Qulchilik o`z tabiatiga ko`ra insonga yot, u majburiylikni talab et- gan, oqibatda ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy g`oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo`jalikni yoqlash yo`lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga ega bo`la boradi. Bu yo`nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384- 322 yy.) larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo`ldi. "Ekonomiya" so`zi ("oykonomiya": - "oykos" - uy, xo`jalik va "nomos" - qonun, qoida) tom ma'noda uy xo`jaligi to`g`risida qoida maz-muniga ega bo`lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo`lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |