2.4. Organık mahsulot etıshtırıshda no‘xat o‘sımlıgı uchun tavsıya etıladıgan mıkrobıologık preparatlar
Organik qishloq xo‘jaligi bu kimyoviy o‘g‘it va pestitsidlarsiz dehqonchilik qilishdir. Kimyoviy o‘g‘itlar o‘rniga dehqonlar turli xil tabiiy usullarni qo‘llaydi va bulardan biri mikrobiologik preparatlarni qo‘llash hisoblanadi.
Rhizobium 3 mikrobiologik preparatlari Mirzo Ulug‘bek ntmidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasida azot o‘zlashtiruvchi Rhizobium 3 shtammlari asosida azotli o‘g‘itlar sarfini kamaytirish va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishga imkon beradigan alohida shtammlar taklif etiladi.
Mazkur shtammlarning ta’sir etishi uning quyidagi biologik hususiyatlariga asoslanadi:
O‘simlik fitogormonlari, jumladan auksinlar (indol-3-sirka kislotasi), gibberellinlar va sitokininlar sintezlash hususiyatiga ega;
Rhizobium 3 shtammlari muhitning noqulay sharoitlari (sho‘rlanish va qo‘rg‘oqchilikda) o‘simliklarni stress omillarni engishga imkon beradigan biopolimer – ekzopolisaxarid (EPS) sintezlaydi;
Mikrobiologik preparatni quydagi variantlar 1:10 va 1:100 nisbatida (bunda 1:10 urug‘ni inokulyasiya qilishda va 1:100 nisbati o‘simlik ekilgandan 7- xamda 21- kuni qo‘llaniladi) foydalanishga tavsiya etiladi;
Kumush xamda, temir Fe nanobo‘lakchalari qo‘shib tayyorlangan mikrobiologik preparatda rezosfera bakteriyaalari soni kontrolga nisbatan 1.11 mlrd KOE/ml ga oshadi.
Mazkur shtamm tuzlarning nisbatan yuqori konsentratsiyalarida yashab, rivojlana oladi.
SHo‘rlangan tuproqlarda o‘stirilayotgan o‘simliklar bilan assotsiativ simbiozga kirishib, o‘simliklarga sho‘r stressini engishga va ularning hosildorligini oshirishga yordam beradi.
Suspenziyalar qo‘llanilganda mineral o‘g‘itlar (asosan azotli) sarfi o‘rtacha 70-80% gacha kamaytiriladi. Bu mikrobiologik preparat asosan dukkakli ekinlar etishtirishda qo‘llaniladi. Biopreparat 3 l/ga miqdorda qo‘llaniladi;
Bu mikrobiologik preparatni no‘xat o‘simligida mineral o‘g‘itlar o‘rniga qo‘llaganda nazoratga nisbatan don va dukkaklar soni ko‘payishi hisobiga hosildorlik 20-30 % ga ortadi.