Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari


Tajriba ishlari III bosqichda olib borildi



Download 1,29 Mb.
bet38/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

Tajriba ishlari III bosqichda olib borildi.
I bosqich: Kuzatuv bosqichi.
Maqsad va vazifalar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglar jamoasi va bolalar bilan tanishish, mashg’ulotlarni kuzatish, ta’lim – tarbiya jarayonida magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga alohida e’tiborni qaratish.
Biz tajriba ishining ushbu bosqichida katta guruhlar - “Nutq” va “Tafakkur” guruhlarini kuzatdik. Guruh bolalari haqida to’liq ma’lumot oldim.Ular bilan tanishib olgach, yana mashg’ulotlarni kuzatdim. Natijani bilish uchun o’rtacha murakkablikdagi nazorat mashg’uloti tashkil etildi.
Mavzu“Mustaqillik maydoni – tinchlik ramzi”nomli suratga qarab hikoya tuzish.
Maqsad: Bolalarni surat bo’yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o’ylab tuzishga o’rgatish,suhbat paytida faol ishtirok etishga undash, suratda aks ettirilgan voqealarni izchil bayon qilish, mavzu bo’yicha berilgan savollarga tushunib, qisqa, lo’nda va to’liq javob berish,o’rtoqlarining berayotgan javoblariga e’tibor berish malakasini takomillashtirish,Suhbat davomida bolalar qalbida Milliy Armiyaga nisbatan muhabbat, milliy g’urur hissini tarbiyalsh.
Vazifalar:

  • “Mustaqillik bayrami”, “Mustaqillik maydoni” mavzularida lug’atni faollashtirish.

  • Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga, ularni ifodalash uchun aniq so’zlarni tanlashga o’rgatish.

  • Bog’lanishli nutq-hikoya tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.

  • Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.

Kutilayotgan natijalar:
Surat bo’yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o’ylab to’qishga o’rganadilar.
-Grammatik jihatdan to’g’ri so’zlashga intiladi.
Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo’naltirilgan, ishtirok etishga mo’ljallangan interfaol usullar:

  • Aqliy hujum

  • Qisqa hikoya

  • Savol – javob

  • Tetiklashtiruvchi mashqlar

Kerakli jihozlar:
“Mustaqillik maydoni-tinchlik ramzi” surati.
Mashg’ulotning borishi. Surat ilib qo’yiladi va mazmuni bo’yicha suhbat o’tkaziladi.
- Bolalar, Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayrami nishonlanadi. Bayram kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklaydilar. So’ng maydonda tomosha bo’ladi. Bolalar, bayramingiz muborak bo’lsin! Hozir biz “Mustaqillik maydoni-tinchlik ramzi” nomli suratni ko’rib, surat bo’yicha hikoya tuzishni o’rganamiz. Suratga diqqat bilan qarang.
- Suratda kimlar tasvirlangan?
- Bolalar qiyofasida qanday holat ifodalangan?
- Bayram tantanasida siz ham ishtirok etdingizmi?
- Bayramda nimalarni ko’rdingiz?
- Mustaqillik maydonida qanday inshootlarni ko’ryapsiz?
(“Baxtiyor ona” haykali, favvoralar, ark, laylaklar)

  • Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi? ( Tinchlik ramzini)

Jismoniy daqiqa
4 ta joyga doira chiziladi, har bir doiraga bittadan faslning belgisi chiziladi, o’rtada bolalar turadi. Tabriyachi “Kuz” desa, bolalar kuz belgisi bor doiraga, “Yoz” desa yoz belgisi bor doira ichiga kirib turadilar. O’yin shu tarzda davom etadi.
Tarbiyachi jismoniy daqiqadan so’ng: kelinglar, endi surat asosida hikoya tuzamiz (5-6 ta bola hikoyalarini tinglanadi).
Mashg’ulot yakunida tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: bolalar, biz Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayrami bo’lishi, bayram kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklashi, so’ng maydonda tomoshalar bo’lishi haqida suhbatlashib oldik. Surat orqali Mustaqillik maydoni haqida tushunchaga ega bo’ldik. Hammangiz bayramni qanday o’tkazganingizni gapirib berdingiz. Bayram hammangizga quvonch olib kelganidan men xursandman. Doimo shunday xursand bo’lib yuring.
Quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:

  • Mustaqillik bayrami qachon nishonlanadi?

  • Mustaqillik maydonida qanday inshootlar bor ekan?

  • Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi?

  • Kimning hikoyasi sizga yoqdi?


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish