Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo`lgach, qulchilik keng tus oladi, urug`chilik mulki xususiy Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo`lgach, qulchilik keng tus oladi, urug`chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo`rlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo`jaligining afzalligini ko`rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar mu- him ahamiyat kasb etdi. qurilish, hunarmandchilik, savdo o`sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo`lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi qo`yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo`jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |