Kirish
|
|
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va makroiqtisodiyotda tutgan o`rni
|
|
Investitsiyalarga ta`sir qiluvchi omillar va investitsiya grafigi
|
|
O`zbekiston Respublikaasi Investitsiya faoliyati tahlili
|
|
Mamlakatimizda investitsiyalarni keng jalb qilish istiqbollari
|
|
Xulosa
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
|
|
MUNDARIJA
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va makroiqtisodiyotda tutgan o`rni
«Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, pul sarf qilmoq, qo‘ymoq ma’nosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator
ma’nolarga ega bo‘lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish
uchun sarflanishi tushuniladi, ya’ni investitsiyalar har qanday vosita bo‘lib, pulning
qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko‘paytiradi va ijobiy daromadlar olishni
ta’minlaydi.
Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni ta’minlaydi. Kapitalni joylashtirish shakllari turlicha bo‘lib, qator omillar asosida farqlanadi, ya’ni kapital pul va buyum ko‘rinishdagi kapitalga bo‘linganligi uchun ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni moddiy-buyumlar va pul ko‘rinishidagi investitsiya turlarga ajratish mumkin.
Moddiy–buyumlar ko‘rinishidagi investitsiyalarga ko‘rilayotgan ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zaxirani ko‘paytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi.Pul ko‘rinishdagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan moddiy–buyumlar ko‘rinishdagi investitsiyalarga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari tushuniladi.
Investitsiyalar- aniq yoki noaniq, lekin ehtimoli bor risklar sharoitida kapitalni
muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning joriy qiymatini
saqlash, kapitallashtirish va jamg‘arilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy va real
aktivlarga maqsadli qo‘yilma qilish jarayonidir. Demak, investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uni jamg‘arish, qo‘yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonni olib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakati asosan investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Ko‘plab mamlakatlar xorijiy qo‘yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o‘tkazishga ruxsat beradi, olingan daromadlar va oshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi.
Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda
bo‘ladi:
- shaxsiy mablag‘lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa
qimmatbaho qog‘ozlar;
- harakatdagi (asbob uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko‘chmas
(binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar;
- mualliflik huquqlari, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar;
- yerdan, tabiiy boyliklar va boshqa mol mulklardan foydalanish huquqlari
(nomoddiy aktivlar qiymati).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shakllaridan qat’iy nazar investitsiyalar
kapitalni jamg‘arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg‘arish investitsiya
qo‘yishning asosi bo‘lib, u qo‘yiladigan investitsiyalarning hajmini belgilaydi.
Investitsiya jarayonining subyektlarini quyidagicha turkumlash maqsadga
muvofiq:
1) buyurtmachilar;
2) investorlar;
3) investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar;
4) pudratchilar;
5) ish bajaruvchilar;
6) tijorat, qo‘shma, xususiy va xorijiy banklar;
7) sug‘urta kompaniyalari;
8) investitsion fondlar;
9) ta’minotchilar.
Investorlar — investitsiya jarayonining asosiy subyektlari bo‘lib, o‘z mablag‘lari,
qarz va jalb qilingan mablag‘larni investitsiyalar shaklida kiritishni amalga oshiradi va ulardan foyda olish maqsadida foydalanishni amalga oshiradi.
Investitsion jarayonni subyektlari sifatida tadbirkorlar, tashkilotlar (korxonalar)
va ularning birlashmalari, muayyan obyektga mablag‘lar kiritishdan foyda (yoki
boshqa foydali samara) olishni rejalashtirgan davlat organlari va investitsion fondlar qatnashishi mumkin.
Quyidagilar investorlar bo‘lishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi hukumati davlat mulkini boshqarish yoki mulk
huquqlari bilan ta’minlangan organlar shaklida;
mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qonunchilik tartibida belgilangan organlar va xizmatlar shaklida;
mahalliy korxonalar, shuningdek, nizomida zarur huquqlar bilan ta’minlangan tadbirkorlik birlashmalari, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;
xorijiy mamlakatlar bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonalar, tashkilotlar va
boshqa yuridik shaxslar;
milliy va xorijiy kredit tashkilotlari;
xorijiy davlatlar ularning hukumatlari tomonidan vakil qilingan organlar
shaklida;
Jamg‘arilgan resurslar investitsion obyektlariga qarab real, moliyaviy va
intellektual investitsiyalarga bo‘linadi.
Moliyaviy investitsiyalar
Real investitsiyalar
Intellektual investitsiyalar
Investitsion ob`ektlar
Do'stlaringiz bilan baham: |