Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Qadimgi Attika Manbalar: Boshqa savdo- hunarmandchilik polislariga nisbatan tarixiy tradisiyada eng shuhrat qozongan Afina polisi boshliq Attikaning sosial- iqtisodiy va siyosiy jihatdan tez taraqqiyoti bir muncha keyinroq boshlangan. Lekin tez orada Afina ulardan o’tib ketgan va uzoq vaqtgacha Yunonistonning manzur va ma’ruf savdo hunarmandchilik va madaniy markazi bo’lib kelgan.
Eramizdan avvalgi VII asrdan boshlab Afinaning davlat tuzumi taraqqiyoti tarixini Aristotel o’zining «Afina politiyasi» degan mashhur traktida tasvirlagan. Gerodot bilan Fukidid ham bu davr haqida o’z «tarixlari»da qisqacha yozib qoldirganlar. Plutarx Solonning tarjimai holini yozgan. Obidalardagi birmuncha yozuvlar, tangalar va boshqa arxeologik manbalar ham saqlanib qolgan.Tabiiy sharoiti: Attika – O’rta Yunonistonning Egey dengizi sohilidagi toshloq yarim oroldan iborat. Attikada serhosil yerlar kam, ammo kulolchilik buyumlari yasaladigan yaxshi gilvata, kumush, qo’rg’oshin, marmar serob. Tabiiy sharoiti tokzorlar va zaytunzorlar barpo qilish uchun qulay. Bir necha qulay buxtasi ham bor. Oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi Attika aholisini azaldan hunarmandchilik va dengiz savdosi bilan shug’ullanishga majbur etgan.
Afina aristokratik polisining tashkil topishi: Krit – mikena va Gomer davrlariga borib taqaladigan rivoyatlar bizga ko’pdan – ko’p urushlar davomida Afina atrofida Attikada yashovchi ion qabilalarining asta – sekin birlashuvi yuzaga kelganligini xabar qiladilar. Bu birlashuvni mil.avv.2 minginchi yilda Tesey amalga oshirgan. U erkin aholini 3 toifaga: yevpatridlarga(aristokratlar), geomorlarga(yer uchastkalariga egalik qiluvchi dehqonlarga), demiurglarga( xalq uchun ishlovchi hunarmandlarga) bo’lgan. Afinani dastlab basileylar boshqarib, ular qarorgohi Akropolda joylashgan. Nufuzli oqsoqollar kengashi bo’lgan. Asta-sekin davlat boshqariluvi takomillashib, murakkablashib borgan. Yangi mansab, lavozimlar zarurati bo’lgan. Endi oqsoqollar kengashi harbiy ishlarni maxsus,iqtidorli va tajribali kishilarga topshiraboshladilar. Shu tariqa harbiy boshliqlar-polimarxlar lavozimi paydo bo’lgan. Basileylar vazifalari doirasidan harbiy qo’mondonlik lavozimining olib tashlanishi uning obro’sini juda tushirib yuborgan. Yangi mansabdor shaxs arxont( ya’ni boshliq yoki el og’asi) mil.avv. 9-8 asrlar davomida Afina aristokratiya polisining boshlig’i bo’lib qoldi. Basileylar mansabi esa vaqt o’tishi bilan faqat diniy vazifalarni bajaradigan bo’lib qoladi.
7-asrga kelib Attikada hunarmandchilik va savdo-sotiq ravnaq topdi. Aslzodalar ham tabaqalana boshladi. Ularning bir qismi yirik ustoxonalarga ega bo’lishib, keng miqyosda savdo-sotiq bilan shug’ullanishib, ularning qiziqishlari yirik yer egalari bo’lgan aslzodalar qiziqish va intilishlaridan farq qilaboshladi. Shu tariqa yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanuvchi aslzoda-yevpotridlar demosning boyib ketgan tabaqasi bilan manfaatlari to’g’ri kelganligi uchun yaqinlasha boshladilar. Hattoki, yevpotridlar hokimiyatni egallashga harakat qilishdilar. Xususan, Afinada olimpiada o’yinlari g’olibi, taniqli yevpotrid Kilon demos va aslzodalar o’rtasidagi kelishmovchilikni keskinlashganidan foydalanib Afina tirani bo’lib olmaqchi bo’ldi. Mil.avv. 640 yili Zevsga bag’ishlangan bayram kunida Kilon boshliq isyon ko’tarildi va u o’z tarafdorlari bilan Akropolni egallab olmaqchi bo’ldi. Biroq, Afina demosi hali kuchsizroq aslzodalar bilan yetarli raqobatlashaoladigan darajada uyushmagan edi. Shu sababli arxont Megakl Kilonni bu isyonini bostirdi. Garchi, Kilon qochib ketishga muvaffaq bo’lgan bo’lsada, lekin uning tarafdorlaridan juda qattiq o’ch olingan..Bu haqda yuqorida zikr etilgan manbalarda ma’lumotlar mavjud. Lekin, aslzodalar demoslarga birmuncha yon berboshladilar. Allaqachonlar va’da qilingan va lekin hamisha orqaga surib kelingan qonunlarni yozishga rozilik berishdi. Mil.avv. 621 yili arxont Drakon tomonidan qonunlar majmuasi ishlab chiqildi. Ular Drakon qonunlari deb nomlanib, o’ta shafqatsizligi bilan ajralib turgan. Shuning uchun xalq orasida « ular siyoh bilan emas, balki qon bilan yozilgan» degan matal paydobo’lgan. Xususiy mulkni qonun yo’li bilan mustahamlagan. Lekin, bu qonunlar ham aslzodalar va demoslar o’rtasidagi kurashga chek qo’yaolmagan. Yozma manbalar, xususan Aristotel asarlarida demosni aslzodalarga qarshi haqiqiy qo’zg’olonlari boshlanganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Qo’rqib ketgan aslzodlar yon berishga majbur bo’ldilar. Mil.avv. 594 yili Salon degan kishi arxont etib saylandi, U jasur jangchi, taniqli notiq va shoir bo’lgan. Savdo-sotiq bilan ham shug’ullangan. Unga aslzodalar va demoslarni kelishtirish vazifai topshirilgan. Uning islohatini ikki qismga bo’lish lozim: siyosiy va iqtisodiy. Iqtisodiy islohatida dehqonlarning qarzlarini bekor etib, qarz evaziga dehqon yerlariga qo’yilgan toshlar olib tashlandi. Erkin afinaliklarni qul etish taqiqlandi. Afina aholisi mulkidan oladigan daromadlariga qarab 4 tabaqaga bo’lingan. Salon chetga don chiqarishni taqiqlaganu, lekin zaytun moyi chiqarishga ruxsat etgan. Xunarmand agar o’z o’g’liga vaqtida hunar o’rgatmagan bo’lsa, o’g’il qartayib qolgan otasiga yordam berishdan bosh tortish huquqi bo’lgan. Salon pul islohati ham o’tkazadi. Uning siyosiy islohatlari jumlasiga shu davrda amalda bo’lgan genokratiya, ya’ni nasl-nasabli aristokratiya hokimiyatini bekor qilib, uning o’rniga temokratiya, ya’ni mulkiy senzga asoslangan hokimiyatni joriy qilgan. Senzga asos qilinib dehqonchilikdan kelgan natural daromad olingan va shu tariqa quyidagi tabaqalarga ajratilgan: 1.Pentokosiomedimnlar- besh yuz g’alvirchilar.( medimn- 41 litrdan 52,5 litrgacha bo’lgan miqdor.); 2. Suvoriylar, ya’ni otlari bilan qo’shinda xizmat qilishlari lozim bo’gan va daromadi 300 medimn bo’lgan kishilar.; 3. Zevgitlar ( qo’sh ho’kizlar) , ya’ni piyoda lashkarda xizmat qiladigan va daromadi 200 medimn bo’lgan kishilar.; 4. Fetlar(batraklar), ya’ni qo’shinda yordamchi vazifasini o’tavchi va daromadi 200 medimndan kam bo’lgan kishilar. Yana Salon areopogning xalq yig’iniga masalalarni muhakamasini tayyorlashdek huquqini bekor etib, uni zaiflashtirib, yangi davlat organi bule( 400 lar kengashi) ni tuzgan. Shu tariqa endi Attikada xalq yig’ini aktivroq rol o’ynay boshlagan. Salon yangi oliy hakamlar sudini- gelieyani ta’sis etgan. Arxontlarni faqat 1- tabaqaga mansub kishilar saylashgan, qolgan tabaqa vakillari bulega kirishganlar. Xullas, Salon reformalari Attikaning bundan keyingi sosial-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan Attikada yana siyosiy kurashlar keskinlashgan. Mil.avv. 560 yili Pisistrat Akropolni egallab davlat to’ntarishini o’tkazgan( U asli Salamin orolini egallash uchun Solon tomonidan yuborilgan otryad boshlig’i edi). Tiran bo’lib olgan. U asosan shahar xunarmandlari va savdogarlari manfaatini ko’zlagan. Uning asosiy tayanchi diakrlar( Dionis xudosi sharafiga) , ya’ni diniy ruhoniylar bo’ladi. U mil.avv. 527 yilgacha hokimiyatda bo’ladi va hattoki hokimiyatni o’z o’g’illari Gippiy va Gipparxlarga topshirishga ham muvaffaq bo’ladi va ular to mil.avv. 510 yilgacha hukumronlik qilishadi. Tiraniya davrida aristokratiya hokimiyatida quldorlik demokratiyasiga yoki quldorlik aligarxiyasiga o’tish davri oxiriga yetgan edi. Shahar demosi kuchayib, yetarli siyosiy tajribaga ega bo’lgan.Attikada aristokratiyani qayta tiklash uchun yevpatridlar yana hokimiyatga intilishdi. Tiraniyaga qarshi qo’zg’olonlar boshlandi. Mil.avv. 510 yili Gippiy hokimiyatdan olinib Tiraniya ahdarilib tashlanadi. Biroq, aristokratiya hokimiyatini qayta tiklashga demoslar tish-tirnog’i bilan qarshi chiqishadi va hokimiyatni demoslar rahbari Alkmeonid Klisfen egallaydi. U mil.avv. 509 yildan e’tiboran islohatlar o’tkazaboshladi. Eng muhimi ma’muriy-territorial islohat edi. U to’rt eski –urug’-qabila filalarini tugatdi vaular o’rnida 10 ta territorial fila tashkil etdi. Shuningdek, Attikani tabiiy jihatdan 3 ta katta rayonga: 1. Shahar rayoni, 2. Sohil rayoni ,3. Ichki rayonga bo’lgan.Har bir rayonni esa 10 trittiyga bo’lib chiqqan. Demak, butun Attika 30 trittiyga bo’lingan. Filalar soni o’zgarishi munosabati bilan Solonning 400 lar kengashi 500 lar kengashigaaylantirildi. Attikaning tub joy aholisi bo’lmagan, lekin bu hududda ko’pdan buyon yashab kelayotgan kishilar fuqoralik qatoriga kiritildi. U sud, ya’ni gelieyaning mavqyeini yanada oshirgan. Tiraniyaning qayta tiklanishi oldini olish maqsadida «sopollashtirish» usulini joriy etdi, ya’ni shu sopolga xalq yig’ini katnashchilari Afina demokratik ishi uchun xavfli bo’lgan siyosiy arbobni nomini yozib qo’yishganlar. Bunda qaysi siyosiy arbob ismi ko’p yozilsa u shaxs 10 yil muddatga Afinadan quvilgan. Shuningdek, Klisfen 10 strateg kollegiyasini ham ta’sis etgan. Ular bir yilga saylangan va xalq lashkarlariga qo’mondanlikni galma-gal qilishganlar. Xullas, Klisfen islohatlari bilan Afina demokratik quldorlik polisining shakllanish jarayoni tugallangan.