Respublika tushunchasi Respublika



Download 80,5 Kb.
Sana04.01.2020
Hajmi80,5 Kb.
#31969
Bog'liq
Respublika tushunchasi

Respublika tushunchasi

Respublika (lot. respublica, res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) — davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qo’yiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega bo’ladilar. Tarixan R. antik davrda monarxiyaning ziddi sifatida vujudga kelgan (Mas, Afinadagi quldorlik demokratiyasi). Mil. av. 5—4-asrlarda Sparta va mil. av. 2-asrda Rim davlati aristokratlar qismi manfaatlarini ifoda etgan. O’rta ayerlarda R. boshqaruv shaklini qo’llagan Venetsiya va Genuya singari shahardavlatlar bor edi.

Hozirgi vaqtda jahondagi 190 davlatdan 140 dan ortig’i R. hisoblanadi. Boshqaruvning R. shakli quyidagi turlarga ajratiladi: 1) prezidentlik R.si (AQSH, Meksika va boshqalar), bunda prezident umumxalq saylovida saylanib, bir vaqtning o’zida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i hisoblanadi; 2) parlamentar respublika (Italiya, GFR, Vengriya va boshqalar), bunda parlament to’liq hokimiyatga ega bo’lib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. Parlament prezidentni saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshlig’i bo’lib, ijro etuvchi hokimiyat boshligi hisoblanmaydi; 3) aralash tipdagi respublika (yarim prezidentlik; Fransiya, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xalos bo’lgan yangi mamlakatlarning aksariyati), bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar respublika xususiyatlari qo’shilib ketadi. Ya’ni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega bo’ladi. Biroq hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u nafakat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy javobgar bo’ladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident malum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasi — suveren demokratik respublika bo’lib, mamlakatimizda prezidentlik R.si boshqaruv shakli amal qiladi.

Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boilgan hukmron tuzilma. jamiyatni oiz qonun-qoidalariga koira idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toig’risidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.

D. masalasi haqidagi qarashlar, ta’limotlar. hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. To’g’risidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto ta’limotiga ko’ra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amalga tayanadining vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini ta’minlashdir. Islom dini ta’limoti bo’yicha, Allohnpng o’zi oliy qonun sohibi. Uning talablari, ko’rsatmalari pay-g’ambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.

Diniy-mifologik ta’limotlar bilan birga, keyinchalik to’g’risidagi dunyoviy qarashlar, g’oyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qo’shdilar. Bugungi dunyoviylarda ana shu mutafakkirlar ta’limotlari muayyan darajada o’z aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosidaga birlashadilar, deb hisoblaganga jamiyatda tinchlikni, tartibni taminlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yolida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy), " huquqiy qonunlar himoyasida bo’lgan ko’pchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). G’arbiy yevropalik olim J. Boden ichki va tashqi siyosatda mustaqildir", deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda o’zicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshlig’i yoki bir necha kishilar bolishi mumkinligini e’tirof etgan. U D. zimmasiga "qo’l ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taminlash yuklatiladi", deb yozgan. D. haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil boʻlmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni o’z yo’li bilan kechdi.

D.ning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki.lar sugʻoriladigan dehqonchilik hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sug’orish shoxobchalarini bunyod etish bilan mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. D.ning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, fir’avn, xon va q.k.), quyiroqda — uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amal-dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. . oliy hukmdor sanalib, jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati D.ning tub o’zgarishlarsiz yashashini ta’minlab keldi. Chunonchi, qad. Misr D.i mil. av. 4—3-ming yilliklarda paydo bo’lib, 30 a.dan ko’proq yashadi. G’arb davlatlari Sharq D.laridan ancha keyin paydo bo’lgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi o’zgarishlarlarning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan.

O’zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlary, aholining tur-mushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishish mum-kin. O’zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o’tish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil. av. 7—6-asrlarda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik.lar — "Katta Xorazm" va qad. Baqtriya podsholigi mavjud edi. Sog’diyona va Fargʻona vi-loyatlari qad. tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Asrlar davomida o’zbek xalqi ajdodlari chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o’zgarib turdi. Keyingi asrlar davlatchilik tarixini o’rganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narsha-xiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. O’rta asrlarda o’zbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik D.lari vujudga keldi. 12-asrning o’rtalarida xorazmshoxlar mamlakatni markazlashtirishga hara-kat qildilar, ammo bu jarayonga mo’eul istilosi to’siq bo’ldi. O’zbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri bilan uzviy bog’liqdir. Bu davrda hamma soha — iqtisodiy hayot, me’morlik, hunarmandchilik, ilm-fan, san’at yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy an’ana Ulug’bek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda o’zaro nizolar va ku-rashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin. 18-asr o’rtalariga kelib O’rta Osiyo hududida uchta D. (Buxoro xonligi, Xiva xonligi va Ko’qon xonligi) paydo bo’ldi. Afsuski, ular o’rtasida birlik bo’lmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar, o’zaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda O’rta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston o’lkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab o’lkada istiqdolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, 20-asrning 1-choragida bu kurash o’zining yuqori nuqtasiga chiqsi. O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilinguncha, o’zbek xalqi o’z hayotida mana shunday murak-kab tarixni boshidan kechirdi (qarang O’zbekiston Respublikasi).

Turli xalqlar o’z davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy vazi-yatlarga bog’liq holda turli tarixiy davrlarda bosib o’tdilar. Yer yuzida o’z davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan bo’lib, ularning ijtimoiy-iqti-sodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urug’ va qabilaning ma’naviy o’lchamlari, urug’ boshliqlarining obro’-e’tibori bilan boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti \amdir. Biroq yaqin-yaqingacha xukm surib kelgan markscha-lenincha ta’limotga ko’ra, sinfiy harakterga ega, hukmron sinflarning qo’lidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida o’z qiyofasidan maxrum bo’ladi va dastavval "yarim davlat"ga aylanib, keyinroq (zarurat bo’lmaganligi bois) umuman barham topadi. Leninning "Davlat va revolyusiya" asarida bayon etilgan bu xildagi "nazariy qoida"larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot shuni koʻrsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, siz yashay olmagan, aksincha tom ma’nodagi ning rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib kelgan. Zotan jamiyatda bar-cha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan o’zining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi bilan farqlanadi.

D.ning asosiy belgilari. D.ning belgilari to’g’risidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy bo’linishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar ti-zimi alohida ajratib ko’rsatilgan. Hoz. vaqtda D.ning umumiy e’tirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini ko’rsatish mumkin: o’z chegaralari doirasida fuqarolik belgisi boʻyicha birlashgan butun jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; — suveren hokimiyatning yagona egasidir;— yuridik kuchga ega bo’lgan va huquq normalarini aks et-tirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; — o’z funksiyalarini bajarish uchun zarur organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, oʻz mudofaasi, su-vereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini ta’minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo’ladi (qarang Davlat xavfsizlik organlari).

Tiplari va shakllari. Davlatshunos olimlarni o’rganishga tarixiy jihatdan yondashib, qad., o’rta asr hamda xoz. D.larni ajratib ko’rsatadilar. Tarixiy va madaniy rivojlanish qoʻshib hisobga olinadigan bo’lsa, deqqonchilik bilan shug’ullanuvchi va sanoat bilan shug’ullanuvchi (yoki industrial taraqqiyotgacha, industrial va postindustrial) D.larga bo’linishi mumkin. Sivilizatsiya harakteriga ko’ra,lar sharqiy, g’’arbiy va aralash (oraliq) D.larga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi bo’yicha esa, yuksak rivojlangan, o’rtacha rivojlangan hamda "kambag’al" larga ajratiladi. Hoz. zamonda fanda keng foydalanilayotgan tasnifi quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va demokratik lar. Liberal da fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining barcha sohalarida rasman amal qiladi, ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga yo’l qo’yiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud va ijtimoiy tuzumni o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi. Totalitarda hamma narsa bir g’oyaga — ". — bu hamma narsa, inson esa — hech nima" degan g’oyaga bo’ysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron elita qo’ida bo’lib, boshqalar D.ni boshqarishdan chetlatilgan. Avtoritar D.da ham hokimiyat tor guruq kishilar qo’lida bo’lib, shaxsiy manfaatlar D. manfaatlari yo’lida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat etilganidan tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik . fuqarolarning . va jamoat ishlarini boshqarishdagi xuquklarini amalda ta’minlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng bo’lib, ularni amalga oshirish ta’minlangan bo’ladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun bilan to’g’ridan-to’g’ri taqiqlanmagan hamma narsaga yo’l qo’yiladi (qarang Demokratiya).

Qurilishida shakli katta rol o’ynaydi. Yangi.lar tashkil topayotganda uning shakli to’g’ri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. shakli boshqaruv shakli, tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini o’z ichiga oladi. boshqaruv shakli — hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qad. va xrz. kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublikanku. Monarxiya ko’proq Qad. Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topganlar shakli edi. Monarxiyaningo’zi ham mutlaq monarxiya vacheklangan monarxiya ko’rinishlariga ega. Mutlaq monarxiya.larida boshlig’ining hukuqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga o’tadi, boshlig’ining ustidan nazorat yo’q va u hech kimga hisobot bermaydi. O’zbekistonda . va huquq nazariyasi hamda tarixining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi . Eshonov, M.H.Hakimov, A.A.A’zamxojayev, Sh.Z.Orazayevnish olib borgan ilmiy tadqiqotlari bilan bog’liq. Jamiyat taraqqiyo-tidagi yangi realliklar D. to’g’risidagi fanga tamomila yangicha yondashuvlarni taqozo etdi. D.shunoslik, yangi tashkil topgan D.lardagi siyosiy tizimlar tarixi va ularning rivojlanishi, demokratik institutlar tuzilishi, ularning huquqiy D. hayotidagi o’rni xolisona tadqiq qilina boshladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi D. mustaqilligining huquqiy asoslari va demokratik jamiyat barpo etish muammolari (A.A.Azizxo’jayev), O’zbekistonda D. boshqaruvi va D. hokimiyatini tashkil etish masalalari (A. To’laganov), D. suvereniteti (M.Fayziyev), davlat hamda qonun chiqaruvchi organlarning tuzilishi, faoliyat ko’rsatishi, vakolatlari muammosi, ularning ijtimoiy va D. xayotidagi roli (3. M. Islomov, S. D. Niyatullayev, U. Tojixonov, O.T. Husanov), huquqiy munosabatlar (X.T. Odilkrriyev), inson huquqlari, xalqaro huquq (A.Saidov), huquqiy parlamentarizmning rivojlanishi (E.H.Hali-lov), o’zbek davlatchiligi tarixi (A.Ziyo) bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shakli o'rnatilgan. 

Prezidentlik Respublikasi shakli xalqning ma'naviy qadriyatlari, xohish-istaklari va ruhiga mos keladi. Kuchli Prezident1ik Respublika boshqaruvi - kuchli ijroiya, idora qiluvchi hokimiyatdir. Ya'ni Respublika Parlamenti va xalqi oldida O'zbekiston kelajagini, fuqarolarning siyosiy erkinligini ta’minlashga qaratilgan kuchli ijroiya hokimiyatidir. 

Prezidentlik Respublikasida eng muhimi – hokimiyat bo'linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya'ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati birbiridan mustaqil holda ish olib boradi. Prezidentlik Respublikasida ijro hokimiyati Prezident qo'lida bo'ladi. 

O'zbekiston nima uchun davlat boshqaruvining aynan shu usulini tanladi? Buning sabablari bor. Birinchidan - sharqda demokratiyaga keng imkoniyat yaratilishi bilan birga kuchli hokimiyat mavjud bo'lgan. Davlat boshlig'i talabchan, qat'iyatli, tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Ikkinchidan - boshqaruvning parlamentar respublika usulida prezident parlament yig'ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik Respublikasida esa, u umumxalq saylovi yo'li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi bilan saylanadi. Bunda prezident o'z vakolatini parlamentning sanoqli a'zolaridangina emas, bevosita keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huquqiy, ma'naviy va demokratik mazmuni ham bor. Demak, jamiyatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Prezidentning xalq tomonidan saylanishi, o'z vakolatini xalqdan olishi boshqaruvning samarali amalga oshirilishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun boshqaruvning Prezidentlik Respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir. 
Prezidentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qat'iy, dadil va jasurlik bilan faoliyat ko'rsatishi uchun imkon yaratadi. 

Prezident davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig'i sifatida chinakam xalq yo'lboshchisi, tadbirkor va tashkilotchilik sifatlariga ega bo'lishi zarur. 

Respublika Prezidenti Islom Karimov faoliyatida ana shunday sifatlar yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Prezidentning demokratik qarashlari, qadriyatlarga tayanishi, rivojlanishni oldindan seza bilishi, yuz berayotgan jarayonlarga ilmiy asosda yondoshishi, yechimlarni izlashda ommaga tayanishi, asoslangan rejalarni hayotga tadbiq etishi, siyosatda tadbirkorlik va oqillik kabi fazilatlarini keltirish o'rinlidir. 

Boshqaruvning Prezidentlik Respublikasi shakli mamlakatda demokratik siyosiy tuzumni kafolatlaydigan demokratik tashkiliy davlat hokimiyatini ifoda etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «Respublika» tushunchasi «demokratiya» tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir. 

O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish usul va vositasi demokratik asosga qurilgan. Bilasizki, davlat siyosiy rejimining demokratik, totalitar, avtoritar turlari mavjud. O'zbekistonda hokimiyatni amalga oshirishda demokratik yo'l maqbul topilgan. Kuchli va ta'sirchan demokratik davlat hokimiyati bilan totalitarizm, avtoritarizm, diktatura o'rtasida hech qanday mushtaraklik yo'q. Faqat demokratiya ustuvor bo'lgan davlatgina xalqni baxt-saodatga eltib boradi. 

Demokratiya bu Konstitutsiya va qonunlar doirasida erkinlik demakdir. Konstitutsiyamizda demokratik respublikaning barcha belgilari bor. Jumladan: xalq hokimiyatning yagona manbaidir, davlat boshlig'i saylanadi va almashib turadi, vakillik organlari muhim o'rin tutadi, fuqaroning huquq va erkinliklariga asoslangan huquqiy maqomi mavjudligini aytishimiz mumkin. 

Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi uchta mezon bor. Birinchisi -xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, ikkinchisi - hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, uchinchisi -oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. 

Xalqni hokimiyatning yagona manbai sifatida tan olish boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan demokratik davlatlarga xos xususiyatdir. Xalq hokimiyatchiligi hokimiyatning davlat tuzilmalari (ijro etuvchi va vakillik organlari) va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshiriladi. Xalq hokimiyatchiligining bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) demokratiya va bavosita, ya'ni vakillik shakli mavjud. 



Bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) demokratiya shakliga: referendum (umumxalq ovoz berishi), saylovlar, qonun loyihalarini muhokama qilish, yig'ilishlar, mitinglar va namoyishlar, hokimiyat tuzilmalariga yakka tartibda va jamoa bo’lib murojaat qilish kabilar kiradi. Vakillik shakliga esa, butun davlat, vakillik jdoralari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy ijtimoiy harakatlar kiradi. Demokratiyaning asosiy vazifasi - jamiyatdagi kuchlarni murosa asosida birlashtirib, ularni umumrizo qarorga, ya'ni konsensusga olib kelish va mamlakatning taraqqiyoti uchun xizmatga safarbar qilishdan iboratdir. Bugungi kunda O'zbekiston demokratiya tamoyillariga amal qilgan holda rivojlanmoqda
Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish