Adabiyot: Eng qadimgi Xitoy she’riyati namunalari eramizdan awalgi XI—VI asrlarda jez ko‘zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. «Shiszin» («qo‘shiqlar kitobi») — qadimgi Xitoy adabiyotining haqiqiy xazina- sidir. Bu yodgorlik 4 bo‘limga bolingan («Podsholik axloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») poetik asarlar majmuasidan iborat.
«Shiszin» an’analari eramizdan awalgi IV asrda poetik asarlar mualliflari tomonidan o'zlashtirib olindi. Bizgacha bu asarlar do‘mbira shaklini eslatadigan tosh uyumlarda yetib kelgan, shu sababli, ular «Tosh do‘mbiralar»dagi matnlar deb ataladi. Eramizdan awalgi IV asrda mashhur Syu Yuan, Xan davrida Sima Syan-Ju kabi shoirlar ijod qilgan. Musiqa, poeziya va raqs kabi san’at janrlari Xitoyda yuqori darajada shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan asboblatga'bo‘lingan. Ko'pgina musiqa asboblari eramizning birinchi, ikkinchi asrlarida 0 ‘rta Osiyodan o‘zlashtirib olingan. Xitoy me’morchilik san’atida yog'och asosiy xomashyo edi. Xan davrining noyob me’morchilik yodgorligi imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o‘rab olingan. Baland ko‘p xonali imperator saroyi, ma’muriy binolar va ibodatxonalar shahaming ko'rki edi. Ma’muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil rangda bo'yalgan. Xan davrida portret san’ati yuksak darajada bo'lgan, saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
Tabiiy-ilmiy bilimlar: Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar, ayniqsa, matematika rivojlangan. Eramizdan awalgi ikkinchi asrda to'qqiz kitobdan iborat «matematika» traktati tuzildi. Bunda oldingi olimlaming bilimlari proporsiya, progress, bo'lishlar bayon etilgan. Pifagor teoremasi va boshqalar to'plangan. Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. Er. aw. 104-yilda bir yil 365,25 kun hisoblab chiqildi. Shu yil qabul qilingan kalendar eramizning 85-yiligacha foydalanildi. Bu kalendar bo'yicha yil 12 oyga bo'lindi.Qo'shimcha- oy kabisa yiliga qo'shilib 3 yilda bir marta belgilangan. Quyosh^-oy kalendari qishloq xo'jalik ishlariga moslashtirilgan. Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlaiga erishildi. Er. aw. Ill asrda Xitoy shifokorlari igna bilan davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar. 280 davolash usulini qo'llaganlar.
Tayanch iboralar
Buddizm, Sidxartxa, hinduizm,* Vishna, Shiva, Maxabxorat, Ramayana, Shakun Kalidasi, «Panchatatra», «Kalila va Dimna», Sangi monastiri, Ashoki ustunlari, Gandxara Ashoki ibodatxonasi, oqsoqollar, mantiq, Van, Xitoy mifologiyasi, Konfutsiylik, Oq ot ibodatxonasi, In yozuvi, Sima Syan, musiqa, poeziya, portret san’ati, Pifagor teoremasi, igna bilan davolash, sutralar, tosh do'mbiralar, Chanyan, iyerogliflar, kabisa yili, portertet san’ati, oliy xudo, konfutsiy.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. Т.: 1998-yil.
Ладынин И. А. и др. История древнего мира: Восток, Греция, Рим. «Слово», «Эксмо*.-М.: 2004.
Классический драма Древний Индии . Л.: 1984.
Темкин Э.Н. Эрман В.Г. Мифов Древний Индии. М.: 1982.
Култура Древний Индии. М.: 1975.
Антология древнекитайский философии. М.: 1972—73. т. 1-2.
Конрад Н.С. Избранное. Синология. М.: 1977.
Сома Сян. Исторические записки. М.: 1972—87. т. 1-5.
Шисзин. Книги песен. Избранное М.: 1986.
Юан Ке. Мифов Древнего Китая. М.: 1987.
Do'stlaringiz bilan baham: |