizatorlar deyiladi.




Ingibitorlar nima?

Ingibitorlar esa moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishish imkoniyatini susaytiradigan moddalardir.




Kimyoviy reaksiyalar qaytarlik alomatiga ko’ra qanday reaksiyalarga bo’linadi?

Kimyoviy reaksiyalar qaytmas va qaytar reaksiyalarga bo'linadi.




Qanday reaksiyalar faqat reaksiya mahsulotlarining hosil bo'lishi tomonga boradi?

Qaytmas reaksiyalar.




Reaksiya qaytmas bo’lishi uchun qanday shartlar bajarilishi shart?

1. Reaksiya natijasida cho’kma tushishi yoki gaz ajralishi kerak.

2. Reaksiya natijasida H2O hosil bo’lishi kerak.






Qaytar reaksiyalar haqida nimalarni bilasiz?

Qaytar reaksiyalarda esa kimyoviy jarayon qarama-qarshi tomonga sodir bo'ladi. Ya'ni, avval reaksiya mahsulotlari va ayni daqiqada reaksiya mahsulotlaridan dastlabki moddalar ham hosil bo'ladi. Masalan, oltingugurt (IV)-oksidi suv bilan reaksiyaga kirishib, sulfit kislota hosil qiladi:

SO2 + H2O = H2SO3.

Bu reaksiyada hosil bo'layotgan sulfit kislotaning eritmadagi miqdori ortib borishi bilan teskari reaksiya ham sodir bo'la boshlaydi:

H2SO3 = H2O + SO2.






Qanday reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi?

Ayni bir sharoitda qarama-qarshi tomonga boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. SO2 + H2O ↔ H2SO3





To’g’ri va teskari reaksiya deb nimaga aytiladi?

Chapdan o'ngga boradigan reaksiya to'g'ri reaksiya, o'ngdan chapga boradigan reaksiya teskari reaksiya deb ataladi.




Kimyoviy muvozanat deb nimaga aytiladi?

To'g'ri reaksiya tezligi bilan teskari reaksiya tezligi tenglashgan holat kimyoviy muvozanat deb ataladi. v1 - to'g'ri reaksiya tezligi, v2 - teskari reaksiya tezligi (v1= v2 ).




Katalizator kimyoviy muvozanatni siljitadimi?

Katalizator kimyoviy muvozanatni siljitmaydi. Balki muvozanatni tezroq qaror topishiga yordam beradi.




Haroratning ko’tarilishi qanday reaksiyalarni tezlashtiradi?

Haroratning ko'tarilishi issiqlik yutilishi

bilan sodir bo'ladigan reaksiyani tezlashtiradi.






SO2 ning oksidlanishi qanday reaksiya(qaytar yoki qaytmas, ekzotermik yoki endotermik)larga misol bo’ladi?

Oltingugurt (IV)-oksidini oksidlash reaksiyasi qaytar va ekzotermik reaksiyadir.

2SO2+O2↔2SO3 + Q






SO2 ning oksidlanish reaksiyasiga haroratning ko’tarilishi qanday ta’sir o’tkazadi?

Reaksiyada haroratning ko'tarilishi teskari reaksiyani tezlashtiradi.




SO2 ning oksidlanish reaksiyasiga bosimning oshirilishi qanday ta’sir qiladi?

Bosim oshirilishi to'g'ri reaksiyani tezlashtiradi.




Kimyoviy muvozanatda turgan reaksiyadagi moddalardan birining konsentratsiyasi ortsa muvozanat qaysi tomonga siljiydi?

Kimyoviy muvozanatda turgan reaksiyadagi moddalardan birining konsentratsiyasi ortsa shu modda sarflanadigan tomonga muvozanat siljiydi.




Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun qaysi moddalar xomashyo hisoblanadi?

Sof oltingugurt - S, temir kolchedan (pirit) - FeS2, rangli metallarning sulfidlari --- CuS, ZnS, PbS, vodorod sulfid --- H2S.




Sanoatda xomashyodan sulfat kislota ishlab chiqarishga qadar bo'lgan jarayonlar qanday bosqichlarga bo'linadi?

1. Oltingugurt (IV)-oksidni olish. 2. Oltingugurt (IV)-oksidni tozalash. 3. Oltingugurt (IV)-oksidini oksidlash. Oltingugurt (VI)-oksidni olish.




Sanoatda H2SO4 ishlab chiqarish uchun qaysi moddadan foydalaniladi?

Piritdan.




Piritni kuydirish (oksidlash) reaksiyasini sanoatda yuqori unum bilan amalga oshirish uchun qanday amallarni bajarish kerak?

1) Havo o'rniga toza kislorod yuborilgan holda reaksiyani amalga oshirish. Havo o'rniga sof kisloroddan foydalanilsa reaksiyaga kirishuvchi moddalardan biri kislorodning konsentratsiyasi ortadi. Natijada reaksiya tezlashadi.

2) Pirit bo'laklarini maydalash kerak. Bunda piritni kislorod bilan to'qnashuvlar sirti kattalashadi, natijada reaksiya tezlashadi. Ammo piritni haddan tashqari maydalanib ketishi reaksiyani sekinlashtiradi. Chunki, pirit zichlashib qoladi.

Kislorod piritning zichlashgan qatlami oralariga kira olmaydi. Qarshi oqim prinsipidan foydalanilganda piritni juda maydalangan kukunlaridan ham foydalanish yaxshi natija beradi.





Kolchedanni kuydirish (FeS2 ni oksidlash) pechida qanday amallar bajariladi?


Kolchedanni kuydirish (FeS2 ni oksidlash) pechiga kukun holdagi pirit yuqoridan pastga sochiladi, pastdan esa havo haydaladi. Bunday sharoitda piritni oksidlash uchun juda oz muddat kifoya.




Qaynovchi qatlam deb nimaga aytiladi?

Piritning mayda zarrachalari bilan havoning aralashmasi qaynovchi qatlam deyiladi.




Oltingugurt (VI)-oksidning olinishi katalitik jarayon bo'lib, katalizator sifatida nima ishlatiladi?

Vanadiy (V)-oksid - V2O5.




Oltingugurt (IV)-oksidni tozalash jarayoni haqida gapiring?

SO2 ga qo'shilgan chang va har-xil qo'shimchalar katalizatorni zararlaydi, ya'ni katalizatorning katalitik xossasini susaytiradi. Shuning uchun pirit kuydirilganda ajralib chiqayotgan SO2 avval tozalanib, so'ngra kontakt apparatiga yuboriladi. Kuydirish pechidan chiqayotgan SO2 siklon va elektrofiltr deb ataluvchi qurilmalarda tozalanadi. So'ngra suv bug'laridan tozalash uchun quritish minorasida quritiladi. Buning uchun konsentrlan-

gan H2SO4 dan foydalaniladi.






SO2 oksidlanish reaksiyasi ekzotermik reaksiya bo'lib, 400°C da necha % SO3 hosil bo’ladi?

99,2 %.




SO2 ni oksidlash jarayonida harorat ko'tarilgan sari mahsulot kamayib boradi. 600°C da SO3 chiqish unumi necha % ni tashkil qiladi?

73 % ni.




SO2 oksidlash jarayonida ajralib chiqayotgan issiqlik qanday maqsadlarda ishlatiladi?

Reaksiyada ajralib chiqayotgan issiqlik, issiq almashtirgichlarda SO2 ni isitish uchun sarflanadi.




Oltingugurt (IV)-oksidini oksidlashda maqbul sharoit uchun qaytar reaksiyalarda muvozanatni o'ng tomonga siljitish omillarini tanlash zarur. Bunday omillar haqida nimalarni bilasiz?

1. Harorat. Oltingugurt (VI)-oksidining hosil bo'lish unumini oshirish uchun reaksiyani

600°C dan asta-sekinlik bilan 400-450°C ga tushirish kerak bo'ladi.

2. Katalizator. Temir, platina va vanadiy oksidlari katalizator bo'lishi mumkin. Katalizatorga qo'yilgan talablar quyidagilardir: a) arzon bo'lishi;

b) katalitik donorlarga chidamli bo'lishi; d) uzoq muddatga yetishi. Hozirgi kunda katalizator sifatida vanadiy (V)-oksidi ishlatiladi.

3. Kontakt apparatiga kiritilayotgan oltingugurt (IV)-oksid suv bug'i va har xil changlardan tozalangan hamda katalizatorni zararlaydigan qo'shimchalardan xoli bo'lishi kerak.





Chang, har-xil aralashmalar, shuningdek, suv bug'idan tozalangan SO2 va havodan qanday qilib SO3 olinadi?

Chang, har-xil aralashmalar, shuningdek, suv bug'idan tozalangan SO2 va havo issiq almashtirgichga, u yerdan kontakt apparatiga o'tadi. Shu tariqa issiq almashtirgichdan o'tayotgan aralashma yetarli darajadagi issiqlikni olib kontakt apparatida oksidlanadi. Kontakt apparatida hosil bo'lib, issiq almashtirgichda sovigan oltingugurt (VI)- oksidi yuttirish minorasiga o'tadi.




Oltingugurt (VI)-oksidni gidratlash, ya'ni sulfat kislota olish jarayoni haqida gapiring?

Yuttirish minorasida oltingugurt (VI)-oksididan sulfat kislota olinadi. Buning uchun SO3 ni suv bilan reaksiyaga kiritish kerak. Ammo yuttirish minorasida SO3 suv bilan reaksiyaga kirishib, H2SO4 ning juda mayda tomchilarini hosil qiladi va minora tuman bilan qoplanadi. Bu sulfat kislotali tuman juda qiyin kondensatlanadi. Shuning uchun yuttirish minorasida SO3 98% li sulfat kislota yordamida yuttiriladi. Dastlab

konsentrlangan H2SO4 tarkibidagi suv SO3 ni gidratlaydi:

SO3+H2O=H2SO4 + Q

So'ngra suvsiz H2SO4 SO3 ni biriktirib oladi va oleum deb ataluvchi birikmani hosil qiladi.

H2SO4+nSO3 =H2SO4 · nSO3





Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish davom etishiga ko’ra qanday jarayondir?

Uzluksiz jarayon.

Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish.

VIII-bob. AZOT GURUHCHASI.






Kimyoviy elementlar davriy sistemasining V guruhi bosh guruhchasi elementlariga qaysi elementlar kiradi?

Azot N, fosfor P, mishyak As, surma Sb va vismut Bi lar.




Kimyoviy elementlar davriy sistemasining V guruhi bosh guruhchasi elementlarining tashqi energetik pog’onasida nechtadan elektron bor?

5 tadan.




Azotning tabiatda uchrashi haqida gapiring?

Azot tabiatda erkin holda ham, birikmalar tarzida ham uchraydi.




Havoda hajm jihatdan va og'irlik jihatdan necha % azot bo'ladi?

Havoda hajm jihatdan 78%, og'irlik jihatdan 75,5% azot bo'ladi.




Azot birrikma holida qaysi modda tarkibida uchraydi?

NaNO3.




NaNO3 yana qanday nom bilan ataladi?

Chili selitrasi.




Azot tuproqda nimalar holida uchraydi?

Azot tuproqda turli nitratlar holida uchraydi.




Laboratoriyada azot qay tarzda olinadi?

Laboratoriya sharoitida toza azot qizdirilgan mis (II)-oksidi ustidan ammiak gazini o'tkazib olinadi:

3CuO+2NH3=3Cu+3H2O+N2






Nima sanoatda azot olish uchun asosiy xomashyo hisoblanadi?

Sanoatda azot olish uchun asosiy xomashyo havo hisoblanadi.




Sanoatda havodan azot qanday qilib olinadi?

Havo suyuq holatga o'tkaziladi. Buning uchun havo qattiq sovitiladi. Suyuq havo sekin asta bug'latiladi. Bunda birinchi bo'lib havo tarkibidagi azot uchib chiqadi.




Azot va kislorodning qaynash haroratlari nechchiga teng?

Azotning qaynash harorati -196°C, kislorodniki esa -183°C.




Azotning fizik xossalari haqida nimalarni bilasiz?

Azot rangsiz, hidsiz, mazasiz gaz bo'lib, suvda juda oz eriydi. 1 hajm suvda 0,0154 hajm azot eriydi. Azotning suyuqlanish harorati - 210°C, qaynash harorati - 196°C.




Nima uchun azot kimyoviy jihatdan inert (nofaol) modda?

Azot molekulasida atomlar o'zaro umumiy uch juft elektron hisobiga kovalent qutbsiz bog'langanligi uchun.




Elektr yoyi hosil bo'lishidagi haroratda necha °C teng?

2000 °C ga.




Azotdan qanday qilib NO olish mumkin?

Yuqori haroratda, masalan, elektr yoyi hosil bo'lishidagi haroratda azot kislorod bilan reaksiyaga kirishib azot (II)-oksid hosil qiladi.

Momaqaldiroq paytida hosil bo'ladigan elektr razryadlari ta'sirida ham atmosferadagi azot oksidlanib azot (II)-oksidi hosil qiladi.






Qaysi ishqoriy metall odatdagi sharoitda azot bilan reaksiyaga kirishadi?

Litiy bilan.




Azot qizdirilganda qaysi metall bilan reaksiyaga kirishadi?

Magniy bilan.




Metallarning azot bilan hosil qilgan birikmalarinin umumiy nomi?

Nitridlar.




Laboratoriya sharoitida ammiak

qanday qilib olinadi?



Laboratoriya sharoitida ammiak

ammoniy tuzlariga ishqor ta'sir ettirib olinadi:

NH4Cl+NaOH=NaCl+H2O+NH3

Shuningdek, uni ammoniy xlorid tuziga

so'ndirilgan ohakni aralashtirib qizdirish yo'li bi-

lan ham olish mumkin:

2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2H2O + 2NH3





Sanoatda NH3 qay tarzda olinadi?

Sanoatda ammiak atmosfera havosidan ajratib olingan azot va suvni elektroliz qilib olingan vodorodni katalizator, bosim va harorat ta'sirida

reaksiyaga kirishtirib olinadi:

N2 + 3H2 = 2NH3 + Q.





Azot bilan vodorod aralashmasi odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi. Azotning vodorod bilan o'zaro ta'sirlashuvi reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiyani o'ng tomonga (NH3 hosil bo'lish tomonga) siljitish uchun qanday amallarni bajarish zarur?

1. Bosimni orttirish zarur.

2. Haroratni pasaytirish kerak. Ammo past haroratda ammiak hosil bo'lishi reaksiyasining unumi pasayib ketadi.

3. Katalizatorlardan foydalanish zarur.





N2 + 3H2 = 2NH3 bu reaksiyada katalizator vazifasini qaysi moddalar bajaradi?

Bu reaksiya uchun katalizator - Al2O3, K2O va temir aralashmasi.




Ammiakning fizik xossalari haqida nimalarni bilasiz?

Ammiak rangsiz, o'tkir hidli, havodan 1,7 marta yengil gazdir. 1 hajm suvda 700 hajm ammiak eriydi. Ammiak suvda juda yaxshi eriydi




Ammiakning suvda erishi natijasida hosil bo'ladigan amoniy gidroksid yana qansay nom bilan ataladi?

Novshadil spirit.




Ammoniy ionining hosil bo'lishi qaysi mexanizm asosida sodir bo'ladi?

Donor-akseptor bog'lanish mexanizmi asosida.




Ammoniy ionida azotning valentligi va oksidlanish darajasi nechchiga teng?

Ammoniy ionida azot 4 valentli bo'lib qoladi. Oksidlanish darajasi esa o'zgarmaydi, ya'ni -3 ga teng.




Ammiak kislorodda yonganda qanday moddalar hosil bo’ladi?

Ammiak kislorodda yonadi, natijada azot va suv hosil qiladi:

4NH3+3O2 = 2N2+6H2O

Agar ammiakning yonishi reaksiyasi platina katalizatori ishtirokida amalga oshirilsa azot (II)-oksidi hosil bo'ladi:

4NH3+5O2 = 4NO+6H2O






Ammoniy ioni bilan kislota qoldiqlaridan hosil bo'lgan murakkab moddalarning umumiy nomi?

Ammoniy tuzlari.




Ammoniy tuzlarining qaysilari suvda yaxshi eriydi?

Ammoniy tuzlarining barchasi suvda yaxshi eriydi.




Ammiak qanday maqsadlarda ishlatiladi?

HNO3 ishlab chiqarishda.

Nitratlarni olishda.

Ammoniyli tuzlarni olishda.

Mineral o’g’itlarni ishlab chiqarishda.

Dori-darmonlarni ishlab chiqarishda.

Mineral bo’yoqlarni olishda.

Portlovchi moddalar tayyorlashda.

Sovutgich apparatlarini tayyorlashda.






Azotning qanday oksidlarini bilasiz?

Azot (I)-oksid - N2O Azot (IV)-oksid - NO2

Azot (II)-oksid - NO Azot qo'sh oksid - N2O4

Azot (III)-oksid --- N2O3 Azot (V)-oksid --- N2O5





NO ning fizik xossalari haqida gapiring?

Azot (II)-oksid rangsiz, hidsiz gaz bo'lib, suvda juda oz eriydi. 1 hajm suvda 0°C da 0,7 hajm NO eriydi. Suyuqlanish harorati -163,6°C, qaynash harorati -154,8°C.




NO qachon hosil bo’ladi?

Azot (II)-oskidi elektr razryadlari va chaqmoq bo'lgan vaqtlarda hosil bo'ladi.




Nima uchun bahor oylarida yog'adigan yomg'ir suvi tarkibida azot birikmalari oz bo'lsa-da uchraydi?

Azot (II)-oskidi elektr razryadlari va chaqmoq bo'lgan vaqtlarda hosil bo'ladi. Shuning uchun bahor oylarida yog'adigan yomg'ir suvi tarkibida azot birikmalari oz bo'lsa-da uchraydi.




NO qanday oksid, u tuz hosil qiladimi?

Azot (II)-oksidi befarq oksid, u tuz hosil qilmaydi.




Sanoatda NO qanday qilib olinadi?

Sanoatda NO ni olish uchun ammiak katalitik oksidlanadi.




Laboratoriyada qanday qilib NO olish mumkin?

Laboratoriyada NO ni olish uchun esa misga suyultirilgan nitrat kislota ta'sir ettiriladi:

3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O






Azot (II)-oksidi havo tarkibidagi kislorod bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishib qaysi gazni hosil qiladi?

NO2 ni.




NO2 ning fizik xossalari haqida gapiring?

Azot (IV)-oksid qizg'ish-qo'ng'ir rangli, o'tkir hidli

zaharli, bo'g'uvchi gaz. U suvda yaxshi eriydi. 21,3ºC da qaynaydi, - 9,3ºC da rangsiz kristall holatda qotadi.






NO2 laboratoriyada qanday qilib olinadi?

NO2 laboratoriyada misga konsentrlangan nitrat kislota ta'sir ettirib olinadi:

Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O






NO2 qanday oksid?

Kislotali oksid.




NO2 suvda eriganda qaysi moddalar hosil bo’ladi?

Nitrat va nitrit kislotalar.




Azotning eng yuqori valentligi nechchiga teng?

IV ga.




Nitrat kislotada azotning valentligi va oksidlanish darajasi?

Nitrat kislotada azot IV valentli, oksidlanish darajasi esa +5.




XX asr boshlariga qadar nitrat kislota qanday qilib olingan?

XX asr boshlariga qadar nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislotani chili selitrasiga (NaNO3) ta'sir ettirib olingan.




Laboratoriyada nitrat kislota qaysi reaksiya asosida olinadi?

NaNO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO3.




Sanoatda nitrat kislota olish uchun nimadan foydalaniladi?

Ammiakdan.




Sanoatda ammiakdan nitrat kislota qaysi reaksiyalar asosida olinadi?

1. Ammiakni katalizator (Cr2O3 yoki MnO2) ishtirokida oksidlash.

4NH3+5O2=4NO+6H2O

2. Azot (II)-oksidni oksidlab azot (IV)-oksid olish.

2NO+O2=2NO2

3. Azot (IV)-oksidni kislorod ishtirokida suvga yuttirish.

4NO2+2H2O+O2=4HNO3






Nitrat kislotaning fizik xossalari haqida nimalarni bilasiz?

Toza nitrat kislota rangsiz, o'tkir hidli suyuqlik, zichligi 1,5 g/sm3. -41°C da kristallanadi. Suvda yaxshi eriydi.




Nitrat kislota suyultirilgan

eritmalarda holda bo'ladi?



To'liq dissotsiatsiyalangan holda.




Nitrat kislota beqaror.U nima ta'sirida parchalanib turadi?

Yorug'lik va issiqlik ta'sirida parchalanib turadi.




Kislotaning konsentratsiyasi va metalning faolligiga qarab nitrat kislota qanday moddalar hosil qilib qaytariladi?

NO2, HNO2, NO, N2O, N2, NH3.




Nitrat kislotaning metallar bilan reaksiyasi haqida gapiring?

1. Passiv metallar, masalan, konsentrlangan nitrat kislota Cu va Pb bilan reaksiyaga kirishib NO2 gazini hosil qiladi, suyultirilgan nitrat kislota

esa NO ni hosil qiladi.

2. Aktiv metallar, masalan, Mg, Zn va Fe bilan kislotaning konsentratsiyasi va haroratga ko'ra turlicha reaksiyaga kirishadi:

a) Cu+4HNO3(kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O

b) Pb + 4HNO3(kons.) = Pb(NO3)2 + 3NO2 + 2H2O

d) 3Cu + 8HNO3(suyul.) = 3Cu(NO3)2 +2NO + 4H2O

e) 4Fe+10HNO3(juda suyul)=4Fe(NO3)2+NH4NO3+3H2O





Zar suv deb nimaga aytiladi?

1 mol nitrat kislota bilan 3 mol xlorid kislota aralashmasi "zar suvi" deyiladi.




Zar suv haqida nimalarni bilasiz?

Zar suvi juda kuchli oksidlovchi, u hatto juda passiv metallar - oltin va platinani ham erita oladi:

Au+HNO3+3HCl=AuCl3+NO+2H2O

3Pt + 4HNO3 + 12HCl = 3PtCl4 + 4NO + 8H2O





Yog'och qipig'i, skipidar (organik modda) larda nitrat kislota ta’sirida qanday o’zgarish kuzatiladi?

Yog'och qipig'i, skipidar (organik modda) lar nitrat kislotada alangalanib yonib ketadi.




Nitrat kislota tuzlarining umumiy nomi?

Nitratlar.




Nitratlar asosan qanday qilib olinadi?

Nitratlar asosan metallarga, metallarningo ksidlariga, ishqoriy metallarning va ishqoriy yer-metallarning karbonatli tuzlariga nitrat kislota ta'sir ettirib olinadi.




Ammoniy nitrat asosan qaysi reaksiya asosida olinadi?

Ammoniy nitrat ammiakga nitrat kislota

ta'sir ettirib olinadi:

NH3 + HNO3 = NH4NO3





Nitrat kislota qanday maqsadlarda ishlatiladi?

Mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda.

Turli xil bo’yoqlar atyyorlashda.

Portlovchi moddalar tayyorlashda.

Sun’iy tolalar ishlab chiqarishda.

Kinoplyonkalar ishlab chiqarishda.

Dori-darmonlar tayyorlashda.

Har xil nitratlar ishlab chiqarishda.

Zar suvi tayyorlashda.






Qaysi nitratlar suvda yaxshi eriydi?

Barcha nitratlar suvda yaxshi eriydi.




Nitratlarning parchalanishi haqida gapiring?

Nitratlar qizdirilganda albatta parchalanadi. Metallarning faollik qatorida magniy-

dan chapda joylashgan metallarning nitratlari nitrit va kislorod hosil qilib parchalanadi:

KNO3KNO2 + O2.

Metallarning faollik qatorida magniy bilan mis oralig'ida joylashgan metall nitritlari metall oksidi, azot (IV)-oksidi va kislorod hosil qilib parchalanadi:

CuNO3CuO + NO2 + O2

Metallarning faollik qatorida misdan keyin joylashgan metallarning nitratlari parchalanganda metall, azot (IV)-oksid va kislorod hosil qiladi:

AgNO3Ag + NO2 + O2.





Ammoniy nitrat parchalanganda azotning qaysi birikmasi hosil bo'ladi?

N2O.




Eritmada nitrat ioni borligi qanday qilib aniqlanadi?

Buning uchun nitrat tuzi konsentrlangan sulfat kislota bilan qo'shib qizdiriladi va mis qo'shiladi. Reaksiya natijasida qo'ng'ir gaz - NO2 hosil bo'lishi tekshirilayotgan tuz nitrat ekanligini bildiradi:

2NaNO3 + H2SO4 = Na2SO4 + 2HNO3

4HNO3 + Cu = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O





Nitratlardan asosan qishloq xo'jaligida nima sifatida foydalaniladi?

Nitratlardan asosan qishloq xo'jaligida mo'l hosil olish uchun mineral o'g'itsifatida foydalaniladi.




Fosfor asosan necha valentli birikmalarni hosil qiladi?

Fosfor asosan 3 va 5 valentli birikmalarni hosil qiladi.




Fosfor qanday oksidlanish darajalarini namoyon qiladi?

Fosfor -3, 0, +3, +5 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.




Tabiatda, asosan qanday oksidlanish darajasidagi fosfor birikmalari uchraydi?

Tabiatda, asosan +5 oksidlanish darajasidagi fosfor birikmalari uchraydi.




Nima sababdan fosfor tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi?

Fosfor kimyoviy jihatdan faol bo'lganligi sababli tabiatda faqat birikmalar tarzida uchraydi.




Fosforning tabiiy birikmalariga misollar keltiring?

Fosforit va apatitlar.




Fosforning tirik organizmlarda uchrashi haqida gapiring?

Fosfor tirik organizmlar tarkibida ko'plab uchraydi va hayot faoliyatida juda muhim omil sanaladi. Oqsillar va nuklein kislotalar fosforli organik birikmalardir. Odam va hayvonlar suyaklarining anorganik tarkibiy qismini asosan Ca3(PO4)2 tashkil etadi.




Fosfor nimadan olinadi?

Fosfor fosforit yoki apatitdan olinadi.




Fosforning olishi haqida gapiring?

Elektr pechlarida havosiz muhitda fosforit yoki apatit kremniy (IV)-oksidi hamda koks ishtirokida qizdiriladi:

Ca3(PO4)2+C+2SiO22CaSiO3+2P+5CO.

Reaksiya natijasida olingan fosfor bug'lari maxsus kamerada suv ostida kondensatlanadi.





Oq fosforning formulasi?

P4.




Oq fosfor qanday xususiyatga ega?

Oq fosfor qorong'uda shu'lalanadi.




Oq fosfordan qanday qilib qizil fosfor va aksincha qizil fosfordan oq fosfor olish mumkin?

Oq fosfor yorug'lik va harorat ta'sirida qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor esa

havosiz joyda oq fosforning bug'larini hosil qiladi. Bug'lar kondensatlanib oq fosforga aylanadi.






Fosforning qaysi allotropik shakli kimyoviy jihatdan faol?

Oq fosfor kimyoviy jihatdan faoldir.




Fosforning kimyoviy xossalari haqida gapiring?

Kislorod, galogenlar, oltingugurt va ayrim metallar bilan bevosita birika oladi:

4P+5O2=2P2O5 2P+3S=P2S3

2P+3Cl2=2PCl3 2P+3Ca=Ca3P2

Vodorod bilan reaksiyaga kirishib fosfin PH3 ni hosil qiladi. Fosfin ammiakka

o'xshasa-da beqaror birikmadir:

2P+3H2=2PH3






Qizil fosfor nima ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyodir?

Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyodir.




Gugurtning yonishini fan jihatdan gapirib bering?

Gugurt qutisi yonboshiga surtilgan qizil fosfor, gugurt kallagidagi Bertole tuzi

bilan ozgina ishqalangandayoq reaksiyaga kirishadi, ya'ni gugurtni tezda yondirib yuboradi:

2P+KClO3 KCl + P2O5.


Oq va qizil fosforning fizik xossalari.

Moddalarning

tavsifi


Fosforning xossalari


Oq fosfor


Qizil fosfor


Agregat holati

Kristall

Kukunsimon

Rangi

Rangsiz

To'q-qizil

Hidi

Sarimsoq hidli

Hidsiz

Suvda erishi

Erimaydi

Erimaydi

CS2 da erishi

Yaxshi eriydi

Erimaydi

Zichligi, g/sm3

1,8

2,3

Suyuqlanish t°

44

Suyuqlanmay turib oq fosforga aylanadi

Shu'lalanishi

Qorong'uda

shu'lalanadi



Shu'lalanmaydi


Organizmga ta'siri

Zaharli

Zaharsiz

Kristall panjarasi

Molekulali

Atomli






Tuproq o’zining azot zaxirasini nimalar hisobiga to’ldirib turadi?

Organik qoldiqlarning tuproqda chirishidan hosil bo'lgan azotli birikmalar, havo azotining bakteriyalar tomonidan o'zlashtirilib olinishidan, momoqaldiroq paytida havo azotining oksidlanishi tuproqdagi azot zaxirasini to'ldirib turadi.




Nitratlarning tabiiy zahiralari juda oz, uning eng katta tabiiy birikmasi natriy nitrat holida qayerda uchraydi?

Janubiy Amerikada joylashgan Chili davlatida.




O’zbekistondagi qaysi zavodlarda

qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun ishlatiladigan mineral o'g'itlar, jumladan, nitratlar ishlab chiqarilmoqda?



Chirchiq shahridagi "Elektrokimyosanoat" birlashmasida, Farg'onadagi "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida, Navoiydagi "Navoiyazot" kimyo zavodlarida.




Azotli o'g'itlar tarkibidagi ozuqa elementi nima bilan aniqlanadi?

Shu o'g'it tarkibidagi azotning massa ulushi.




Fosforit talqonining formulasi?

Ca3(PO4)2.




Fosforit talqoni haqida ma’lumot bering?

Fosforning tabiiy birikmasi fosforitning boyitilgan kukunidir. Fosforit talqoni suvda juda oz eriydi. Shuning uchun kislotali muhitdagi tuproqlarga solinadi. Bu o'g'it eng arzon fosforli mineral o'g'it bo'lganligi uchungina bo'z va torfli tuproqlarda o'sadigan o'simlikga solish uchun ishlatiladi.




Eng arzon fosforli mineral o’g’it?

Fosforit talqoni.










Ayrim mineral o'g'itlar tarkibidagi ozuqa elementlari

Nomi


Asosiy komponent formulasi




Ozuqa elementi massa ulushi, %


N


P2O5


K2O


Azotli

Ammiakli selitra

Ammoniy sulfat

Natriyli selitra

Kalsiyli selitra

Ammiak (suvsiz suyuq)

Ammiakli suv



NH4NO3

(NH4)2SO4

NaNO3

Ca(NO3)2

NH3

NH3



3,3-3,5

20-21


15-16

13-15


82,3

16-20,5








Fosforli

Fosforit uni

Oddiy superfosfat

Qo'sh superfosfat

Pretsipitat



Ca5(PO4)3F

Ca(H2PO4)2 · CaSO4

Ca(H2PO4)2

CaHPO4 · 2H2O






9,25

16-20


38-50

27-42





Kaliyli

Silvinit

Kaliy xlorid

Kaliy sulfat


KCl · NaCl

KCl


K2SO4







12-15

50-62


48-52

Kompleks

Ammofos

Kaliyli selitra

Nitrofoska


NH4H2PO4, (NH4)2HPO4

KNO3

CaHPO4, NH4NO3, KCl,

ammoniy fosfatlari



11-14

13-15
12-20



48-55

10-14

46-50
10-21







Tarkibida temir saqlovchi

"ferrostimulator"lar kimlar tomonidan ixtiro qilingan?



I.R. Asqarov va Sh. M. Qirgizov tomonidan.




Ferrostimulatorlar qanday moddalar sifatida amaliyotga tadbiq etilgan?

O'simliklarning o'sishiga ijobiy ta'sir etuvchi biologik faol moddalar sifatida.




Marganes, mis, molibden va bor qanday jarayonlarda muhim ahamiyatga ega?



Fotosintez jarayonining borishiga, o'simliklarning o'sishi va urug'larining yetilishida muhim ahamiyatga ega. Ular yana tashqi muhitning zararli ta'sirlariga (tuproqda namlikning yetishmasligi, haroratning ortib ketishi yoki pasayib ketishi) chidamlilikni oshiradi, bir qator bakteriya va zamburug' kasalliklariga

(kanop bakteriozi, lavlagi o'zagining chirishi, donli o'simliklardagi kulrang dog'lar) nisbatan barqarorligini ta'minlaydi.






Borning qaysi o’simliklar hosildorligini oshirishda ahamiyati ko'plab tajribalarda isbotlangan?

No'xat, loviya, beda, qandlavlagi, kanop, poliz ekinlari va rezavor mevalar.




Odam organizmida kalsiy qayerlarda uchraydi?

Organizmdagi barcha kalsiyning 99% i suyakda, taxminan 1% i esa qon va

limfada uchraydi.






Tabobatda kalsiyning qaysi birikmalari asosida tayyorlangan dorivor moddalar keng qo'llaniladi?

Kalsiy xlorid, kalsiy glukonat.






"Askalsiy" oziq-ovqat qo'shilmasidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

Suyak, qon, o'sma va boshqa xastaliklar bilan og'rigan bemorlar organizmining himoya quvvatini oshirishda.




Mis qanday yerlarda don hosildorligini ko’paytirishda ishlatiladi?

Quritilgan botqoq yerlar, qumloq va misga kambag'al yerlarda.




Mo, Mn, Zn, Co va J qanday maqsadlarda qo’llaniladi?

Mo - dukkaklilar va yem-hashak ekinlari samaradorligini oshirish, Mn -qandlavlagi, bug'doy yetishtirishda, Zn - makkajo'xoridan yuqori hosil olishni ta'minlashda katta samara beradi. Co va J - hayvonlardan yuqori va sifatli mahsulot olishda amaliy muhim omil hisoblanadi.




Marganes - tirik organizmlarda qaysi jarayonda asosiy elementdir?

Siydik hosil bo'lishida.




Mn qaysi vitaminning hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega?

C- vitaminining.




Marganes qanday o’simliklarning hosildorligini sezilarli darajada oshiradi?

Rezavor mevalar va g'alladoshlar.





Qulupnay va bug’doy yetishtirishda Mn ishlatilganda hosildorlik gektariga necha sentnergacha ortadi.

Qulupnayning hosildorligi gektariga 30 sentnergacha, bug'doyning hosildorligi esa

3-4 sentnergacha ortadi.






Paxta chigiti ekishdan avval marganes tuzlari bilan namlansa, hosildorlik gektariga necha sentnergacha ortadi?

2 sentnergacha.




Mn qaysi o’simliklarning o’sishini tezlashtiradi?

G'oza, tamaki, qandlavlagining.




Cobaltning inson organizmi va o’simliklar hayotidagi ahamiyati haqida gapiring?

Kobalt - gemoglobin sintezida katta ahamiyatga ega, DNK va aminokislotalar

almashinuvida muhim element hisoblanadi. Co uzum hosildorligini oshirish bilan birga mevasi tarkibida qand moddalarining ko'payishiga yordam beradi.






Cobalt qaysi elementlarning mineral o'g'itlari bilan qo'shib ishlatilganda g'ozaning rivojlanishi tezlashadi va hosildorlikni gektariga 3-4 sentnerga oshiradi?

Kobalt Mn, Zn, B, Cu mineral o'g'itlar bilan qo'shib ishlatilganda.




Mis qaysi jarayonlarda katta ro’l o’ynaydi?

Mis - teri pigmentatsiyasida, temirning o'zlashtirilishida katta rol o'ynaydi.




Zn organizmda qanday jaaryonlarda katta ahamiyatga ega?

Rux - organizmda CO2 hosil bo'lishi va oqsillarni o'zlashtirilishida muhim aha-

miyatga ega.






Rux yetishmasligi oqibatida g'alladoshlar, sabzavotlar va makkajo'horida qanday o’zgarishlar kuzatiladi?

Rux yetishmasligi oqibatida g'alladoshlar, sabzavotlar va makkajo'hori kasalliklarga tez chalinadi. Poyasining uchlari oqarib, o'simlik zaiflashadi, natijada hosildorlik keskin kamayib ketadi.




Rux yetishmasligi sitrus mevalarda nimaga sabab bo’aldi?

Barglari oqarib o'simlikning qurib qolishiga sabab bo'ladi.




Zn ning qaysi daraxtlar uchun ahamiyati katta?

Shaftoli, o'rik va yong'oq daraxtlari uchun.




Molibden – qaysi jarayonlarda o'z o'rniga ega?

Azotning o'zlashtirilishida va organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida.




Molibdenli mikroo'g'itlar qandlavlagi va zig'irning hosildorligini necha % ga oshiradi?

Qandlavlagi hosildorligini 20 % ga, zig'irning hosildorligini 25 % ga oshiradi.




Qanday korxonalarning chiqindisi qimmatbaho molibdenli mikroo'g'it hisoblanadi?

Lampochka ishlab chiqaruvchi korxonalarning.




Yuqoridagi chiqindi mineral o'g'itlar bilan tegishli miqdorda qo'shib

ishlatilganda kuzgi bug'doy va paxta hosildorligini gektariga necha sentnergacha oshadi?



Kuzgi bug'doy hosildorligi 37 % ga, paxta hosildorligi esa gektariga 7 sentnergacha oshadi.




Ftor - tirik organizmlardagi qaysi jarayonlarda juda zarur elementlardan biri hisoblanadi?

Suyak to'qimalarining hosil bo'lishi va o'sishida.




Tishlarda nimaning miqdori kamayganda ular nuray boshlaydi?

Tishlar ularda ftor miqdori kamayganda nuray boshlaydi.




Brom – qaysi jarayonning normal kechishi uchun javob beruvchi ele-

mentlardan biri hisoblanadi?



Oliy nerv faoliyatining.




Yodning organizmdagi ahamiyati haqida gapiring?

Yod - organizmlarning normal o'sishi, jinsiy yetilishi uchun zarur element.




Keyingi yillarda mikroelementlar qatoriga qaysi yangi elementlar kirib keldi?

Li, Al, Ti, V, Cr, Ni, Se, Sr, As, Cd, Sn, Ba, W.




Oltin, platina, molibden, volfram kabi qimmatbaho metallarni chiqindilardan ajratib olish texnologiyasi qaysi professor tomonidan ishlab chiqilgan va

metallurgiya sanoatida amaliyotga joriy etilgan?



Professor X.T. Sharipov tomonidan.




O’simlik va hayvonlarning nechtasida mikroelementlarga bo'lgan ehtiyoj sezilayotganligi endi aniqlangan?

500 000 dan ortiq turdagi o'simliklardan 300 ga yaqini va milliondan ortiq

hayvon turlaridan 200 ga yaqinida.






O'g'itning

nomi



Ammoniy

nitrat



Ammoniy

xlorid


















Tashqi

ko'rinishi




Oq kristall

massa



Oq kristall

massa


















Suvda

erishi



Yaxshi

Yaxshi
















Sulfat kis-

lota va mis

bilan o'zaro

ta'siri



Qo'ng'ir

gaz


ajraladi


Qo'ng'ir

gaz


ajraladi

















Bariy xlorid

eritmasi va sirka

kislota bilan o'zaro

ta'siri




-



















Ishqor eritmasi

bilan (qizdi-

rilganda) o'zaro

ta'siri


Ammiak hidi

keladi



Ammiak hidi

keladi


















Kumush (I)-

nitrat eritmasi

bilan o'zaro

ta'siri



-

Oq cho'kma

tushadi


















Alangani bo'yashi

Alanga sariq rangga

kiradi (aralashmalar

borligidan)


Alanga sariq rangga

kiradi (aralashmalar



borligidan)





















Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish