QADIMGI HINDISTON VA XITOY MADANIYATI
REJA
Vedalar, Budda dini, Hinduizm.
Qadimgi Hindiston madaniyati. Me’morchilik va san’at.
Qadimgi Xitoy madaniyati. Mifologiya va din, yozuv
Qadimgi Xitoy adabiyoti. Tabiiy-ilmiy bilimlar
Vedalar: Qadimgi hind adabiyotining mashhur yodgorligi «Rigveda»ning minglab madhiyalari va so'nggi veda adabiyotlari oriylaming diniy e’tiqodlari to'g'risida boy ma’lumot beradi. Qadimgi Hindistonda xudolar pog'onasi mavjud emas. Xudolar samoda yashaydi. Oriylar xudolar tasviriga sig'inganlar. Qurbonlik keltirish, olovga moy quyish, arpa donini tanlash bilan ifodalan- gan, quyoki qurbonlik tutun bilan samoga ko'tarilib, xudolar qurbonlikdan to'yib yerdagi bandalariga ovqat yuboradilar. Dastlab ibodatxonalar qurish rasm bo'lmagan. Kohinlar yopiq tabaqa bo'lgan. So'nggi veda davrida kohinlar alohida toifa, braxmanlar vamasini tashkil qilganlar va boshqa vamalardan mavqelari yuqoriligiga da’vo qilganlar. Uch varnadan birorta- sining to'la huquqli a’zosi bo'lish uchun faqat bu vamada tug'ilish emas, balki braxman o'qituvchining uyida o'qish va maxsus bag'ishlov marosimlaridan o'tishi lozim edi. Bag'ishlov marosimida bolaga muqaddas ip ilganlar bu «ikkinchi tug'ilish» hisoblangan. Shudralarga marosimga ishtirok etishga ruxsat berilmagan. «Ikkinchi tug'ilish» marosimi Veda matnlarini o'qish va diniy sirlarni bilish huquqini beigan. Veda matnlarini o'qituvchidan o'quvchiga faqat og'zaki uzatganlar. Natijada vaqt o'tishi bilan matnlar maz- muni o'zgarib ketgan.
Budda dini: Er. aw. I ming yillik o'rtalarida yangi diniy e’tiqodlar vujudga keldi. Ularning eng muhimi budda dinining «Uch qimmat»i edi. Bu Buddaning o'zi, draxma-uning ta’limoti va sangxa-unga e’tiqod qiluvchilar jamoasi hisoblanadi. Budda dinining asoschisi Shaq’ya zodagon urug'idan bo'lgan shaxzoda Sidxartxa Gautama bo'lgan. Uzoq azob chekishlardan so'ng, daraxt soyasida Sidx- artxaga yorug'lik ma’rifati tushadi. Shundan so'ng, Sidxartxa ma’rifatli (Budda) boiadi. • Budda ta’limotining o'ziga xos xususiyati u hayotni azoblanish deb tushuntiradi. Azoblanish oiim va kasalliklar bilangina bog'liq emas, balki eng yaxshi boiib qayta tug'ilishlar zanjiri bilan bog'langan. Azob ko'rishning sababi yangi hayotda boylik, huzur- halovat, yaxshi hayot kechirish yoki yaxshi taqdir uchun kuyib pishishdir. Qiynalishlardan qutilishning yo'li o'z ruhi, yurish- turishi, ustidan to'la nazorat o'rnatish va buning oxirgi maqsadi nirvana («uchish, sun’iy»)bo‘lib, shundan so'ng, kishi zanjimi yorib o'tadi va u boshqa tug'ilmaydi. Buddaviylikni ilk o'qituvchini tas- virlash an’anasi yo'q edi, faqat budda ramziga tayanadigan asosiy e’tiqod inshooti stupa—soyabon ostidagi sun’iy tepalik edi. Din- dorlar stupa va undagi Budda sochi yoki tishiga chapdan o'ngga (quyosh bo'yicha) o'zini gunohlardan holi qilish uchun bu dunyo hayotidan u оilasidan, mulkidan tashqi an’anaviy aloqalardan ruhiy bog'lanishlardan kechishi kerak. Budda muridlari qizg'ish kiy- imda, sochlari taqir olinib, qishloq va shaharlami kezib, sadaqa so'rab yurganlar. Ulami bxikshu (gadoy) deb ataganlar. Budda- dini uchun turmush marosimi hech qanday ahamiyatga ega emas edi. Dindorlar awalgiday to'y, o'lim marosimlariga braxmanlarni chaqirar edilar. Budda matnlari mahalliy so'zlashuv til- larida tuzilgan bo'lib, aholiga tushunarii edi. Braxmanlar esa sanskrit adabiyotini aholining juda ko'p qismidan yashirar edilar. Budda dini, ayniqsa, shahar aholisi o'rtasida keng tarqaldi, chunki shahar paydo bo'lishining o'zi an’anaviy urug'chilik ijtimoiy alo- qalarini yemirilishi, xususiy mulkning paydo bo'lishi, shaxsning jamoadan ajralishi bilan bog'liq edi. Buddaviylik e’tiqodi yirik davlatlar hukmdorlarining homiyligi ostida bo'ldi. Chunki budda matnlarida jahon hukmronligi g'oyasini ilgari surilib, qaysiki, bu hukmdor orqali adolat podsholi- giga asos solinadi degan tushuncha mavjud edi. Adolatni tarqalishi bir vaqtni o'zida hukmdoming hokimiyatini kuchayishi bu diniy g'oyaga to'g'ri kelishini bildiradi. Dastlab budda dini xudosizlar dini edi. Keyinchalik Buddaga nisbatan munosabat o'zgardi. Uning tasviri paydo bo'ldi. Ibodatxonalar qurilib, budda ilohiy mavjudot ekanligi ajjtila boshlandi. Dunyoning oxirati va uning kelajagida qutqaruvchi Buddaning kelishi tushunchasi shakllana boshlaydi. Budda maktablari ikki asosiy yo'nalish: «kichik arava» («yoki qutilishning tor yo'li») va «buyuk arava» («yoki qutilishning keng yo'li») dan , iborat edi. Ularning birinchisi eng qadimiylikka da’vo qilib, Ashoki davridayoq Lanka orolida va keyin janubiy-sharqiy Osiyoga tarqaldi. «Buyuk arava» ta’limoti yanada kattaroq yutuqlarga erishdi. Kushon podsholari homiyligi ostida bu yo'nalish O'rta Osiyo orqali Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |