Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari



Download 1,29 Mb.
bet43/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

UMUMIY XULOSALAR:
Magistrlik dissertatsiyasi ishining asosiy bob va fasllari yuzasidan quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:
1.Inson tafakkur orqali har bir narsani biladi, o‘rganadi. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarni anglab yetadi. Ana shu anglab etish ruhiyatini singdirish uchun maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mashg’ulot -faoliyatlarda xotira jarayonlari bilangina kifoyalanmasdan balki ularni o‘ylanishga, o‘ylantirishga nimanidir yangidan yaratishga o‘rgatish zarurdir.
2. Bolalar nutqini tahlil qilish tilning dastlabki shakillanish jarayoniga xos jihatlar haqida ma’lum tasvvur uyg‘otadi, narsa – hodisa va voqelikni nomlash asoslarini yoritadi, til taraqqiyotiga xos leksik – semanti o‘zgarishlarni kuzatish imkoniyatini vujudaga keltiradi.
3. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar to‘g‘ri fikrlashlari uchun dalillash, asoslash, ziddiyatsizlik, istisno, ayniyat qonunlarini puxta bilmog‘i, shundan so‘nggina to‘g‘ri fikr yurita olmog‘i lozim.
4.Bolalarning kommunikativ faoliyatida namoyon bo‘luvchi naminativ birliklarni tahlil qilish ular nutqiga doir yasama so‘zlar semantikasining psixolingvistik qonuniyatlarga tayangan holda tadqiq etishga yordam beradi. Bolalar yasama so‘z hosil qilish va uning semantik strukturasini belgilashda xotirada mavjud bo‘lgan fenamenalogik namunadan foydalanishga harakat qiladilar.
5.Bolalar nutqi leksikasining funksional – semantik xususiyatlarini sotsiopsixolingvistik asosda talqin qilish ular nutqiga xos individual neolagizmlarning yuzaga kelish sabablarini aniqlshda muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning ruhiyati bilan bog‘liq omillar ta’sirida yuzaga keluvchi leksik okkazianalizmlar so‘z-ijodga asoslanadi
3. O‘yin bolalar tarbiyasini shakllantirishning, ular psixologiyasini rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Har bir o‘yin bolalar hayotiga yaqin bo‘lsa, ularning hayotidan lavhalar bilan ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, o‘yinchoqlar esa ular hayotida uchrab turadigan narsa-predmetlarni ko‘rsatsa, u o‘yinchoqlar bilan o‘ynash natijasida bolalar qiziqishi ortadi va o‘yinda uning faolligi ortadi.
4. Bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirishda dialogik nutq eng muhim metod hisoblanadi. Dialog og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib,unda bola o‘zini tutishi,ko‘z qarashi, xatti – harakati,ovozining past – balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. Dialogik nutq asosan,kattalar yordamida amalga oshiriladi va ayniqasa, o‘yin , tevarak- atrofni bilish jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.
Suhbat jarayonida savollar, topishmoqlar va badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi.
5. Bola ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatar ekan, voqelikni ifodalash uchun yangi so‘z va iboralarni o‘zlashtirish asosida uning perseptiv lug‘ati boyib boradi. Bola perseptiv lug‘atining ifodasi intelektual-psixalogik o‘yinlar hamda savol-javob usulidan foydalanish jarayonida o‘z aksini topadi.
6.Bola perseptiv lug‘atining rivojlanishida ijtimoiy munosabatlarni shakillantirishga xizmat qiluvchi dialogik nutq verbal muloqot shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Dialogik nutq situativ muloqot usuli hisoblanib, bunda bolalar bir-birlarini o‘yinga jalb qilish orqali o‘zaro lisoniy aloqa o‘rnatadilar
5. Milliy xalq qo‘shiqlari, jumladan, ”Alla” qo‘shiqlari sodda va ravon tilda ijod qilingani , har bir to‘rtlikda so‘zlarning ravon takrori berilgani uchun yosh bolalar tezgina o‘rganib, undagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga ”Alla” qo‘shiqlari sodda va ravon tilda ijod qilingani , har bir to‘rtlikda so‘zlarning ravon takrori berilgani uchun yosh bolalar tezgina o‘rganib, undagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rganadilar.
6. Tarbiyachi - pedagoglar rasmli mashg‘ulotlarni ko‘proq o‘tkazishsa, bolalar og‘zaki nutqining ravon bo‘lishiga , lug‘at boyligining oshishiga va fikrlash qobilyatining o‘sishiga katta yordam bergan bo‘ladi. Rasmlar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar ko‘rgazmali mashg‘ulotlarning bir ko‘rinishi bo‘lganligi uchun ham bunday usuldan foydalanish samara beradi
7. Tez aytishlarni o‘rgatish bolalar og‘zaki nutqida uchraydigan fonetik holatlarni bartaraf qilishga va qiyin tovushlarni mashq qilib yaxshi ayta oladigan bo‘lishiga yordam beradi.
8. Bolalarda tabiatga mehr uyg‘otishda tarbiyachilarning daraxtlar,qushlar yoki boshqa narsalar haqidagi kichik she'rlarni yod oldirishlari va ularning mazmunini tushuntirishlari maqsadga muvofiqdir. Qushlarning ham insonlarga foyda keltirishi shu kichik she'rlar orqali ifodalanganini aytish zarur.
9. Tabiatga sayr qilish jarayonida og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘yicha tabiatning turli ko‘rinishlariga doir ma'lumotlaridan foydalaniladi. Natijada bolalarda qish, chana, bo‘ron, qorbobo, qorqiz, archa kabi otlar, ularni belgi bildiruvchi so‘zlar bilan birga qo‘llash; (oppoq qor, ko‘m-ko‘k osmon, yashil archa, chiroyli chana kabi), harakat bildiruvchi so‘zlarni yuqoridagi otlar bilan qo‘llab yig‘iq gap tuzish (qor yog‘di, yer muzladi, qorbobo keldi kabi), sanoq bildiruvchi so‘zlar bilan so‘z birikmasini hosil qilish singari til faktlarini singdirishga o‘rgatiladi.
10. Bola atrof – muhit haqidagi bilimlarni o‘zida aks ettiruvchi leksik birliklarning ma’nolarini tasavvur, tafakkur, xotira, xayol kabi psixik jarayonlar orqali idrok etish qobilyatiga egadir. Bolalardagi intellekt nafaqat ularning jismonan rivojlanishi, balki nutqining shakillanishi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi va takomillashadi.
11.Ayni paytda, zamonaviy pedagogik texnologiya – tizimli yondashuvlar asosida o‘qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun zarur bo‘lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul, metod va vositalarni xilma-xil ta’lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish–bular hammasi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya’ni oxiri yo‘q, deyiladi Shunday bo‘lgach pedagogik texnologiyalar ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko‘p izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo‘lsa – shunchalik kamdek tuyulaveradi. Ta’limning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish