«Olma» hikoyachasi. Bolalarim maza qilib yesin deb hovlimizga bobom kichkina olma daraxtini ekdilar; yerni chopib, chuqur kavlab, ichiga suv quyib, ko‘chatni ekdilar. Har kuni parvarish qildilar. U katta bo‘lib gulladi, so‘ngra oz-ozdan meva bera boshladi. Olma daraxti ulg‘ayib, ko‘p meva bera boshladi. Daraxtning har bir shoxi bobom uchun o‘z bolasiday edi. Biz ham doim daraxtni parvarish qilib, mevalarini maza qilib yerdik. Bir kuni o‘rtog‘im uyimizga kelib, daraxtga tosh otib, kaltaklab mevalarni tushira boshladi, daraxtning ustiga chiqib silkitaman degan edi, daraxtning katta shoxi sinib tushdi. Bobom buni ko‘rib,bizni qattiq koyidilar; odamlar shirin mevalarimizdan yeb sog‘lom yursin degan olmani qaysi aybi uchun shunday qilib kaltaklading, nega ota-onasidan (tanasidan) ajratib, uni yig‘latding? - degan edilar, men yig‘lab yubordim. Hech kim meva daraxtini kaltaklamasin, sindirmasin.
Shu hikoyani eshitish bilan bolalar daraxtlar, gullar, o‘tlar ham tirik narsa ekanini, ularga parvarish kerakligini uqib oldilar. Shu xildagi hikoyachalarni ko‘plab ijod qilib, bolalarga tushuntirib, tabiatni asrash, uni avaylashga o‘rgatish mumkin.
Dala ishlari bilan shug‘ullanadigan oiladagi bolalar tabiat hodisalarini, dov-daraxtlar, ekin va uni parvarish qilish kabi masalalarni ancha yaxshi biladilar. Ular bilan o‘zlariga tanish bo‘lmagan tabiat hodisalari tabiatdagi predmetlar haqida suhbat olib borish mumkin.
Lekin hovlida yashamaydigan yosh bolalar uchun yuqorida ko‘rsatganimizdek suhbatlar o‘tkazish mumkin. Ular turli daraxt barglari o‘simliklardek kichik kichik gerbariy tuzishga ham o‘rgansa ularda tabiatni asrash tuyg‘usi yanada oshadi.
Oiladanoq tabiatga mehr uyg‘otib borish zarur. Ota-ona bola 3-4 yoshga yetgandanoq hovlidagi daraxt nomlari, ranglari, tanasi, barglari, ildizi bilan tanishtirib borishi lozim. Gullarga, daraxtlar tagiga suv quydirish kerak. Birgalikda o‘simlik va daraxtlarni parvarishlash lozim. Bog‘cha tarbiyachilari va ota-onalar o‘z bolalarining imkoni boricha tabiat quchog‘da bo‘lishini ta'minlashi, ularni oz-ozdan mehnatga o‘rgatishi kerak.
Bolalarda tabiatga mehr uyg‘otishda tarbiyachilarning daraxtlar,qushlar yoki boshqa narsalar haqidagi kichik she'rlarni yod oldirishlari va ularning mazmunini tushuntirishlari maqsadga muvofiqdir. Qushlarning ham insonlarga foyda keltirishi shu kichik she'rlar orqali ifodalanganini aytish zarur. Bu she'rlarni yod oldirishdan oldin ular haqidagi rangli suratlarni ko‘rsatib, qisqa suhbat uyuntirish kerak. Quyidagi kichik she'rlardan foydalanishni tavsiya etish mumkin:
“Oq bosh sa’va”
Sayrasam bo‘lib biyron,
Do‘stlar bo‘lmangiz hayron.
Sizni qutlar rangdor qush,
Uzi doim vaqti xush,
Men yuzlari qirmizi
Oq bosh sa’vaning o‘zi.
“Popishak”
Ola-bula qanotim.
Yoping‘ichim - qanotim,
Tojimni bo‘yang sozlab,
Patlarimni pardozlab.
Uzun tumshug‘im bilan
Yo‘l chetlarni kovlayman
Qurt-qumursqa ovlayman.
“Ko‘kkarra”
Bolalar der «Amalda»
Ekish davri hamalda,
Bir qush kelsa ko‘kimtir,
Ko‘klam belgisi shudir.
“Qaldirg‘och”
Men qaldirg‘och, g‘och-g‘och,
Eshigingni och-och,
Sayrab beray vijirlab,
Pista-bodom soch-soch.
Ba’zan fasllarga bog‘liq she’rlar, tez aytishlar va topishmoqlar ham o‘rgatib borish kerak. Yuqorida aytganimizdek, tez aytish orqali bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, topishmoqlar orqali ularning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga erishamiz.Bog‘cha bolalariga:
Qishda kishmish pishmasmish,
Pishsa kishmish qishmasmish
kabi kichik va qiziq topishmoqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Bolalarning tabiatga sayri jarayonida og‘zaki nutqini o‘stirish uchun yil fasllaridan “Bahor” bo‘yicha suhbat o‘tkazganda gullarning nomi va o‘simliklarning nomini bilishga, “Yoz” fasli bo‘yicha daraxt va meva nomlarini, havo haroratini bilishga, “Kuz” fasli bo‘yicha qanday mevalar pishishi, paxta terimi boshlanishi, kun soviy boshlashi, yomg‘ir yog‘ishi kabilarni o‘rgatish ham maqsadga muvofiqdir.
Demak, tabiatga sayr qilish jarayonida og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘yicha tabiatning turli ko‘rinishlariga doir ma’lumotlaridan foydalandik. Natijada bolalarda qish, chana, bo‘ron, qorbobo, qorqiz, archa kabi otlar, ularni belgi bildiruvchi so‘zlar bilan birga qo‘llash; (oppoq qor, ko‘m-ko‘k osmon, yashil archa, chiroyli chana kabi), harakat bildiruvchi so‘zlarni yuqoridagi otlar bilan qo‘llab yig‘iq gap tuzish (qor yog‘di, yer muzladi, qorbobo keldi kabi), sanoq bildiruvchi so‘zlar bilan so‘z birikmasini hosil qilish (uchta ayiqcha, bitta archa, 10 ta o‘yinchoq) singari til faktlarini singdirishga o‘rgatdik. Shu orqali bolalar ot, fe'l, son va sifat kabi so‘z turkumlarini, kichik-kichik so‘z birikmalarini va kabi tez aytishni, yig‘iq gaplar tuzishni o‘rgatishga muvaffaq bo‘ldik.
“Qishin-yozin bir xil kiyimda” (Archa), “U tushganda dala, qir Kuladi qiqir- qiqir” (Yomg‘ir) kabi kichik va qiziq topishmoqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Bolalarning tabiatga sayri jarayonida og‘zaki nutqini o‘stirish uchun yil fasllaridan “Bahor” bo‘yicha suhbat o‘tkazganda gullarning nomi va o‘simliklarning nomini bilishga, “Yoz” fasli bo‘yicha daraxt va meva nomlarini, havo haroratini bilishga, “Kuz” fasli bo‘yicha qanday mevalar pishishi, paxta terimi boshlanishi, kun soviy boshlashi, yomg‘ir yog‘ishi kabilarni o‘rgatish ham maqsadga muvofiqdir.
Demak, tabiatga sayr qilish jarayonida og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘yicha tabiatning turli ko‘rinishlariga doir ma’lumotlaridan foydalaniladik. Natijada bolalarda qish, chana, bo‘ron, qorbobo, qorqiz, archa kabi otlar, ularni belgi bildiruvchi so‘zlar bilan birga qo‘llash; (oppoq qor, ko‘m-ko‘k osmon, yashil archa, chiroyli chana kabi), harakat bildiruvchi so‘zlarni yuqoridagi otlar bilan qo‘llab yig‘iq gap tuzish (qor yog‘di, yer muzladi, qorbobo keldi kabi), sanoq bildiruvchi so‘zlar bilan so‘z birikmasini hosil qilish (uchta ayiqcha, bitta archa, 10 ta o‘yinchoq) singari til faktlarini singdirishga o‘rgatdik. Shu orqali bolalar ot, fe'l, son va sifat kabi so‘z turkumlarini, kichik-kichik so‘z birikmalarini va yig‘iq gaplar tuzishni o‘rgatishga muvaffaq bo‘ldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |