Qadimiy xalqimiz o‘zining bir necha ming yillik tarixi davomida ko‘plab mashaqqatli davrlarni boshidan kechirdi. Mana shunday mashaqqatli davrlardan biri podsho Rossiyasi bosqini va mustamlakachiligi davridir


Rossiyada 1905-07 yillar inqilobi



Download 82,09 Kb.
bet8/8
Sana03.08.2021
Hajmi82,09 Kb.
#137433
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qadimiy xalqimiz o

Rossiyada 1905-07 yillar inqilobi — samoderjaviyega qarshi kurash voqealari. 1904—05 yillardagi rusyapon urushi natijasida mamlakatdagi inqirozli ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashdi. Sankt-Peterburgda 1905 y. 9 yanvarda ishchilarning tinch namoyishi oʻqqa tutilganligi (Qonli yakshanda deb nom olgan voqea) inqilobning boshlanib ketishiga turtki boʻldi; dehqonlar gʻalayonlari kengayib ketdi, ishchilar orasida, armiya va flotda noroziliklar kuchaydi ("Potyomkin" bronenosetsida qoʻzgʻolon, Vladivostok qoʻzgʻoloni va boshqalar) Burjuaziya islohotlar oʻtkazish talablarini koʻydi. Kasblar boʻyicha va kasabasiyosiy uyushmalar, ishchi deputatlari Sovetlari paydo boʻldi, sotsialdemokratik partiya va sotsialistrevolyusionerlar partiyasi mustahkamlandi, konstitutsiondemokratik partiya, "17 oktyabr ittifoqi", "Mixail Arxangel ittifoqi" va boshqa partiyalar tashkil qilindi. 1905 y.gi Okt. Butun Rossiya siyosiy stachkasi, liberallar tomonidan samoderjaviyening keskin tanqid qilinishi imperator Nikolay II ni 1905 y. 17 okt. manifestini chiqarishga majbur qildi. Siyosiy erkinliklarni vaʼda qilish, qonun chiqaruvchimaslahat beruvchi Davlat dumasining chaqirilishi hukumatga liberallarni betaraf etish imkonini berdi; Moskva, RostovDon, Novorossiysk, Yekaterinoslavdagi 1905 y. dek. qurolli qoʻzgʻolonlari tormor qilindi. Biroq 1906 y. ishchilarning zabastovka kurashi davom etishi bilan birgalikda dehqonlarning (ayniqsa, 1906 y. yezda), armiya va flotning ("Pamyat Azova" kreyserida, Sveaborg va Kronshtadtda qoʻzgʻolonlar), milliy mintaqalar aholisining (Latviyada "oʻrmon birodarlari", Gruziyada "qizil yuzliklar" va boshqalar) faolligi ortib bordi. 2Davlat dumasining tarkatib yuborilishi (1907 y. Uchinchi iyun davlat toʻntarishi deb atalgan voqea) inqilob tugaganligini bildirardi. Samoderjaviye parlament vakilligini tashkil qilish va islohotlarni boshlash yoʻlini tutdi (Stolipinning agrar islohoti.

3. Hadis — islom dinida shariat ahkomlarini belgilashda Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi moʻtabar manba hisoblanadi. Hadis Qur’onda umumiy tarzda bayon etilgan masalalarga aniqlik kiritish va ularni izohlashda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli ham hadis to‘plash, uni tartibga solish va keyingi avlodlarga yetkazish ishi Payg‘ambar (s.a.v.) davrida sahobalar tomonidan boshlanib, keyingi davrlarda uning turli usullari, yo‘nalishlari va maktablari vujudga keldi.

VII asr oxirlari va VIII asr boshlaridan Markaziy Osiyoga boshqa islom ilmlari qatorida hadis ilmi ham kirib keldi. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa mahalliy xalq orasidan ham ilk muhaddislar — hadislarni to‘plash, tartibga solish va keyingi avlodlarga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi ulamolar yetishib chiqdi. “Kitob az-zuhd var-raqoiq” (“Zohidlik va nozik masalalar kitobi”) nomli hadislar to‘plami muallifi Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn al-Muborak ibn Vozih al-Hanzaliy at-Turkiy al-Marvaziy, Abu Muoz Xolid ibn Sulaymon al-Balxiy, Abu Muqotil Hafs ibn Salm Fazoriy Samarqandiy kabilar Markaziy Osiyolik ilk muhaddislar hisoblanadi. Keyinchalik, o‘lkamizdan Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon as-Samarqandiy ad-Dorimiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy, Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Shuayb an-Nasoiy va shu kabi boshqa ko‘plab dunyoga mashhur muhaddislar yetishib chiqdilar.

IX asrga kelib islom dinining sunniylik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchilar orasida eng ishonchli deb tan olingan olti moʻtabar hadis to‘plami — Imom Buxoriyning “al-Jome as-sahih” (“Ishonchli hadislar to‘plami”), Muslimning “al-Jome as-sahih”, Abu Dovudning “Sunan” (“Sunnatlar”), Imom Termiziyning “Sunan”, Imom Nasoiyning “as-Sunan al-kubro” (“Ulug‘ sunnatlar”) va Ibn Mojaning “Sunan” asarlari yaratildi. E’tiborlisi shundaki, islom olamida “Sihohi sitta” (“Olti ishonchli to‘plam”) nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu olti to‘plamdan uchtasining muallifi — Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar Markaziy Osiyo vakillari hisoblanadi.

Shu bois, Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Qolaversa, qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan hali dunyo yuzini ko‘rmagan bir qancha qadimiy qo‘lyozmalar mavjud. Ular ustida ilmiy-tadqiqotlar olib borish dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‘liq o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‘laturib, ularni har tomonlama o‘qish-o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda qator sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda hamda mavzuga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishda ma’lum darajada xizmat qiladi.

Binobarin, jahonning turli burchaklarida din niqobi ostida sodir etilayotgan buzg‘unchilik harakatlarining muqaddas dinimiz nomidan amalga oshirilayotgani, bularning oldini olish va allomalarimiz merosini yanada chuqur o‘rganish, ular asosida yangicha fikr va yondashuvdagi tadqiqotlar olib borish zaruratini kuchaytirmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Movarounnahrda IX asrda yashab, ijod etgan yetuk muhaddis olimlardan Imom Shoshiy nomi bilan tanilgan yurtdoshimiz Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiyning hayoti, ijodi hamda uning hadis ilmida muhim o‘rin tutgan “al-Musnad al-Kabir” asarining ahamiyatini ochib berish bugungi kunda islomshunos mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Allomaning “al-Musnad al-Kabir” asaridagi odob-axloq, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, imon-e’tiqodga da’vat etuvchi hadislar bilan bir qatorda kishilarni qotillik, razolat, fitna-fasod, zulm kabi illatlardan qaytaruvchi hadislar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi ilmiy merosimizni har tomonlama tadqiq etish, milliy mafkurani shakllanishida, xalqimiz ma’naviyatining yuksalishida o‘rni beqiyos.

Yurtimizda diniy soha, xususan diniy ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng miqyosdagi islohotlarni e’tiborga olganda “Musnad” asaridagi hadislarni tarjima, tadqiq etish va uning natijalari asosida hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish muhim sanaladi. Binobarin, Imom Shoshiyning “Musnad” asari hadisshunos Mahfuz Rahmon Zaynulloh hamda Homid Abdulloh Mahallaviy tomonidan tadqiq qilinib, nashr ettirilgan. Ammo ushbu nashr arab tilida bo‘lib, o‘zbek tilida bu borada alohida tadqiqot qilinmagan.

Qolaversa, Imom Shoshiyning “Musnad” asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilishi zarur bo‘lgan asarlardan biri. Zero, ushbu asar ajdodlarimizning hadis ilmining rivojiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatuvchi asarlarning eng qadimiylaridan sanaladi.



Bir so‘z bilan aytganda, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’naviy asarlari insoniyatni ezgu ishlar va to‘g‘ri yo‘lga yurishga boshlovchi ezgu chorlovdir. Qaysi davr bo‘lmasin asarlaridagi dolzarblik o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotmaydi. Bil’aks, el-yurt taraqqiyoti, yoshlar kamoloti uchun tengsiz dasturulamal vazifasini o‘tab boraveradi. Shuning uchun ushbu nodir meroslarni o‘qib-o‘rganishimiz, chuqur tadqiq etib, dunyo hamjamiyatiga keng targ‘ib qilish, kelajak avlodlarga yetkazish, buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar sifatida xayrli amallarni bajarish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Download 82,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish