2-mavzu: Daraxtlar haqida tushuncha:
Urganch shahridagi 28-bog‘chada ushbu mashg‘ulot o‘tkazildi. Tarbiyachi G.U.Abduraxmonova bilan birgalikda bolalarni serdaraxt manzarali joylarga sayr qildirdik. Bunda 30 ta bola ishtirok etdi. Qizig‘i shundaki, bu guruhdagi 30 boladan 24 nafari o‘zbek millatiga mansub bolalar bo‘lishiga qaramay, mashg‘ulotlar rus tilida o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida bolalar na o‘zbek tilida, na rus tilida to‘liq va aniq javob beroldilar. Bolalarni O‘zbekistonda o‘sadigan tol, chinor, tut, qayrag‘och kabi daraxtlar bilan tanishtirish, bolalarning diqqatini daraxt nomlarini bilishga, daraxt barglarining shakli va katta-kichikligiga, rangini aniq va to‘g‘ri ayta bilishga qaratish maqsadida shu xil daraxtlar o‘sadigan joylarga sayr qildirdik.
Maqsad: og‘zaki nutq o‘stirish uchun kuz fasliga oid hodisalarni kuzatish, nomlarini aytish va respublikamizda ko‘p o‘sadigan daraxtlar, ularning turlari to‘g‘risidagi tasavvuri haqidagi ma’lumotni boyitish. Ayrim bolalar qayrag‘och, tol, terak (mirza terak, baqa terak, sada(gujum)) kabi daraxtlar nomini yaxshi bilmaydilar yoki chalkashtirib ishlatishadi.
Biz tarbiyachi bilan birga daraxtlar haqida suhbat olib borar ekan, daraxtlar nima uchun kerakligi, mevali daraxtlar va ularning mevasi qandayligi haqida bolalardan so‘radik. Barg tuzilishini tushuntirib, qanday sharoitda daraxtlarning o‘sishi haqida suhbat o‘tkazib, shularga mos kichik she’rlar yodlatdik. So‘ngra daraxtlar haqida bolalarning o‘zlari gapirib berishlarini talab qildik.
Tabiatga sayr qilishdan kuzatilgan asosiy maqsadning biri – tabiatni asrashga o‘rgatishdir. “Tabiatga sayr” mavzusida ko‘proq tabiatni asrashga, uning afzalliklarini tushunishga o‘rgatildi. Bu mavzuda o‘tkazilgan suhbatdan namunalar keltiramiz:
Bolalarga fasl nomlarini bilish uchun savol berildi: bolalar fasl so‘zini aniq tasavvur qila olishganlari uchun quyidagicha savol-javob uyushtiramiz:
Bolalar, qachon qor yog‘adi?
Qishda.
Qishda yana nimalar bo‘ladi?
Qishda qor yog‘adi?
Qishda yana nimalar bo‘ladi?
Qorda chanada uchamiz.
Qish tamom bo‘lgach, nima bo‘ladi?
Olma, o‘rik pishadi.
Mevalar qanday qilib pishadi?
Avval gullaydi, tugadi, keyin pishadi.
Shu vaqtni nima deymiz?
Ko‘klam va yoz deymiz (Bu javobni 30 ta boladan faqat ikkitasi chala yarim javob berdi).
Demak ko‘klamda daraxtlar uyqusidan uyg‘onib gullar ekan-a?
Ha.
Olma, o‘rik kabi mevalar qachon pishadi?
Yozda pishadi.
Juda yaxshi. Mevalar pishib bo‘lgach, daraxtlar qanday o‘zgaradi?
Uxlaydi.
Uxlashdan oldin mevalarni yig‘ishtirib olganimizdan so‘ng, daraxt barglari qanday rangga kiradi?
Sarg‘ayadi.
Sarg‘aygach daraxt barglari qishi bilan daraxtda qoladimi?
Yo‘q, to‘kilib ketadi.
Shundan so‘ng nima bo‘ladi?
Qor yog‘adi, archa bayram bo‘ladi. Qorbobo keladi.
Endi biz yil fasllari haqida ancha narsani bilib oldik, deb
suhbat yakunlanadi.
Mashg‘ulot so‘ngida 4 faslni tasvirlovchi rasmlar ham ko‘rsatib, mashg‘ulotni yakunlaymiz. Qishni “qish fasli”, ko‘klamni ko‘klam (yo “bahor”) fasli, yozni “yoz fasli”, kuzni “kuz fasli” deymiz. Shunday qilib, 4 ta faslni bilamiz-a?, qish fasli, ko‘klam fasli, yoz fasli, kuz fasli (hammalariga barobar ayttiramiz).
Yuqoridagi tartibda yangi so‘zlar haqida tushuncha beramiz. Shuningdekmavzuga bog‘liq holda rang-tus haqida ham tushuntiramiz. Bu mavzuda, ayniqsa, tabiatni avaylash bo‘yicha ko‘proq tushuncha berish kerak. Buning uchun tarbiyachining o‘zi quyidagicha kichik hikoyachalar tuzib, bolalarga so‘zlab berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |