"xrematistika” - Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama- qarshi qo`yishi xarakterlidir. U o`ylab topgan "xrematistika" matni "xrema" so`zidan olingan bo`lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo`lgan mahsulotlar (iste'mol qiymatlari)ni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tabiiy xo`jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu almashuvni ham o`z ichiga oladi, ammo zarur shaxsiy talab-ehtiyojlarni qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu faoliyat chegaralari ham tabiiy soha bo`lib, insonning ongli shaxsiy iste'moli doirasida bo`lishi kerak.
- Xrematistika esa (amaliyotda kam qo`llaniladi) "mulk orttirish san'ati", ya'ni ayniqsa pul shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to`plashga yo`naltirilgan faoliyatdir. Boshqacha aytganda, xrematistika - bu kapital qo`yish, sudxo`rlik va jamg`arish "san'ati"dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |