Qadimgi dunyo tarixi


QADIMGI YUNONISTONNING ARXAIK DAVRI



Download 32,88 Mb.
bet31/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

QADIMGI YUNONISTONNING ARXAIK DAVRI
(mil. avv. VIII-VI asrlar).
Tayanch iboralar: Manbalar- Gerodot, Fukidid, Gesiod «Mehnat va kunlar»; Demos va aristokratiyaning kurashi; Tiraniya; Quldorlik demokratiyasi; Oligarxiya; Yunon manzilgohlari-Kroton, Sibaris, Tarent, Vizzantiy,Olviya, Pantikapey, Xersones; «andropodon»; Sparta; Ilot; «tenglar jamoasi»; Harbiy tarbiya; arxaget; Efor; Peloponnes ittifoqi; «Afina politiyasi»; Tesey; mil.avv. 2-ming yillik Afina shahri; 9 arxont; Kilon isyoni; Drakont Qonunlari; Solon ilohatlari-mil.avv.594 yil; Mulkiy senz; 400lar kengashi(bule); Pisistrat hokimiyati; Tiraniyaning qulashi; Klisfen islohatlari.

Mil.avv. 8-6 asrlardagi Yunoniston tarixiga oid manbalar turli vaqtlarda topilgan arxeologik materiallardan, obidalarga yozilgan yozuv namunalaridan, qadimgi yunon tarixchilarining- Gerodot, Fukidid va boshqalarning shu davr to’g’risidagi qisqa ma’lumotlardan iboratdir. Beotiyalikk shoir Gesiodning poemalari va lirik shoirlar she’rlarining fragmentlari muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, numizmatik manbalar ham mavjud. Xususan, Gesiodning « Mehnat va kunlar» nomli poemasida mil.avv. VI1 asrdagi sosial-iqtisodiy munosabatlar tasvirlangan. Bunga ko’ra Beotiyadagi jamoa allaqachon buzilib ketgan. Mulkiy tengsizlik, aholi tabaqalanishi borasida so’z boradi.Dehqonlarning og’ir ahvoli bayon etiladi. Iqtisodiy taraqqiyot xususiyatlari ham bu manbalarda keltirilgan.


Mil.avv. 8-6 asrlar Yunoniston tarixida va uning ijtimoiy taraqqiyotida sinfiy jamiyatning shakllanishi jarayonining davom etishi bo’ldi. Bu davr haqiqatdan ham Yunonistonda sinfiy jamiyatning sof holda shakllangan davri bo’lib hisoblanadi( antik davr). Temir qurollarning ko’plab ishlatilishi, iqtisodiy yuksalishlar shubhasiz kichik-kichik quldorlik davlatchalari-polislar shakllanishiga olib kelgan. Jamoa yer egaligi buzilgan. Boy yer egalari o’z karzlarini to’layolmaydigan kambag’al qo’shnilarini qarz evaziga qul qilib olganlar. Tobora kuchayib borayotgan mulkiy tabaqalanish boy yer egalari va quldorlarning hukumron guruhiga aylangan urug’ aristokratiyasi bilan oddiy xalq ommasining o’rtasida keskin sosial va siyosiy ziddiyatlarni keltirib chiqargan.
Har bir polisdagi tub joy erkin aholisining hammaini rasmangina o’z ichiga olgan hukumron quldorlar sinfining yuqori qatlamiga aylangan nasnabli aristokratiyaning iqtisodiy va siyosiy hukumronligi endi sosial va siyosiy taraqqiyotning ilgarilab borishiga to’sqinlik qilaboshladi. Bu orada polislarning shahar territoriyasining o’zida hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanib ketgan edi. Shahar aholisida bevosita qishloq xo’jaligi bilanbog’liq bo’lmagan yangi daromod manbalari paydo bo’ldi. Asta-sekin erkin shahar aholisining iqtisodiy jihatdan aristokratiyadan mustaqil savdo-hunarmandchilik qatlami paydo bo’lib kuchaya boradi. Bu qatlam rasman bo’lsada siyosiy huquqlarga ega edi. Chunki polisning butun erkin tub joy aholisi- uning grajdanlari hamda ibtidoiy zamonlardan meros bo’lib qolgan xalq yig’inining a’zolari edilar. Endi bu majlis quldorlik davlati hokimiyatining oliy organi bo’lib qolgan edi. Qarzi evaziga qullarga aylantirilmagan dehqonlar ham o’z prolisi xalo’ yig’inining tabiiy a’zolari ediar. Siyosiy huquqqa ega bo’lgan butun ana shu oddiy erkin xalq yunoncha demos deb atalardi. Amalda u qishloq va shahar demosiga bo’linar edi. Qishloq va shahar demosining manfaatlari ko’p hollarda bir-birlariga mos kelmas edi. Lekin mil.avv. 7-6 asrlarda ularni aristokratiya hukumronligiga qarshi umumiy kurash birlashtirib kelgan edi. Shahar demosining iqtisodiy mustaqilligi kuchayib borishi bilan u polisni boshqarishda ishtirok etishga va aristokratiya hokimiyatini cheklashga erishish uchun aktiv harakat qila boshladi. Shahar demosi uning mol-mulkini va savdo hunarmandchilik faoliyatini aristokratiyaning suistimollaridan himoya qiladigan qonunlar chiqarishni talab qildi. Dengiz savdosi rivojlanayotganligi munosabati bilan shahar demosi aktivroq tashqi siyosat yurgizish masalasini qo’ydi. Qishloq demosi qarz asoratidan qonunchilik yo’li bilan himoya qilishga muhtoj edi va dehqonlarning yer uchastkalarini bosib olishga xotima berishni talab qilardi. Sosial iqtisodiytaraqqiyot jarayoni nasl-nasabli aristokratiyaga ham daxl qilmoda edi, ular orasida ham mulkiy tabaqalanish yuz bermoqda edi. Aristokratlarning, ayniqsa kambag’allashib qolgan aristokratlarning bir qismi ustoxonalar ochish va savdo-sotiqni tashkil qilish bilan o’zi shug’ullana boshlai. Bu aristokratlarning manfaatlari shahar demosi yuqori qatlamlarining manfaatlari bilan yaqinlashgan edi.


Tiraniya. Nasl-nasabli aristokratiyaning hukumron zamindorlar gruppasi yetilib qolgan islohatlarni o’tkazishga qarshilik ko’rsata boshladi shu sababli mil.avv. 7-6 asrlarda shahar va qishloq demosi islohatlar uchun qt’iykurshga kirishdi. Savdo hunarmandchilik polislarining ko’pchiligida nasl-nasabli aristokratiya hokimiyati ag’darib tashlandi va hokimiyat demosining vakillari bo’lmish hukumron tiranlar qo’liga o’tdi. Shu tariqa mil.avv. 7-6 asrlarda iqtisodiy jihatdan rivojlangan bir qancha polislarda davlat hokimiyatining yangi formasi paydo bo’ldiki , bu forma fanda bosh yoki ilk tiraniya nomi bilan mashhurdir. Tiranlarning ko’pchilik qismi demosning yuqori qatlamlaria yondoshgan aristokratiya gruppasidan chiqqan kishilar edi. Ular zo’r berib eski zadogan aristokratlar huquqlarini cheklash siyosatini yurgizdilar, ularga harashli yerlarning bir qismini musodara qildilar, eski tartiblarning eng aktiv tafdorlarini qirib tashladilar yoki haydab yubordilar. Lekin, asli aristokratlar urug’idanchiqqanlar tiranlar ko’pincha tutiriqsiz siyosat yurgizdilar va shu bilan ularni yuqori martabaga ko’targan demosni o’zlariga qarshi qurollantirdilar. Tiraniya o’z davri uchun progressiv hokimiyat edi. Qo’zg’olon ko’targan demoslarga aristokratiyadanbo’lgan kishilar rahbarlik qilishganlar, sababi ularda davlat bashqarilishi ishida tajribasi bor edi. Ilk tiraniya qisqa muddatli bo’ldi. Sababi aristokratlar hokimiyati yemirlib, demosning faoliyati uchun keng imkoniyat yaratilgach endi tiranlar kerak bo’lmay qoldi. Tiraniya zamonida demosning manfaatlarini hioya qiluvchi siyosatchilar yetishib chiqishib, ular katta tajriba orttirishdilar va bundan keyingi qo’zg’olonlarga bosh bo’lishib , endi qo’zg’olonlarni tiraniyaga qarshi qaratdilar.

Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish