Yunon faylasuflari fikrlari Platon (Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat qanday bo`lishi kerakligini ochib bermoqchi bo`ldi. Uningcha, bu davrd xususiy mulk va erkin xo`jalik tashabbusiga o`rin yo`q. U aholini uch toifaga ajratgan: Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar; Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo`lib, ular biror mulk egasi bo`lish huquqiga ega emas, iste'mol qilish esa ijti- moiy xarakterga ega bo`lishi kerak. "Qora" toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo`lib, ular mulk egasi bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |