Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet5/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

a) tarbiyaviy maqsad – ona tiliga ehtirom tuygʻusini orttirish, oʻsmirlarga hayot chigalliklarini anglatish;
b) taʼlimiy maqsad – oʻquvchilarni shoir sheʼrlari bilan tanishib, ularni tahlil qilishga oʻrgatish;
d) rivojlantirish maqsadi – oʻquvchilarga til millat ruhiyati ifodachisi ekanini anglatish orqali ularda milliy gʻurur shakllantirish.
Darslikdagi mavjud maʼlumotlar bilan oʻquvchilarning oʻzlari tanishib olishadi. Adabiyot oʻqituvchisi oʻquvchilarni “Ona tilim” sheʼrining matni bilan tanishtiradi. Shundan soʻng tahlilga oʻtiladi. Tahlil jarayonida oʻqituvchi, dastavval, sheʼrning lirik qahramoni tushib qolgan holatga oʻquvchilar eʼtiborini tortishi zarur. Nega shoir ona tilining ulugʻligini koʻrsatish uchun aynan oʻlim holati tasvirini tanladi ekan? Maʼlumki, inson uchun eng katta yoʻqotish bu – hayot. Hayotdan judo boʻlish, yaʼni oʻlish tildan judo boʻlish, yaʼni oʻzlikdan ayrilish bilan teng qilib qoʻyilayotgani oʻquvchilar diqqatidan chetda qolmasligi kerak.
Adabiyot oʻqituvchisi ayni vaqtda, oʻlim sahnasi tasviridagi milliy koloritga oʻquvchilar nazarini yoʻnaltirishi lozim. Shoir lirik qahramon tushidagi oʻlim voqeasi makon jihatdan qaysi yurtda sodir boʻlayotganini aytmaydi. Ammo sheʼrda shunday tasvirlar borki, oʻquvchi qiynalmasdan oʻlim sahnasi Dogʻiston togʻlaridan birida sodir boʻlayotganini payqab oladi. Agar shunga diqqat qaratilmasa, asarning taʼsir kuchi pasayib ketadi. Oʻqqa uchgan qahramon yotgan makonning “quyosh tigʻida”, “togʻlar orasida yotibman bejon”, “uzoqda sharqirab soylar oqmoqda”, “Faqat choʻqqilarda qurqurar burgut, Faqat vodiylarda ingraydi ohu” tarzida tasvirlanishi uning Dogʻistonga aloqadorligini bildiradi.
Shoirning: “Figʻon otildi jonsiz bagʻrimdan, Goʻyo figʻon bordek murda dilida” misralari oʻquvchilarga tuydirilishi zarur. Lirik qahramonda milliy oʻzlik, gʻurur, millatning asosiy belgisi boʻlmish tiliga muhabbat shu qadar ulugʻki, oʻzlaricha avarcha soʻzlashib ketayotgan odamlar tufayli u hayotga qaytadi. Sheʼrda tasvir tabiiy, unda zoʻrakilik yoʻq, shakl gʻoyaga boʻysundirilmaydi. Oʻq yegan lirik qahramon oʻlib yotishi, avar tilida gaplashayotgan odamlarning esa bundan mutlaqo bexabarligi, shu bois oʻzlarining kundalik hazil-huzul gaplari bilan ovoraligi tabiiy aks ettirilgan. Ular millatni sevish haqida, dogʻistonliklarning ulugʻligi singari qutlugʻ mavzularda soʻzlashayotganlari ham yoʻq. Bu holda ular oʻz tabiatlariga xilof ish tutgan boʻlishardi. Ona tilidagi joʻngina suhbat oʻlikka jon kiritadi va endi oʻlib tirilgan qahramonda ulugʻ tuygʻular, parvozi baland hissiyotlar paydo qiladi.
Rasul Hamzatov sheʼridagi yana bir diqqatga sazovor jihat shundaki, uning oʻz tilidan gʻururlanishi kimningdir izzat-nafsiga tegish evaziga boʻlmaydi:
Mayli, kim qay tildan zavqu shavq olsa,
Mening oʻz tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yoʻqolsa,
Men bugun oʻlimga boʻlurman rizo.
Bu – ona tiliga mehribon insonning samimiy tuygʻulari goʻzal ifodasini topgan misralar.
Shoir uchun avar tili – eng suyuk, eng buyuk til. Chunki u ona tilidir. Uning millati shu tilda soʻzlashadi. Shu tilda unga alla aytilgan. Shu tildagi qoʻshiqlarni tinglab, ertaklarni eshitib, maqollardan maʼnolar oʻzlashtirib ulgʻaygan. Oʻzining eng pokiza, moʻʼtabar tuygʻularini shu tilda ifodalay oladi. Sevgisini, nafratini shu tilda bayon etadi. Jahondagi barcha buyuk tillar yig’ilganda ham, shoir uchun fikru tuygʻularini ifodalashda ona tilichalik boʻlolmaydi. Chunki oʻzga tillar unga begona. Vatanni, ota-onani tanlab boʻlmaganidek, til ham tanlanmaydi. Sheʼrni his qilib oʻqigan va tahlil qilgan oʻquvchida shu qabildagi tuygʻular paydo boʻladi. Bunday tuygʻularning tugʻilishi ezgu maʼnaviyat shakllanyotganidan dalolatdir. Maʼnaviyat oʻzligini anglagan odamdagina shakllanadi.
Dasturda R. Hamzatovning “Kenja nevaram Shahrizodga” sheʼrini ham oʻrganish koʻzda tutilgan. Ushbu sheʼrda ham shoirga xos mutoyiba ruhi sezilib turadi. Lekin bu zohiriy mutoyiba tagida zilday maʼno yotadi. Oʻziga xos voqeabandlikka ega bu sheʼr shoir bobo bilan uning kenja nevarasi Shahrizod oʻrtasidagi savol-javob ifodasidan iborat. Bobo achchiq-achchiq yigʻlayotgan nevarasini soʻroqqa tutib, uning bunchalar oʻrtanib yigʻlashi sababini bilmoqchi boʻladi. Ota-onang, bobong yoningda boʻlsa, ular istaganingni muhayyo qilishga tayyor boʻlishsa, sen nega yigʻlaysan? Asli men yigʻlashim kerak, negaki ota-onasi yoʻq yetimman. Senga hech kim xiyonat qilmayapti, hech kim aldagani ham yoʻq-ku, nega yigʻlaysan? Men yigʻlasam, yarashadi: doʻstlarimda imon yoʻq, dushmanlarim yoʻlimni toʻsish bilan band. Sen urushni koʻrmagan, uning qanchalar dahshatli falokat ekanini bilmay, musaffo osmon ostida tinchgina oʻsayotgan boʻlsang, nega yigʻlaysan? Men achchiq-achchiq koʻz yosh toʻksam yarashadi. Urushning azobini tortdim, ikki akam jangda halok boʻldi, adoqsiz gʻamlardan sochim oqardi.
Boshdan oyoq boboning eʼtirozli savollariga qurilgan sheʼr kutilmaganda, juda oʻziga xos tarzda beshikdagi bolaning javobi bilan tugaydi:
Bola yig‘isida ma’no bor ekan,
Tinglasam, shunday der u mitti yurak:
“Siz ko‘rgan azob-ku o‘tmishda qolgan,
Men uni ertaga tortishim kerak!”
Bu javob mantiqqa muvofiq va haqqoniy ekani bilan, bu dunyoda yashash hech kim uchun ham oson boʻlmasligi esda qoladigan yoʻsinda ifoda etilgani bilan eʼtiborni tortadi. Oʻqituvchi oʻquvchilarni bolakay Shahrizodning javobidagi mantiq toʻgʻrisida oʻylab koʻrishga undashi lozim. Chunki bu sergʻalva dunyoning zalvori tez orada ularning zimmasiga ham tushadi va bu yukni koʻtarishga ruhan tayyorlanishlari kerak boʻladi. Shoirning sheʼri oʻquvchilarda sertashvish dunyo va tinib-tinchimas bashariyat uchun javobgarlikni boʻyniga oladigan fikrli shaxsiyatlarga xos ma’naviy sifatlar shakllanishida muhim oʻrin tutadi.
Mashgʻulot soʻngida shoir sheʼrlaridan birini yodlab kelish uyga topshiriq sifatida berilishi kerak.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish