Aristotel qadimgi Gretsiyadagi quldorlarning eng yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir Iskandar Zulqarnaynning tarbiyachisi va o`qituvchisi ekanligini alohida ta'kidlab o`tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan olim, keyin Afinaga ko`chib o`tgan. Olimning iqtisodiy g`oyalari "Nikomaxov ahloqi" va "Siyosat" kitoblarida mavjud. U "qul tirik qurol, qandaydir tirik mulk", degan edi. Uning fikricha, amiyatning quldor va qullarga bo`linishi - bu tabiiy va qonuniy ahvol bo`lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. U "haqiqiy boylik" (tabiiy) ni tan olgan, uni is-te'mol qiymatlarining yig`indisi deb bilgan va bu bilan bog`liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli Aristotel uchun ideal (bekamu ko`st) xo`jalik - bu uncha katta bo`lmagan dehqonchilik xo`jaligi (unda albatta qullar ishlagan) bo`lib, u deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi (natural xo`jalik) bo`lishi shart edi. Ayrim yetishmagan narsalarni esa, qo`shnilardan "odil almashuv" asosida olish kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |