MTS, „Unitel“,
„Koskom“
kompaniyalari barpo etildi. „Koskom“ kompaniyasi o‘zbekiston-
lik abonentlarga dunyoning 20 ta mamlakatidagi uyali aloqadan
foydalanish imkoniyatini yaratdi. 2006-yil iyulda uyali aloqadan
foydalanuvchilar soni 1750 mingga yetdi.
Muxtasar aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqti-
sodiyotida amalga oshirilgan tub tarkibiy o‘zgarishlar, yangi kor-
xonalarning bunyod etilishi samarali natijalar berdi. 1991—
2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muas-
sasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini
ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Respublikamizda 1991- yilda ish-
lab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak,
undan keyingi yillarda kamayib, 1992-yilda 94,7 foizga, 1993-
yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda
barqarorlikka erishildi va 1996-yildan boshlab izchil o‘sish
ta’minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |