- Alifboda birinchi
- Joylashgan A harfiman,
- O'ttiz harfning sardori
- Bo'lmoqlikka haqliman.
- Anvar, Ali, Aziza,
- Asqar, Akbar, Adiba
- Boshlanar mendan o'zi,
- Yozilmas A'lo so'zi,
- Unli tovushman nutqda
- Harf bo’ldim yozuvda.
- Bahor kelsa
- Bog'imda,
- Chopib-chopib
- O'ynaymiz.
- Gulga qo'nsa
- Kapalak
- Tutmoq uchun
- Quvlaymiz.
- Daraxt tagin
- Yumshatamiz.
- Daraxtlarga
- Suv quyamiz.
- Daraxtlarim
- O'sib ketdi.
- Bo'yi osmonlarga
- Yetdi.
- Erta tongda
- Erkin turdi.
- Echkisini
- Borib ko'rdi.
- Echki endi
- Turgan ekan.
- Dikir-dikir
- Sakrar ekan.
- Faqat-faqat
- Uxlar Farhod.
- Uyquchiga
- Qilmang toqat
- Qulog'ini
- Burab qo'ying
- Yettida
- Uyg'otsin soat.
- Gohi sakrab,
- Gohi o'ynab
- Bog'imizdan
- Gullar terdik
- Maza qilib
- O'ynab yurdik.
- Handalak,
- handalak
- Handalak kimga kerak.
- Handalakni, bolalar.
- Tezda yemoqlik kerak.
- Ibrat,
- Izzat
- Ikkovlon.
- Kelishar
- Hali zamon.
- Engil-boshi
- Ozoda.
- Yaxshi o’qishlar
- Rosa.
- Jo'jam-jo'jam
- Qanot qoqdi
- Momiqligi
- Menga yoqdi
- Qo'lga olsam
- Men jo'jamni
- Mo'lt-mo'lt
- Qilib
- Menga boqdi.
- Kaptar-kaptar
- Ko'kda uchar
- Keng osmonni
- Yayrab quchar.
- Qo'ngin yerga
- Boqqin menga
- Don beraman
- Endi senga.
- Lola-lola
- Tog'da o'sdi
- Qaysi bola
- Seni uzdi
- Menga yoqding
- Juda-juda
- Obketaman
- Seni uyga.
- Nonga xamir
- Qordik ancha.
- Nondan yesin
- Dedik barcha
- Non yasaymiz
- Non yopamiz
- Keling-keling
- Mehmon bo'ling.
- Olma-olma
- Bog'da olma
- Xomlariga
- Tegma, olma
- Kuz kelganda
- Pishdi olma
- Yerga tap-tap
- Tushdi olma.
- Paxta-paxta
- Oppoq paxta
- Ochilganda
- Yumshoq paxta.
- Chaqqon bo'ling
- Tez-tez keling
- Paxtalarni
- Terib oling.
- Qayiqqinam
- Suzib ketdi
- Qarang qancha
- O'zib ketdi.
- Qayiq suvda
- Tekis suzar
- Qaysi bola
- Eshkak eshar.
- Randa bilan
- Randalayman.
- Arra olib
- Arralayman.
- Rom yasadim
- Yaxshigina
- Imoratga
- Yarar qara.
- Soat yurar
- Chiq-chiq.
- Uxlab qolmang
- Pish-pish
- Erta tongda
- Uyg'otadi.
- Kech bo'lganda
- Kun botadi.
- Tog`ga chiqdim
- Tog'ni ko'rdim,
- Tog'da rosa
- Maza ekan
- Tog'da havo
- Toza ekan.
- Uchib- uchib
- O'tdi qushlar
- Ko'lda
- bor ekan
- Oqqushlar.
- Suvda
- asta-asta
- Suzdi
- Ovchi
- kelgach
- Uchib ketdi.
- Shamol bo'lsa
- Uchar varrak
- Uchirganda
- Bo'lgin sergak
- Shamol g'uv-g'uv
- Esib qoldi
- Varragimni
- Tortib qoldi.
- Xat yozdim,
- Xat yozdim
- Men akamga
- Xat yozdim.
- Xatlarimni
- oborib
- Pochta
- qutiga
- soldim.
- Yugur-yugur
- Boqqa yugur
- Boqqa emas
- Toqqa yugur.
- Yig'lamagim
- Ortda qolsang.
- Toqqa chiqib
- Charchab qolsang.
- Zilol-zilol
- Suv oqar.
- Tovushi
- Menga yoqar.
- Zilol suvda
- Suzdim.
- Yuz-qo'limni
- Yuvdim.
- Chigirtka-chigirtka
- Chigirtka
- Sakrar nega?
- Chigirtka-chigirtka
- Chirillab
- Sayrar nega?
- G'ani g'altak
- Topib oidi
- G'altagini
- O'ynab qoldi.
- G'altak tezda
- Qochib ketdi
- G'ani uni
- Quvib yetdi.
- Tongda turdim
- Mashq qildim
- Palaklardan
- Bodring uzdim.
- Palaklarda,
- Barglarda
- Qarang, qarang
- Shudring ko'rdim.
- O'tloq-o'tloq
- Kelgin o'rtoq,
- Ber qo'lingni
- Sakra mundoq,
- O'tloq bizga
- Yoqib qo'ldi
- Sakrab-sakrab
- Oyoq toldi.
- Shamol-shamol
- G'uv-g'uv etar
- Daraxt shoxin
- Egib ketar,
- Shamol keldi
- Tez-tez yeldi
- Shatir-shutur
- Yomg'ir keldi.
- -tutuq belgisi
- Sa`va sa`va
- Uchdi sa`va.
- Keng osmonni
- Quchdi sa'va
- Uchib, uchib
- Keldi sa`va.
- On'g qo'limga
- Qo'ndi sa`va.
Do'stlaringiz bilan baham: |