Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet7/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

Rus adabiyatidan:
A.Pushkin, M.Lermontov,
A.Blok
V.Mayakovskiy
K.Simonov
asarlari.


Arman adabiyotidan:
A.Isaakyan. “Al-Maarriy” asari


Kunbotish ellari adabiyotidan:
Safoklning “Shoh Edip” fojiyasi
Shekspir va Shiller tragediyalari

Oʻz davrida Asqad Muxtor sheʼriyatida falsafiy ruh yetakchi ekanligi alohida taʼkidlanar edi. Hozir bu taʼrifni eshitib, uning sheʼrlari koʻngildan koʻra aql mahsuli ekan-da qabilidagi mulohazalar oʻtishi mumkin. “Bu oʻrinda “falsafiy” degan sifatni tor maʼnoda tushunmaslik kerak. Umuman, adabiyotdagi falsafiylikning mohiyati shundaki, adabiyot inson hayotining bosh masalalarini – asrlar davomida jahon mutafakkirlari va sanʼatkorlarini oʻylantirib kelayotgan masalalarni qoʻyadi? Inson hayotining maʼnosi nima? Oʻlim va hayot qanday aloqada? Sevgi va vafo, sadoqat va xiyonat nima? Inson tabiatini oʻzgartirib boʻladimi? Insonning baxti nimada? Uni qanday qilib yaratish mumkin? Yoki baxt degani tutqich bermaydigan bir qushmi? Bu va bunga oʻxshaydigan savollar oʻtmishda ham, hozir ham bir insonni oʻylantiradigan savollar. Afsuski, hayotda hamma vaqt ham ularga javob topib boʻlmaydi. Asqad Muxtorning qahramoni bu savollarga tugal va mukammal javob berishni maqsad qilib qoʻymasa-da, ular toʻgʻrisida muttasil oʻylaydi.
Eng muhimi, u nasihatgoʻy emas, oʻzini dono, kitobxonni goʻl deb oʻylamaydi, oʻz qarashlarini boshqalarga majburan tiqishtirishga intilmaydi. U – oddiy inson, oʻylayotgan, izlanayotgan, hayot muammolariga qiynalib, oʻrtanib, yonib javob qidirayotgan bu jarayonda yuragidan koʻpgina dardlarini kechirayotgan inson. Uning dardlari ham xilma-xil – ular birda alamli, birda mahzun, birda nafratli, birda gʻururli. Lekin har gal – teran va nurli... Har holda Asqad Muxtor sheʼrlarida koʻz oʻngimizda hayot girdoblarida munosib yashashga intilayotgan donishmand insonning jozibador siymosi namoyon boʻladi” .
Keltirilgan bu maʼlumot va koʻchirmalar oʻqituvchilar uchun, oʻquvchilarga emas. Chunki adabiyot muallimi oʻzi oʻqitayotgan mavzuni, oʻrgatayotgan adabiy siymoning ijodiga xos muhim jihatlarni yaxshi bilsa, chuqur idrok etsa, oʻrganilayotgan asarni tushuntirishi, oʻquvchilarga singdirishi oson kechadi, dars samarasi yuqori boʻladi.
Birinchi soat darslikda berilgan ikki sheʼrni tahlil qilishga bagʻishlanadi. Dastlabki soatda oʻtiladigan saboq uchun quyidagicha didaktik maqsadlar belgilanishi mumkin: a) tarbiyaviy maqsad – oʻsmirlarga yuksak maqsadlarga intilib yashash tuygʻusini shakllantirish; b) taʼlimiy maqsad – shoir sheʼrlari bilan tanishtirish va ularni birgalikda tahlil qilish; d) rivojlantiruvchi maqsad – oʻquvchilarda barmoq vaznida yozilgan sheʼrlarni oʻqish, tushunish va tahlil qilish malakasini shakllantirish.
Avval “Yulduzim” sheʼri tahlil qilinadi. Uning birinchi bandi quyidagi misralardan iborat:
Qishlogʻimiz koʻhna, bir etagida
Osmonga tutashgan dasht edi.
Polizkapa qurib, kechalar tomda
Yulduz sanab yotish – ajib gasht edi.
Bu satrlardan oʻquvchilar “osmonga tutashgan dasht” lavhasini izohlashlari kerak. Dashtning bepoyonligi uning etagi osmonlarga tutashib ketganligi bilan ifodalanmoqda. Poyonsiz dashtda kishi har qancha tikilmasin, uning chegaralarini ilgʻay olmaydi. Ayni paytda bu makoniy bepoyonlik qishloq tarixi – oʻtmishining zamon jihatidan ham poyonsizligiga ishora qiladi. Osmon qadar tutashgan dashtdagi polizkapada bola dasht kabi bepoyon osmonga tikilib yulduz sanaydi. Zamon jihatdan uzoqlik maʼnosini ifodalayotgan “koʻhna” soʻzi, osmondek dasht qoʻynida, dashtdek osmon ostida yashayotgan bola xayollarining chegara bilmasligiga ham ishora qiladi.
Nima uchun bola yulduz sanab yotishni yaxshi koʻradi? Oʻqituvchi bu savolni oʻrtaga tashlaydi va tabiiyki, oʻquvchilardan turlicha javoblar oladi, ularning munosabatlarini biladi. Javobu mulohazalarni toʻgʻri-notoʻgʻriga ajratmay, barcha tahlil ishtirokchilari kabi muallim ham oʻz qarashlarini bildiradi. Masalan, bolaning xayolparast ekani, xayolparastlik aslida chuqur oʻy, orzu, intilishlarning belgisi, ijodkorlik, izlanuvchanlik alomati ekanini aytishi mumkin. Bu bola – shoirning yoshligi, bolaligi. Agar shunday xayolparst boʻlmaganda, ijod olamiga oshno boʻlolmas edi.
Bolalikda, bir kun, endi yotsam,
Xayollarim ketib Somon yoʻliga.
Yulduz uchdi! Xuddi mushakday
Yonib yerga tushdi. Jizzax choʻliga.
Mazkur banddagi xayollarining Somon yoʻliga ketishi ham uning xayolparastlik tabiatidan darak beradi. Uchinchi misradagi “Yulduz uchdi!” ning yozuvdagi ifodasiga diqqat qaratiladi. Gap oxiridagi undov belgisi yulduz uchishi toʻsatdan yuz berganligi hamda bu hodisadan bolaning kuchli hayajonga tushganligini anglatish uchun qoʻyilganligini taʼkidlash lozim boʻladi. Oxirgi misraning “Yonib yerga tushdi. Jizzax choʻliga” tarzida ifodalanishi ham bejizga emas. aslida shoir bu ikki gapni “Yonib yerga tushdi Jizzax choʻliga” tarzida, oralariga nuqta qoʻymay, bitta gap shaklida bersa ham boʻlardi. Ikkita jumlada berilishi voqeaning ahamiyatini, kechinmaning darajasini boʻrttirishga xizmat qilmoqda. Buni ifodali oʻqish asnosida oʻqituvchi koʻrsatib berishi kerak.
Navbatdagi ikki bandda ana shu qiziquvchan, shoirtabiat bolaning urinishlari, izlanishlarining davomi aks ettirilgan:
Chinakam yulduzni koʻrmoqchiydim men,
Tikanlarni bosdim, toptadim,
Uzoq tentiradim choʻl soʻqmoqlarida,
Shuvoqlar oralab kezdim… Topmadim.

Topmadim oʻshanda bola baxtimni,


Sirli moʻ‘jizaga toʻymadi koʻzim,
Hali ham izlayman. Bilaman: Yerda,
Shu choʻllarda mening yulduzim!
Asosiy diqqat soʻnggi bandga qaratilishi kerak. Bola oʻsha vaqtda izlagani yulduzni topolmay, armonda qoldi. Lekin ulgʻaygach ham hamon uni izlayaptimi? “Hali ham izlayman. Bilaman: Yerda, Shu choʻllarda mening yulduzim!” misralarini qanday tushunasiz? qabilidagi savol berilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻquvchilar endi uning izlayotgan yulduzi yashayotgan umridan qidirayotgan mazmun, mehnat va ijoddan topishi kerak boʻlgan baxt ekanligini anglab yetadilar.
Shu soatda yana mazmun va mohiyatan oldingi sheʼrga hamohang “Yoʻl” sheʼri ham oʻrganiladi. Bu yerda yoʻl ramziy maʼnoda ekanligiga oʻquvchilar eʼtiborini qaratish kerak. Sheʼr ifodali oʻqib berilgach, uning qaysi oʻrinlarida ramziylik borligiga ishora qilinganini oʻsmirlardan soʻrash toʻgʻri boʻladi. Uyining ostonasidan tashqariga chiqqan odamni hayotning turli soʻqmoq yoʻllari kutib turadi. Bu yoʻllar odamni hayotning xilma-xil manzillariga eltadi. Shoir bu manzillar, ya’ni kelajakni koʻtarinki ruhda tasavvur qilgani, ertagi kunga ishongani uchun yoʻllarni quyosh nurlariga oʻxshatadi. Shuning uchun u nekbinlik bilan: “Uzoq-uzoqlarga ketib, uzayib, Uzaytadi mening umrimni”,- degan xulosaga keladi.
Sheʼrning ikkinchi bandi odamlar orasida keng tarqalgan xalq maqoli bilan boshlanadi:
Yurganlarni daryo deydilar,
Daryo – cheksiz umr ertagi.
Bir kun uyda oʻltirib qolsam,
Hayot goʻyo chetlab oʻtadi.
Yoʻl yurgan odamlar tinim bilmay oqayotgan daryoga oʻxshatilib, buning sababi ham tushuntiriladi: “Daryo – cheksiz umr ertagi”. Daryo – yoʻl kabi uzun, hayot kabi cheksiz. Hayot hech qachon tugab qolmaydi, u bir inson yoki joyda nihoya topsa, boshqasida davom etaveradi. Shoirning lirik qahramonida yashash ishtiyoqi kuchli. U cheksiz umr ertagida ishtirok etish ishqi bilan yashaydiki, biron kun uyda oʻtirib qolsa, oʻzini tiriklikdan chetga chiqib, umr ertagidan ayrilganday sezadi.
Koʻrganing – seniki, der edi bobom,
Ellarni, dillarni kerak koʻrishim.
Ochilmagan qoʻriq, nomaʼlum yulduz
Bari-bari – mening ulushim.
Muallim bobo obrazi sheʼrga bejiz keltirilmaganiga urgʻu beradi. Bobo timsoli dunyoni kezish, hayotni koʻrish kabi qarashlar shoirning oʻzi toʻqib chiqargan aqida emas, balki bobolardan oʻtib kelayotgan hayot maslagi ekanini taʼkidlashga xizmat qiladi. Shoir ellarni, dillarni koʻrishi kerak. Ellarni koʻrish tushunarli, lekin dillarni koʻrish nima degani? Bu muammoli savol oʻrtaga tashlansa, uning atrofida bolalar shoir bilan birga fikr qilishlari, bu badiiy ifoda zamiridagi maʼnaviy haqiqat toʻgʻrisida oʻyga tolishlariga erishiladi. Yurtlarni, ellarni kezish faqat u yerlarning tabiatini, odamlarning tashqi koʻrinishini tomosha qilish emas, balki, avvalo, odamlarning koʻngli, har bir alohida shaxsning ichki olamiga nazar solish, ularni anglash demakdir. Shundagina u “ellarni, dillarni” koʻrgan hisoblanadi.
Sheʼrdagi “Ochilmagan qoʻriq, nomaʼlum yulduz Bari-bari – mening ulushim” misralari ham yuqoridagi kabi bahs, munozarabop satrlardir. Oʻquvchilar ochilmagan qoʻriq va nomaʼlum yulduzninng oʻz maʼnosidan tashqari yana qanday mazmun kasb etayotganini oʻylab koʻrishlari kerak. Unga juda koʻp maʼno berishlari va bularning hammasi ham toʻgʻri boʻlmasligi mumkin, faqat oʻquvchilardan oʻz fikru qarashlarini matn tasviriga tayangan holda asoslash, isbot qilish talab etiladi.
Ijod dardi yoʻl azobidir,
Mayli, boʻlsin tumanlar quyuq.
Ruhim bilan yoʻlda ekanman,
Umrimning ham nihoyasi yoʻq.
Oxirgi bandning “Ijod dardi yoʻl azobidir” qatori lirik qahramonning ijodkor ekanligini oydinlashtiradi. Uning hayoti - ijod yoʻlidan iborat. Bu yoʻlning oʻz dardi, azoblari bor. Lekin bu misrani hayotdagi har qanday faoliyat ijod ekanligi, unga koʻngil berib, astoydil yondashilsa, har bir yumush natijasi sanʼat darajasiga koʻtarilishi mumkinligi tarzida ham tushunish mumkin. Har bir ishning oʻziga yarasha qiyinchiligi, dardi, azobi boʻladi. Unga boʻlgan ishtiyoq bu qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Keyingi misradagi quyuq tumanlar ifodasi shunga ishora qilmoqda. Oʻqituvchi qoʻshimcha savol, yoʻnaltiruvchi topshiriqlar bilan bu mazmunni yuzaga chiqarishga erishmogʻi lozim. Bu uning uquvi, idroki, mahoratiga bogʻliq.
Ruhim bilan yoʻlda ekanman,
Umrimning ham nihoyasi yoʻq
misralarida islomiy qarash ifodasi oʻz aksini topgan. Ulardan anglashiladiki, inson umr yoʻlining cheksizligi foniy jism tufayli emas, balki haqiqati faqat Yaratuvchining Oʻzigagina maʼlum boʻlgan ruh mohiyati bilan bogʻliq ekan. Ruh bu dunyoda jism bilan oʻtkinchi borliq yoʻlini bosib oʻtib, abadiy hayot ostonasiga qadam qoʻyadi. Ruhi bilan dunyo yoʻlida ketayotgan nihoyasiz hayotga tayyorgarlik koʻrayotganini taʼkidlaydi.
Shoirning “Tugʻilish”, “Oʻzimniki emas bu umr”, “Bir tup oʻrik” singari uch sheʼri ikkinchi soatda oʻrganiladi. Ular ham yuqoridagi bitiklar singari darslikdagi savol va topshiriqlar asosida misrama-misra tahlil qilinishi maqsadga muvofiq. Dars soʻngida sheʼr vazni haqida maʼlumot beriladi. Nazariy maʼlumotlar Asqad Muxtorning sheʼrlari asosida mustahkamlash saboqning amaliy ahamiyatini oshiradi.
MIRMUHSIN

Yozuvchi Mirmuhsinning 1974-yilda yaratilgan “Meʼmor” romanidan olingan parchani oʻrganish hamda “Roman va uning turlari” tarzida nomlangan nazariy mavzuni oʻzlashtirish uchun dasturda uch soat vaqt ajratilgan. Asarni oʻrgatish koʻzda tutilgan vaqtdan oʻqituvchi uch yoʻsinda foydalanishi mumkin. Avvalo, birinchi soatning oʻzida parchani toʻliq oʻqib, keyingi soatlarda uni tahlil qilish va nazariy maʼlumotni oʻzlashtirishga ajratish mumkin. Ikkinchidan, romandan olingan parcha ixtiyoriy uch qismga ajratilgan holda uch soat davomida oʻqib tahlil etilsa, uchinchi soatda oʻquvchilarga roman haqidagi nazariy maʼlumot ham berilsa boʻladi. Uchinchidan, parchani ikki oʻquv soati davomida oʻqib tahlil qilish va uchinchi soatda roman va uning turlari toʻgʻrisidagi nazariy maʼlumotni oʻtib, “Meʼmor” asari misolida romanga xos xususiyatlar oʻrganilishi mumkin.


Qaytarzda oʻtilgan taqdirda ham ushbu romandan olingan parchani oʻrgatishga bagʻishlangan saboqlarning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish