Qadimgi hindiston va xitoy madaniyati



Download 23,03 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2022
Hajmi23,03 Kb.
#683208
1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi hindiston va xitoy madaniyati

Me’morchilik va san’at: Maurilar davridan so'ng, g'isht va toshdan qurilishda keng foydalaniladi. Hozirgacha saqlangan obidalar g'arbiy Hindistondagi budda monastirlari diqqatga sazovor. Yer ustidagi monastirlardan biri Sanchida bunyod qilingan. Sanchida tepalik ustida ulkan budda monastiri qurilgan. Yana bir noyob san’at yodgorligi Ashoki yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir. Maurilardan so'ng, haykaltaroshlikning mahalliy maktablari vujudga keladi. Ulardan eng mashhurlari shimoliy-g'aibiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy Hindistonning markaziy qismidagi Madxura va Dekan viloyatidagi maktablardir. Eramizning birinchi asridan Gandxara maktabi ellin va Rim madaniyati ta’siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar davrida markaziy va sharqiy Osiyoning budda madaniyatiga ta’sir qildi. Madxura va Dekan maktablari Hind tasviriy san’ati an’analari bilan ko'proq bog'langan. Ana shu maktablar asosida o'rta asrlar hind va janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyati shakllandi. Maurilar davridan keyin ming yil davomida hind tasviriy san’atining noyob yodgorligi g'ordagi Ajanta ibodatxonasi va budda monastirlari yaratildi. Monastirlarning ba’zi zallari devor- larida budda afsonalaridan manzaralar tasvirlangan. Ajantadagidek noyob taSvirlarga o'xshash tasvirlar Shri-Lankadan ham topilgan. Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi veda, epik va budda adabiyotlari an’anaviy janrlaiga tegishli bo'lib, asrlar davomida og'zaki shaklda yashab keldi. Aynan muqadias matn- lami eslab qolish, uzatish va talqin qilish, lingvistika, falsafa va mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo'ldi. Janubiy Osiyoda Maurilardan so‘ng, turli davlatlarni gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot-drama, poeziya va proza, me’morchilik hamda tasviriy san’atning noyob yodgorliklami yaratilishiga sabab bo'ldi. I ming yillikning o'rtalarida (shimoliy Hindiston Guptalar davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat taraqqiyotining yakuni bo'ldi.
Qadimgi Xitoy madaniyati. Mifologiya va din: Qadimgi Xitoy mifologiyasi to‘g‘risidagi manbalar asosan er. aw. XI asiga oid. Bu afsonalar mazmuniga ko'ra ikki guruh yoki sikllarga boiinadi. Kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va in- sonning paydo bo'lishi to'g'risidagi asosiy konsepsiya, bo'linish va aylanish berilgan. Ulardan birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur (erkak)ning boshlanishi, Yan va qorong'ulik (ayol)ning boshlanishi - In paydo bo'lgan. Ikkinchi konsepsiya barcha mavjudotlarning paydo bo'lishi bu transformat- siya natijasidir deb tushuntiradi. Odam Nyuy ismli ma’buda tomonidan loydan yaratilgan. Tabiat stixiyalari va ulardan odamlarrJ qutqargan qah- ramonlar to'g'risida afsonalar ko'pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg'oqchilik hodisalari afsonalarda ko'p tilga olinadi. Qadimgi qahramonlar to'g'risidagi afsonalarda qahramonlar odamlami olovdan foydalanishga o'rgatgan; ilk bor shox-shabba chaylani ko'rgan. Baliq ovi va ovchilik usulini kashf qilgan; ilk dehqonchilik qurollarini yasagan, donni bug'da pishirishni o'rgatgan qahramonlar mavzusi yetakchi o'rinni tutadi. Ko'pgina qahramonlar ilon gavdali, buqaning kallasi bilan yarim hayvon, yarim odam qiyofasida tasvirlanganlar. Bu qadimgi totemistik tasawur- lami aks ettirishdir. Qadimgi xitoyliklar u dunyo to'g'risidagi tushunchalarida yerda mavjud bo'lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat Vanga tegishli, osmonda hamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysu- nadi. Di qudratli, u odamlarga marhamat qiladi yoki ulami baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg'a qiladi, qurg'oqchilik yuboradi, yomg'ir va shamol Diga bog'liq. Dining yaqinlarini Vanning vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yordam berish to'g'risidagi iltiinosini Diga yetkazadi. Vanning oliy kohin sifatidagi vazifasi odamlar va xudolar dunyosi o'rtasida vositachi bo'lgan o'z ajdodlari bilan muloqotni amalga oshirishdir. Konfutsiylikni paydo bo'lishi va tarqalishi ajdodlarga e’tiqod qil- ishni kuchaytirdi. Konfutsiy (er. aw. 551—479-yillar)ning axloqiy- siyosiy ta’limotida markaziy o'rinni «oliyjanob kishi» (SzyanSzi) to'g'risidagi tushuncha egallaydi. Konfutsiylik gumanizm (Jen), sadoqat (Chjun), kattalarga hurmat (Syuo), kishilar o'rtasidagi mu- nosabatlarga rioya qilish (Li)dan iborat. Konfiitsiy ochko'zlik, zo'ravonlikka qarshi axloq va burchni qarama-qarshi qo'yadi. II—III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. Afsonalarga ko'ra, birinchi budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga xotira sifatida Loyan shahri yonida budda «oq ot ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV—VI asrlarga tegishlidir.
Yozuv: Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari er. aw. XIV—XI asrlarga oid fol ko'rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko'pchilik qismi buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri yoki mutakkab tushunchalami ifodalaydigan ko'pgina tasvirlar qo'shilmasi ideogramma ko'rmishidadir. In belgilarining hoziigi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqU tomoni bor. Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasviriagan, ikkinchidan, bir belgihni yozilishida ko'p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan, belgini qatoming nisbiy yo'nalishiga tomon harakati hali barqaror bo'lmagan. In yozuvining er. aw. I ming yillikda Chjoular tomonidan o'zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo'ymadi. Er.aw. II—I ming yilliklarda iyero- gliflarning mahalliy variantlari unifikatsiya qilindi, belgilami yozish- ning yangi husnixati paydo bo'ldi. Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog'och yoki bambuk tax- tachalariga yozilgan. Tushli mo'yqalam bilan yozuv ana shu tax- tachalarga tushirilgan va yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. Eramizdan awalgi I ming yillikning o'rtalarida ipak matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog'oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va qog'oz boshqa materiallami siqib chiqardi.

Download 23,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish