Krit – Miken jamiyati
Tayanch iboralar: A. Evans.; T. Shliman.; Knoss.; Nestor, A.,B –chiziqli xat; M. Ventris.; Krit tarixini davrlashtirish.; Knoss saroyi, podsho Minos; mil.avv. 1750; Pilos-Mikena tarixini davrlashtirish; Mikena, Pilos, Tirinf, Afina, Fiva. Doriylar bosqini (mil.avv. 13-12 asrlar).
Qadimgi Yunoniston tarixi Krit- Miken jamiyati va madaniyati asosida o’rganiladi.
Krit O’rta yer dengizidagi katta orollardan biri. Bu orol arxeologik tadqiqotlar ko’rsatishicha paleolit davridan odamzod tomonidan o’zlashtirilib, neolit davrida esa o’ziga xos madaniyat yaratilgan ekan. Miloddan avvalgi VI-VI ming yilliklardayoq bu yerga Kichik Osiyodan odamlar suzib kelganlar. Bu haqda qadimgi yunon mif- afsonalari va arxeologik ashyoviy dalillar ma’lumot beradi. Er.av III-II ming yilliklarda Kritda xo’jalik rivojlanib, mulkiy tengsizlik tabaqalanish sodir bo’lgan. Dastlabki qabila ittifoqi, ya’ni davlat uyushmalari paydo bo’la boshlagan.
XIX asrning 90 yillarida Artur Evans tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari natijalari orolni qadimgi tarixini tiklash imkonini berdi. 1900 yili u yunon miflarida ulug’langan podshoh Minosning saroyi Knossda arxeologik qazishlarni boshlab yubordi. 1870 yili T. Shliman “Illiada” dostoni asosida Kichik Osiyoning hissarlik tepaligida qazish ishlarini boshlab Troya shahri xarobasi- Gomer davrini topdi. Shuningdek, Krit-Miken davri jamiyati va madaniyatini urganishda arxeologik tadqiqotlar jarayonida topilgan yozuv namunalari ham o’ziga xos ravishda manba bo’lib hisoblanadi. Xususan, Artur Evans XX asrning boshlaridayoq Knossda o’tkazilgan qazuvlar paytida loy lavhachalarda bitilgan yozuv namunalarini topgan edi. Shu bilan birga piktografik va iyeroglifik tasvirlar chizilgan muhrlar ham topilgan edi. Bu yozuvlar mutaxassislar fikricha mil.avv. 3 va 2 ming yilliklarga oid bo’lgan. Ular asosida taxminan mil.avv. XVI1 asrda bo’g’in chiziqli xat sistemasi paydo bo’lgan. Bu yozuvlarni yaxshi urgangan A.Evans qadimiyroq krit yozuvini A. chiziqli xat, keyinroq qo’llanilgan yozuvini esa B. Chiziqli xat deb atagan. U bu yozuvlarda raqamlarni va hisob sistemasini aniqlay olgan, xolos. Bu sistema o’nlikdan iborat ekan. 1939 yili K. Kuruniotis va K. Blegen rahbarligidagi yunon-amerika ekspedisiyasi qadimgi Pilos rayonida Pelloponnesning g’arbiy sohili yaqinida krit-mikena davriga oid bo’lgan Nestor saroyini binosini topgan. Bu bino qoldig’ida 600 dan oshiq pishiq loydan yasalgan lavhachalarda yozuvlari aniqlagan. щBu yozuvlar B. Chiziqli xat yozuvi bo’lib, mil.avv. 13-12 asrlarga taalluqli bo’lgan. Bundan tashqari bunday lavhachalarni Mikena, Tirinf va boshqa joylardan ham topishganlar. M.Ventris bu yozuvlarning tilini qadimgi yunon tili deb to’g’ri faraz qilgan. M.Ventris uslubi bilan bu yozuvlarni urganish ishini S.Ya. Lurye davom ettirgan..
Egeysohilidavaorollardayashaganaholihaqidataxminanulargazamondoshbo’lganxettyozuvlaridahamtalayginama’lumotlaruchraydi. Xett yozuvlari xetlarning g’arbiy qo’shnisi bo’lgan kuchli Axiyava davlati haqida ma’lumot beradi. Gomer dostonlarida va umuman yunon afsonalarida axayaliklar eng qadimgi va kuchli yunon qabilalaridan biri ekanligi tilga olinadi. Misr manbalari Nil havzasiga hujum qilgan «dengiz xalqlari» qatorida axayaliklarni ham ko’rsatib o’tadilar. Shu sababli, B. Chiziqli xat yozuvlariga oid eng qadimgi yunon tilini odatda axayya tili deb ataydilar.
Misr manbalarida Misr bilan Krit o’rtasida eng qadimiy aloqalar borligi qayd etilgan. Bir qancha Misr buyumlari Kritda topilgan bo’lib, o’z navbatida krit buyumlari ham, shuningdek kritliklarning tasvirlari Misrda topilgan. A. Evans aniqlagan qatlamlar ichidan Kritda mahalliy yodgorliklar orasida yotgan va aniq sanalar qo’yilgan misr buyumlari topildi va, aksincha.
A. Evans arxeologik ashyoviy-dalillar asosida Krit tarixini rivojlanish davrlariga bo’ldi. Kritdagi tegishli uch davrni va er.avv. 3-2 ming yilliklardagi butun krit madaniyatini A. Evans afsonaviy krit podshosi Minos nomi bilan minoy davrlari deb atagan va ular quyidagilar hisoblanadi: 1. Ilk minoy davri-mil.avv. 2800-2200yillar.; 2. O’rta minoy davri- mil.avv. 2200-1600 yillar. 3. Kech minoy davri- er.avv. 1600-1100 yillar. O’z navbatida bu davrlardan har biri yana uch kichik davrlarga bo’linadi.
Ilkminoy davri maboyinida Kritda ibtidoiy jamoa munosabatlari asta-sekinlik bilan parchalanishi yuz berib, u bilan birga mulkiy tabaqalanish ham sodir bo’labordi. Bunday mulkiy tengsizliklar arxeologik qazishlar jarayonida topilgan uy-joy qoldiqlari o’rniga ham qarab aniqlangan. Qariyib mil.avv. 2200 yilda qabilalar ittifoqlari paydo bo’ladi va bu ittifoqlarga o’sha davr uchun ancha katta hisoblangan Knos, Maliya, Fest aholi markazlari boshchilik qiladi. Bu joylar o’rta minoy davrining avval boshidayoq ibtidoiy ilk sinfiy davlatlarga aylanib ketadilar. Krit Kiprning egey dengizidagi orollar va Bolqon yarim oroli janubi bilan mis va bronza bilan savdo-sotiq qilishiga vositachi bo’lgan.
Mil.avv. 3 minginchi yillikda rivojlangan bronza asriga o’tish yuz bergan. Xuddi shu vaqtda oltin va emaldan yasalgan mashhur krit zargarlik buyumlari paydo bo’ladi va bu buyumlar o’rta minoy davri davomida takomillashib boradi. O’simlik naqshlari bilan bezalgan idishlar o’ta mohirano ishlangan. Bunday buyumlar Kamoros g’oridan topilgan. Krit kulol haykaltoroshlari yupqa hashsham idishlardan tashqari, pishiq loydan ma’buda va ma’budlarning, odamlar va hayvonlarning haykalchalarini yasaganlar. Toshdan,hamda Afrikadan keltirilgan fil suyaklaridan o’yma muhrlar yasalgan. Badiiy hunarmandlik buyumlari bilan bir qatorda ko’p miqdorda sopol idishlar va xo’jalik buyumlari ham yasaladi. Muhrlarning mavjudligi shaxsiy va xususiy mulk rivojlanganligini ko’rsatadi. Taxminan, er.avv. 2 minginchi yilda Knossda mahalliy hokimning ancha ilgari qurilgan qarorgohi o’rnida juda ulkan va muhtasham saroy qurilgan. Saroyni vaqti-vaqti bilan qaytadan qurib turgan. Bu saroy to mil.avv. 16 asrgacha mavjud bo’lgan. Mil.avv. 1750 yilda zilzila bo’lib muhtasham saroylar vayron bo’lgan. Lekin, manbalar ko’rsatishicha tezda bu saroylar qayta tiklangan. Knossning shuhrati yana oshaboshlagan va u tez orada butun orolni o’z ta’siriga olgan. Bu holatni biz arxeologik tadqiqotlar jarayonida Knoss tomon har tarafdan yo’llar kelib tutashganligidan ham bilib olamiz. Mil.av.18 asrning 2-yarmi- XU asr Knoss Minosning hokimiyati ostida butun Krit oroli birlashtirilib tashkil etilgan Krit davlatining eng gullagan davri bo’lgan. Minos nomini qadimgi yunon afsonalari va yunon tarixiy tradisiyasi bizgacha saqlab qoldirgan. Fukididning xabar qilishicha bu Kritning «talyassokratiya», ya’ni dengizlarda hukumronlik qilish davri bo’lgan. Krit Egey dengizidagi bir qancha orollarni Kichik Osiyo sohilidagi, Bolqon sohilidagi, shu jumladan Attikadagi aholi yashaydigan manzillarni o’z hokimiyatiga bo’ysindiradi. Lekin, ba’zi manbalarga qaraganda Kritning Sisiliyaga uyushtirgan harbiy yurishlari muvaffaqiyatsiz bo’lgan. Krit davlatida dehqonchilik va charvochilik yuksak darajada rivojlanadi, hunarmandchilik ravnaq topadi. Kritliklar tajribali va jasur dengizchilar bo’lib, O’rta dengiz mamlakatlari bilan qizg’in iqtisodiy aloqalar o’rnatishganlar.
Bolqon yarim orolining janubida, Egey dengizi orollarida va Kichik Osiyoning g’arbiy sohilida yashagan axeyaliklar mil.avv. XU asrda Kritdagi ilk quldorlik davlatini ishg’ol qilishganlar. Axeyaliklar Krit hali mustaqil bo’lgan davrdayoq kritcha chiziqli xatni o’z tillaridagi yozuv uchun moslashtira boshlagan edilar. Shu tariqa A. chiziqli xat asosid a B. Chiziqli xat paydo bo’lgan. Axeyya kritining hukumdori B. Chiziqli xat bilan yozilgan yozuvlarda «vanaka» deb tilga olingan.
Krit jamiyati va madaniyati manbalari va bu jamiyat ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyoti xususiyatlari borasida imkoniyat darajasida to’xtaldik. Endi pilos-miken madaniyati va jamiyati tarixiga to’xtalamiz.
Bu madaniyat va jamiyatni urganish borasida manbalar ko’p. Eng avvalo arxeologik qidiruv jarayonida topilgan ashyoviy-dalillar manba sifatida muhim. Bu borada yuqorida so’z yuritigan edik. Krit tarixini arxeologik jihatidan davrlarga bo’lish asosida Bolqon yarim orolining janubini va Egey dengizidagi Kiklada orollarini arxeologik jihatdan davrlarga bo’lish ishlab chiqilgan. Demak, mil.avv. 3-2 ming yilliklar davri materik(quruqlik) uchun Ellada davri deb, orollar uchun esa Kiklada davri deb atalgan. Topilgan mahalliy arxeologik yodgorliklarga binoan ilk Ellada va ilk Kiklada davrlari- mil.avv. 2600-2000 yillar sanasi bilan; o’rta Ellada- mil.avv.2000- 1650 yillar sanasi bilan; o’rta Kiklada davri esa mil.avv.2000-1500 yillar sanasi bilan; kech Ellada davri- mil.avv. 1600-1100 yillar sanasi bilan; kech Kiklada davri- 1500-1200 yillar sanasi bilan belgilangan. Bolqon yarim oroli quruqlik qismida tosh davri Krit orolinikiga qaraganda nisbatan uzoqroq davom etgan. Mis va bronzani o’zlashtirilishi ham sustroq borgan. Bu quruqliklarni dastlab o’zlashtirgan aholi pelasglar deb atalgan. Mil.avv. XX1-XX asrlarda Bolqon yarim orolida qabilalar ko’chishi ro’y berib, ko’pgmna hududlarda axeyaliklar yashaganlar. Kritda bo’lganidek Bolqon yarim orolida ham mulkiy tengsizlik sinfiy jamiyat shakllana boshladi. Sohilga yaqin joylarda bu jarayon tez kechgan. Natijada iqtisodiy yuksalish bo’lib, sug’orma dehqonchilik, shaharsozlik madaniyati shakllangan. Peloponnesdagi Mikena, Tirinf, Pilos, O’rta Yunonistonda Orxomen, Fiva va Afina, Fessaliyada Iolk va boshqalar madaniyat markazlari hisoblangan. Bu joylarning hammasida mustahkamlangan qal’a –qalin devorlar bilan o’ralgan saroylar saqlanib qolgan. Saroylar yonida mol-mulki turli darajadagi mahalliy aholining turar joylari bo’lgan. Yuqorida nomlari tilga olingan madaniy markazlardan nisbatan kattarog’i Mikena hisoblangan. Mikena tez orada o’sha vaqt nuqtai nazaridan kattagina ilk quldorlik davlatining markaziga aylangan. Mikena istehkomida va undan tashqarida bir necha o’n podsholik maqbaralari topildi. Talanmay qolgan maqbaralardan arxeologlar badiiy hunarmandchilikka oid qimmatbaho buyumlarni va portret shaklidagi oltin niqoblarni topganlar. Maqbaralar ikki xilda bo’lgan: bir xillari shaxta ya’ni, to’g’ri burchak o’ra shaklida bo’lib, qoya toshga o’yilgan va tepasi tosh plitkalar bilan yopilgan: ikkinchi xillari katta hajmdagi tolosalari (gumbazli maqbaralar) bo’lib, bu maqbaralar ularda ko’milgan hukmdorlarning dabdabasidan darak berib turgan.Shuningdek, Mikena saroyi yaqinida boy hunarmandlarning uylari kavlab topilgan. Bir yog’ furushning uyidan B. Chiziqli xat yozilgan 39 ta sopol taxtacha topib olingan. Sfinkislar uyi deb atalgan boshqa bir uydan 10 ta shunday taxtacha topilgan. Bu narsa yozuvning saroydan tashqarida tarqalganini ko’rsatadi.
Mikena, Tirinf va boshqa saroylardagi ichki binolar har xil rasmlar (freskalar) bilan bezatilgan. Materik Yunonistondagi tasviriy sa’natda urush manzaralari ham uchrab turadi. Tirinfda topilgan, ikki qizning jang aravasida uchib ketayotganligi tasvirlangan rasm bilan yovvoyi cho’chqani ovlash tasvirlangan rasm juda mashhur rasmlardandir.
O’tgan asrimizning 30 – yillaridan boshlab Messeniya Pilosidagi saroyida sistemali suratda qazuv ishi olib borilgan. Bu saroy Mikena va Tirinfdagi saroylar bilan bir xildadir. Mazkur saroydan B. Chiziqli xat yozilgan juda ko’p sopol taxtachalar topilgan. Mazmun jihatidan Knoss yozuvlari bilan bir xilda bo’lgan bu yozuvlarni o’rganish asosida biz Pilos ilk quldorlik davlatining sosial- iqtisodiy munosabatlarini va siyosiy tuzilishini chuqur va konkret sur’atda qayta tiklay olamiz. Yer “xalq” mulki va ayrim kishilarning mulki bo’lgan. “Xalq” turlicha yer uchastkalarini xizmat uchun mukofot qilib bergan. Yer uchastkasining hajmi yer oladigan shaxsning mansab martabasiga qarab belgilangan. “Xalq” o’z yerini katta va kichik uchastkalar tarzida ijaraga ham bergan va ijara haqi uchun hosilining bir qismini olib qolgan. Yer egalari ham yerlarni mayda – mayda uchastkalarga bo’lib ijaraga berganlar. Yer uchastkalarining hajmi donning miqdoriga qarab hisoblab berilgan: xalqdan olinadigan yer qanaqa yer ekanligi juda ham ravshan emas. Ehtimolki, bu jamoa yeri bo’lib, asta sekin davlat qaramog’iga o’tib borgan bo’lsa kerak.
Aftidan bu yerlarni bo’lib berish xalq yig’ining “xalq” ning qarori bilan amalga oshirilgan. Lekin “xalq” dan olinadigan yer maydoning aniq hajmlari belgilab qo’yilgan. Pilos davlatining hukmdori – vanaka- 1800 don o’lchovi miqdorida yer uchastkasi olgan. Uning yordamchisi, qo’shinlar qo’mondoni- ravaketa- 600 don o’lchovi miqdorida yer uchastkasi olgan. Boshqa mansabdor shaxslar o’z mavqyelariga qarab, kamroq yer uchastkalari olganlar. Ular orasida kohinlar va kohinalar ko’zga ko’rinarli mavqyeni egallaganlar. Oddiy erkin kishilar “xalq” dan ham xususiy mulkdorlardan ham ozgina yer uchastkalarini ijaraga olganlar. Shunday qilib, Pilos davlatida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning murakkab, hali yetarlicha tadqiq qilinmagan sistemasi bo’lganki, unda endigina yuzaga kelayotgan xususiy mulk so’nib borayotgan jamoat tradisiyasi sharoitida paydo bo’lgan, birga yashagan va rivojlangan. Pilos saroyida yashagan va g’oyat katta yer uchastkasiga ega bo’lgan vanaka ham bu yerni rasman “xalq” dan olgan.
Pilos podsholigida chorvachilik rivojlangan. Turli kasb hunarlar yuqori darajada takomillashgan. Hunarmandlar va ko’p sonli turli mutaxassis xodimlar saroy xo’jaligiga xizmat qilganlar. Lavhachalarda hunarmandlarning, ijarachi dehqonlarning va boshqa shaxslarning nomma – nom ro’yxatlari bor. Saroy xo’jaligida xususiy shaxslarda (asosan, cho’rilar) xizmatkor bo’lib ishlagan. Qullar va cho’rilar to’p- to’p qilinib ma’sul nazoratchilar ostida saroy xo’jaligida ishlatilganlar. Hamma xildagi ishlar qat’iy sur’atda hisobga olib borilgan. Pilosning quruqlikdagi qo’shini va floti bo’lgan, Davlat viloyatlarga bo’lingan bo’lib, har bir viloyatlarni, Kritdagi singari, vanakaga (hukmdorga) qaram bo’lgan pasirevelar (noiblar) idora qilganlar. Aftidan Axayyaning boshqa davlatlarida ham shunga o’xshash shart – sharoit bo’lgan bo’lsa kerak.
Sopoldan yasalgan lavhachalarda antik davrda yunonlardan topilgan Poseydon, Germes, Dionis, Zevs, Gera va boshqa xudolar tilga olib o’tilgan.
Yozuvlarning mazmuni va boshqa arxeologik yodgorliklarning hammmasi bilan qo’shilgan holda va afsonalardan olingan yangi ma’lumotlar bilan ularni asoslangan va xett yozuvlaridagi ma’lumotlarni hisobga olgan holda, bizga Axaya davlatlari o’zlarining sharqiy va g’arbiy qo’shnilari bilan qizg’in aloqada bo’lganliklarini tasvirlab beradi. Yodgorliklarning butun majmui Egey daryosining muayyan madaniy umumiyatidan darak beradi. Biroq, Axayya davlatlari biror tarzda muhim siyosiy birlikni tashkil etmaganlar. Ular o’rtasidagi doimo urushlar bo’lib turganligi haqidagi xotiralar afsonalarda saqlanib qolgan. Axayyaliklar hatto uzoq harbiy safarlar ham qilganlar. Eramizdan burungi XIII asrda “dengiz xalqlari” qatorida ular ikki marta Misrga hujum qilganlar. Ular Xett podshsholigining zaiflashuviga ko’maklashganlar. Xett yozuvlarida Axiyava davlati kuch jihatidan Xett, Misr, Bobil (Vavilon), Ossuriya davlatlariga teng qilib tasvirlanadi. Kritliklar bilan Axayyaliklar O’rta yer dengizining sharqiy sohiliga borib qo’nganlar va u yerda filistimliklar nomi bilan mashhur bo’lganlar, shu yerdagi butun joy va unga tutashgan janubiy Suriya territoriyasi Falastin deb atala boshlagan.
Axayyaliklarning so’nggi katta urush harakatlari “Iliada“ va “Odisseya” da madh etilgan va boshqa afsonalardan mashhur bo’lgan Troya urushidir. So’ngi arxeologik tadqiqotlarga ko’ra, Troya urushi taxminan eramizdan avvalgi 1240 yilda sodir bo’lgan Kichik Osiyoning shimoli – sharqiy qismida joylashgan va yaxshi mustahkamlangan Troya shahri uncha katta bo’lmagan va lekin boy ilk quldorlik davlati ekan. U Xetta davlati bilan chegaradosh bo’lgan. Troya Kichik va Old Osiyoni Egey dengizi havzasi bilan bog’lovchi muhim strategik va savdo yo’llarida joylashgan. “Iliada” da aytilishicha, Troyada o’ha vaqtda Kichik Osiyoning butun g’arbida katta obro’ga ega bo’lgan podsho Priam hukmdorlik qilgan. Axayya davlati “oltinga boy Mikena” hukmdori Agamenon boshchiligida dengizda talonchilik va istilochilik yurishi uchun o’z kuchlarini birlashtirgan. Axayyaliklarning osongina g’alabaga erishish umidlari puchga chiqqan. An’anaga ko’ra, axayyaliklar juda ko’p kuch sarflab va ko’p talafotlar berib, 10 yillik og’ir urushdan keyingina Troyani olishga muvaffaq bo’lganlar. Xullas, Pilos –Mikena jamiyati va madaniyati ham o’ziga xos taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan.
Doriylarning ko’chishi va krit- miken jamiyatining inqirozga uchrashi . B. Chiziqli xat yozig’lik xat lavhachalarining mazmuni eramizdan avvalgi XII –XII asrlarda axayya jamiyatining keskin mulkiy tabaqalanishidan dalolat beradi. Ehtimolki, axayyaliklarning urush harakatlari ham xuddi shu ichki sosial sabablar natijasidan kelib chiqqandir. Umuman krit- mikena davrida Bolqon yarim orolining janubidagi aholi sosial jihatdan bir xilda bo’lmagan. Kichik - kichik quldorlik davlatlarining paydo bo’lishiga olib kelgan sinflarning tashkil topish prosesslaari hamma joyda emas, balki asosan sohildagi ayrim mintaqalarda yuz bergan. Mikena, Tirinf, Pilos kabilar ilk quldorlik davlatlari hisoblanadi. Ilk quldorlik davlatlari qullar bosib olish, xiroj solish va shu kabi maqsadlar bilan jamoa a’zolarining manzillariga hujum qilib turganlar. Bir-birlari bilan unchalik do’stona munosabatda ham bo’lishmaganlar.
Shu sabali eramizdan avvalgi XII asrda urug’doshlik turmushi sharoitida yashagan ko’pdan ko’p yunon- doriy qabilalari Bolqon yarim orolining shimolrog’idagi rayonlardan janubga tomon ko’cha boshlagach, ular ilk sinfiy axayya davlatlari tomonidan jiddiy qarshilikka uchramaganlar. Axayya davlatlarining sosial bazasi nihoyatda mahdud bo’lgan. Juda ko’p urug’dosh manzillar uchun doriylarning bostirib kelishi qulikka solinish xavfidan doimo qo’rqib turishdan, Mikenaga, Tirinfga, Pilosga va shu kabi boshqa davlatlarga xiroj to’lashdan qutulish demak edi. o’z holiga tashlab qo’yilgan bu davlatlar nisbatan tez vaqt ichida doriylar tomonidan tor mor etilgan va yo’q qilib tashlangan. Sosial, siyosiy va madaniy jihatdan ancha rivoj topgan krit- mikena davlatlari ustidan doriylarning g’alaba qilishiga yana bir shunday holat ham yordam berganki, doriylar ilgari o’zlari yashab turgan joyning sharoiti tufayli Bolqon yarim orolining janubiga hujum boshlaganlarida temir quroliga ega bo’lganlar, vaholanki, axayya davlatlari qo’shining ixtiyorida faqat bronza qurol bo’lgan. Doriylar materikda Axayya Yunonistonsini zabt etgandan keyin Kritga bostirib kirib, uni ham istilo qilganlar. Faqat kam unumli Attika o’z mustaqilligini haimoya qilib qolgan. Pelonponessga qarab borayotgan doriylarinng galalari Attikaning qarshiligiga duch kelganlar va, ehtimolki, uning yerining kam unumligidan xabardor bo’lgach, Attikani chetlab o’tib ketganlar.
Peloponessdan qochgan Axayya qochoqlari qisman Attikaga borib jon saqlab qolganlar, lekin ularning ko’pchilik qismi Kichik Osiyoning Egey sohiliga suzib o’tgan. Troya urushi haqidagi afsonalar xuddi ana shu Kichik Osiyoda saqlanib qolgan, ularni keyin xalq baxshilari ajoyib “Iliada” va “Odisseya” dostonlarida guldasta qilganlar. Shu sabali eng qadimgi Krit- mikena madaniyati elementlarini saqlab qolgan kichik osiyolik yunonlar undan keyingi avlodlar orasida sosial va madaniy jihatdan ko’proq taraqqiy qilgan kishilar bo’lib chiqqanlar. Axayya qochoqlari Kipr oroliga o’rnashib olganlar va u yerga o’zlari bilan bo’g’inli chiziqli xatni ham olib kelganlar. Bu xat asrlar davomida shaklan o’zgarib,u yerda to klassik davrgacha mavjud bo’lib kelgan.
Bolqon Yunonistonsi va uning yaqinida joylashgan orollar doriylar istilosidan keyin sosial jihatan tanazullashib hamma joyda urug’doshlik munosabatlarini tor- mor qilingan ilk sinfiy davlatlarining kichik- kichik teritoriyalarini o’z komlariga tortdilar Axayya davlatlari yo’qoldi. Bo’g’inli yozuv unutildi. Tor- mor qilinishdan omon qolgan Attika ham mazkur sosial prossesslar ta’siri ostida urug’doshlik munosabatlariga yuz o’girdi. Lekin kelginidilar bilan qisman assimilyasiyalashib qo’shilib ketgan asosiy aholi ommasi mohiyat e’tibori bilan tanazullashib ketmadi, chunki krit – mikena davrida ular ham urug’doshlik tuzimi sharoitida yashagan edilar. Endilikda doriylar olib kelgan temir qurollar bilan tanishish Bolqon yarim orli janubining faqat ayrim rayonlari aholisining emas, balki barcha aholisining sosial taraqqiyotini tezlashtirgan.
Xullas, Krit-Mikena jamiyati va madaniyati o’ziga xos taraqqiyot bosqichini boshdan kechirgan. Yunon jamiyati va madaniyatining ilk taraqqiyot bosqichi hisoblanadi va o’z navbatida keyingi yunon madaniyati rivojiga asos bo’lgan. Bu jamiyat va madaniyatning tushkunlikka uchrashi shimoldan doriy qabilalarining bostirib kelishi bilan ro’y bergan( mil.avv. 13 asr oxiri va 12 asr).
Do'stlaringiz bilan baham: |