Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet8/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

Tarbiyaviy maqsad – oʻquvchilarda sanʼat kishilariga xos fidoyilik, intiluvchanlik, tinib-tinchimaslik tuygʻularini shakllantirish.
Taʼlimiy maqsad – asar mazmuni bilan tanishtirish, romandan olingan parchadagi timsollarning tabiati toʻgʻrisida fikrlashish.
Rivojlantirish maqsadi – oʻsmirlarda maqsad yoʻlida ogʻishmaslik, qatʼiyat va masʼuliyat tuygʻularini qaror topdirish.
Asar matni bilan tanishish asnosida oʻquvchilar ham beixtiyor roman qahramonlari boʻlmish meʼmor Najmiddin Buxoriy, uning qizi Badia, ayoli Maʼsuma, shogirdlari: Zulfiqor, Zavrak, Gʻavvos hamda karvonboshi Xorunbeklarning taqdirlariga sherik boʻlishadi. Adoqsiz qumli sahroda necha kundan beri yoʻl yurib, manzilga yetolmayotganidan qiynalib, xarxasha qilayotgan chidamsiz Gʻaffor Muhammad, uni aravadan uloqtirib yuborishni buyurgan qatʼiyatli Badia va boshqa yoʻlchilarning tutumlari tasviri zamiridagi maʼno oʻquvchilarga anglatilishi lozim. Oʻqituvchi qiyinchilik har bir shaxs tabiatiga xos jihatlarni yaqqol koʻrsatuvchi omil ekaniga eʼtibor qaratishi maqsadga muvofiq boʻladi.
Asarda koʻrkam va betakror binolar qurishdan boshqa hayotdagi biror narsa bilan ishi yoʻq isteʼdodli va oliyjanob meʼmor, uning mehribon va sadoqatli ayoli, yigitlarday jaʼsur va qatʼiyatli Badia timsollari asarda ancha yorqin ishlangan. Yozuvchi har bir qahramonini oʻzining tabiatiga mos tutum bilan taʼminlashga urinadi. Chunonchi, adoqsiz jaziramada qovrilayotgan sahro Gʻavvosni aqldan ozdirar darajaga keltirdasa, Buxoriyning xayolida yangi muhtasham qasr gavdalanishiga sabab boʻladi. Mushtipar ona esa, Hirotda qatl etilgan oʻgʻlini deb azob chekadi. Badia koʻrkam yigit Zulfiqordan koʻz uzmaydi.
Oʻqituvchi asardagi har bir katta-kichik tasvirga oʻquvchilar eʼtiborini qaratib, uning zamiridagi maʼnoni ilgʻashga undashi kerak. Chunonchi, asarning bir oʻrnida doʻzaxday qizib yotgan Qizilqum choʻllarida meʼmorning yengil nafas olib, oʻzini bardam sezayotgani taʼkidlanadi. Oʻquvchilar nega shunday boʻlayotganiga eʼtibor qilishlari kerak. Yurt sogʻinchi bilan oʻrtangan meʼmor uchun Qizilqum havosi ham shifoday tuyuladi.
Asarda Maʼsuma timsolida qoʻshganiga sadoqatli oʻzbek ayoli ruhiyati ancha chuqur ochilgan. Meʼmorning gaplarini maʼqullab borayotgan ayol holati romanda shunday tasvirlanadi: “Aslida, hozir uning ...yuragi Hirotda qolib ketayotgan o‘g‘li Nizomiddinda edi... Tinib-tinchimas bu chol umr bo‘yi o‘z loyihalarini, chizmalarini Mas'uma bekaga gapirib keldi, aslida u uning loyihayu chizmalariga aslo tushunmasdi. Ammo qadrdonining tushunib bo‘lmas har bir chizig‘u xatlari ham qadrdon …bo‘lib tuyulardi unga. U Me'morning gaplarini e'tiroz bildirmay, sabr-toqat bilan eshitar, bosh qimirlatib tasdiqlardi”.
Boshqa oʻrinda meʼmor ruhiyatidagi yashirin poʻrtanalar ancha mahorat bilan aks ettiriladi: “Me'mor karvonsaroyga tushiboq, qizi bilan birga oqshom qorong‘usida jimirlab oqayotgan daryo bo‘yiga borib, yuz-qo‘llarini yuvib, bir-ikki qultum suv ichishdi. Bu suv umr bo‘yi ichib katta bo‘lgani Zarafshon suvidek totli edi. U daryo bo‘yida xufton namozini o‘qidi. O‘g‘lining ruhiga tilovat qilib, ko‘zidan yosh to‘kib baxshida qildi...” Bu tasvirda Amudaryo boʻyiga kelgan Buxoriy holati aks etgan. Garchi, romanda u bino yaratishdan boshqa narsani oʻylamayotganday, me’morning boshqa tashvishi yoʻqday koʻrinsa ham aslida oʻgʻlini bir zum unutmagani, uni deb chuqur iztirob chekayotgani, lekin buni atrofidagilarga bildirmayotgani anglashiladi.
Asarda meʼmorning oʻzgalarga oʻxshamagan feʼli, qismati ishonarli koʻrsatilgan. Jumladan, karvonni yoʻq qilib yuborishi mumkin boʻlgan dahshatli boʻronu girdibod vaqtida uning koʻz oldiga oʻxshashi yoʻq goʻzal qasr namoyon boʻlgani-yu shu ondayoq uning tarxini chizishga tushib ketgani holatlari tasviri timsolning betakrorligini koʻrsatishi jihatidan eʼtiborlidir. Ayni shu holatga Maʼsuma bekaning munosabati esa barcha ayollarniki kabi ekanini oʻquvchilar anglab yetsalar, maqsadga muvofiq boʻladi: “Hay, usta,- dedi Ma'suma beka, – shu paytda bu chiziqlaringiz kimning qulog'iga kiradi-a?! Halizamon ustimizdan qum bosib keladimi… Shogirdlaringizni o‘z holiga qo‘ying…
Asarda muallif voqealar tasviriga oʻzi koʻp ham aralashavermaydi. Shuningdek, obrazlar tabiatini ham tavsiflar bilan emas, balki xatti-harakatlari orqali koʻrsatishga intiladi. Chunonchi, dashatli boʻron paytida bir necha otning ketib qolgani, aravalarning shikastlangani, ancha narsaning yoʻqolganini koʻrgan meʼmor ot-aravalar egasi Xorunbekka koʻrgan ziyonni qoplashini aytganda, uning: “Bu Xudodan kelgan narsa, ustod, men bir ofat yetkazgan ziyon uchun haq olmayman”,- deyishi tasvirida har ikki timsolga xos ezgu sifatlar yaqqol namoyon boʻladiki, bularning oʻquvchilar tomonidan payqalishiga erishish oʻsmirlar maʼnaviyati shakllanishida muhim oʻrin tutadi.
Oʻqituvchi asarni oʻqish va tahlil qilish davomida odam deb atalmish yaratiqning juda murakkab ekaniga, u haqdagi mavjud tasavvurlar koʻp hollarda aldamchi boʻlishi mumkinligiga alohida toʻxtalishi zarur. Bu hol asardagi Gʻavvos Muhammad timsoli misolida koʻrsatilsa, ishonarli boʻladi. Chunonchi, dahshatli boʻron boʻlib oʻtgach, hamma garangsib, nima qilishni bilmay qolgan bir paytda Gʻavvosning daryogacha yugurib borib, chelak va xumda suv keltirib, karvondagi odamlar va otlarni aniq halokatdan saqlab qolgani tasviri kishi turli vaziyatlarda tamomila turlicha xatti-harakat qilishi mumkinligi, odamning biror tutumini koʻrib, u hamisha shunday qiladi deb hisoblash unchalik toʻgʻri boʻlmasligi anglab yetilsa, oʻquvchilarning shaxs sifatida shakllanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, safar davomida koʻpincha oʻzini chidamsiz va qoʻrqoq kishi sifatida tutgan Gʻavvos Muhammadning ilonni oʻldirib, hech narsadan choʻchimaydiganday tuyulguvchi Zavrakni qoʻrqitishi odamning naqadar oʻzgaruvchan, tuslanuvchan yaratiq ekanini anglab yetishga xizmat qilishi jihatidan muhimdir.
Uchinchi soatning bir qismi roman va uning turlari haqidagi maʼlumotlarni oʻrgatishga sarflaniladi. Unda roman janriga xos asarning xususiyatlari hamda turlariga toʻxtalib, roman toʻgʻrisida oldin shakllangan qarashlarga tahrir kiritilgani, ilgarilari romanning asosiy belgisi sifatida uning hajman salmoqdorligi, unda qatnashadigan obrazlarning koʻpligi sanalgan boʻlsa, endilikda bu koʻrsatkich muhim hisoblanmay qolganiga toʻxtalinadi. Shuningdek, romanning ikki kitobdan iborat dilogiya, uch kitobdan iborat trilogiya, toʻrt kitobdan iborat tetralogiya, besh kitobni oʻz ichiga oladigan pentalogiya singari turlari borligiga toʻxtalib, ularga misollar keltiriladi. Chunki aynan shu davrdan eʼtiboran ayrim oʻsmirlar roman janriga mansub asarlarni oʻqiy boshlaydilar.

OʻLMAS UMARBEKOV


Bir umr nasr va drama janrlarida ijod qilib oʻtgan boʻlsada, Oʻlmas Umarbekov lirik kayfiyatli ijodkor edi. U insonni anglashga, uning ruhiy dunyosiga kirib, odamning oʻyu tuygʻularini ichdan turib tasvirlashga intiladi. Shu bois uning koʻpchilik asarlarida samimiyat kuchli. Adibning bitiklarida oʻsha vaqtlarda rasm boʻlgan baqiriq-chaqiriqli zoʻraki mehnat romantikasi yoʻq. Yozuvchi odam va uning oʻylari, kechinmalari, orzu va armonlari haqida osoyishta hamda dard bilan qalam suradi.


Oʻlmas Umarbekov hikoyalarining qahramonlari − oddiy odamlar. Zohirda sodda, toʻpori koʻringan personajlarning botinidagi yuksak insoniylik sifatlari deyarli hamisha adib hikoyalarining magʻzini tashkil etadi. Yozuvchining shunday asarlaridan biri “Qiyomat qarz” hikoyasini oʻrganish uchun 7-sinf “Adabiyot” dasturida ikki soat vaqt ajratilgan. Bu vaqtdan oʻrinli foydalanib, asar qahramoni Sarsonboy otaning ruhiyatini tahlil qilish, uning koʻnglini bezovta qilib, jismini harakatga keltirgan sababni topish lozim boʻladi.
Oʻquvchilarda millatimizga xos omonatdorlik tuygʻusini shakllantirishni hikoyani oʻrgatishga bagʻishlangan saboqning tarbiyaviy maqsadi sifatida belgilash mumkin. Taʼlimiy maqsad qilib esa oʻquvchilarni hikoya mazmuni bilan tanishtirish hamda asardagi asosiy timsollarning mohiyatini anglatish tayin etilsa boʻladi. Rivojlantiruvchi maqsad oʻrnida esa oʻsmirlarda omonatga xiyonat qilmaslik, imonu eʼtiqodda sobitlik tuygʻularini qaror topdirishni olish mumkin.
Ushbu qoʻllanmaning boshida alohida taʼkidlanganidek, adabiyot saboqlarida darslikdagi biror asarning matni bilan tanishtirmay turib uning mazmunini oʻquvchilarga aytib berish mumkin emas. Balki asar matni bilan aynan darsda oʻqituvchining oʻqib berishi orqali tanishilishi shart. Oʻqituvchi ancha uzoq yillar boʻlib oʻtgan voqea aks ettirilgan asardagi muhim oʻrinlarga urgʻu beradi, tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlarga izohlaydi, ayrim tasvirlarni sharhlashi mumkin.
“Qiyomat qarz” hikoyasi oʻqib boʻlingach, asar qahramoni Sarsonboy ota timsoli tasviridagi har bir chizgiga oʻquvchilar eʼtibori tortilishi kerak. U – sirtdan qaraganda hech kimdan ajralib turmaydigan koʻp qatori bir qariya. Oqsoqol imon tuygʻusi kuchli ekani bilan boshqalardan farqlanadi. Ota omonatga xiyonat qilish mumkinligini xayoliga ham keltira olmaydi. Shu bois yigirma yillar oldin urushga ketayotib, unga ikki bosh qoʻyni omonatga qoldirgan Haydaralini tinimsiz soʻroqlab yuradi. Koʻzi tirigida oʻtgan yillar mobaynida koʻpayib, qirqtadan oshib ketgan qoʻylarni egasiga qaytarishni istaydi.
Oʻ. Umarbekov yoshligida yaratgan asarlaridayoq qariyalar tabiatini juda yaxshi biladigan va ularning oʻy-xayollari oqimi yoʻnalishini nozik fahmlaydigan sanʼatkor ekanligini koʻrsatgandi. Shu sababli ham uning deyarli barcha asarlaridagi qariyalar timsoli taʼsirchan va ishonarli tasvirlangan boʻladi. Sarsonboy ota timsoli tasvirida ham shu holatni koʻrish mumkin.
Yozuvchining tasvir mahorati nafaqat asar qahramoni Sarsonboy ota, balki Madumar, Haydarali, Zebi singari ikkinchi darajali obrazlar, hatto qariya choʻponning doimiy hamrohi toʻriq ot timsolini chizishda ham namoyon boʻlgan. Oʻ. Umarbekov ruhiy holat manzarasini ishonarli chiza biladi. Oʻquvchilar hikoyadagi “Sarsonboy ota endi uni bog‘lamaydi ham. Otning o‘zi shunday ustun tagiga kelib, uning tushishini kutadi-da ko‘zlarni yumib, keyingi bir oyog‘iga dam berganicha, joyidan qimirlamay turaveradi...” tasviri orqali chol bilan otning talay yillik sheriklar ekaniga, ota qoʻylarini omonatga qoldirib, urushga ketgan yigitni juda koʻp yillardan buyon izlayotganiga ishora qilinayotganiga diqqat qaratishlari kerak. Muallim quyidagi tasvirda yozuvchining otni shaxslantirib, odamga xos sifatlar bilan ziynatlayotganiga bolalar eʼtiborini tortgani maʼqul: “Sarsonboy ota ustun tagida otdan tushib, choyxonaga kirib ketdi. To‘riq og‘ir xo‘rsinib, atrofga qaradi”. Bu tasvirda gap xuddi odam haqida borayotganday, yozuvchi qari otning holatini koʻrsatish orqali Sarsonboy otaning ruhiy holatini vositali chizayotgani oʻsmirlar tomonidan tuyulishiga erishish lozim.
Oʻqituvchi hikoyada otaning ruhiy holati “Sarsonboy ota ...yuragini nimadir timdalab ketganday bo‘ldi. Lablari titrab, tuproqdek soqoli tortildi. Nimadir tomog‘iga tiqildi” tarzida chizilishining sababi qanday koʻrsatilgani yuzasidan savollar berib, oʻquvchilarni matn ichiga chuqurroq kirishga undashi lozim. Asarda oʻzbek qariyasining ruhiy dunyosi, eʼtiqod olami, uning barcha xatti-harakatlariga sabab boʻlayotgan maʼnaviy omil otaning: “Qiyomat qarz bu. Qarz bilan go‘rga kirmoqchimasman”,- degan soʻzlarida yaqqol namoyon boʻladi. Qiyomatda Yaratgan oldida hisob berishni oʻylaydigan har bir oʻzbekning qarzdan qoʻrqib yashashi, chin dunyoga yelkasidagi barcha qarzlardan uzilgan holda ketishni istashi cholning yuqoridagi iqrorida toʻla aks etgan.
Adib urushni laʼnatlab, uning dahshatli oqibatlari haqida yozib oʻtirmaydi, balki bir-ikki insoniy taqdir haqidagi axborotning oʻzi bilan uning naqadar ayovsiz hodisa ekanini oʻqirmanga tuydiradi. Sarsonboy otaning yolgʻizgina oʻgʻli urushda halok boʻlgan, Madumar choyxonachining oʻgʻlidan ham qora xat kelgan, otaga ikki qoʻyini omonatga qoldirgan Haydarali ham yigirma yildirki yoʻq. Mana shu ishoralarning oʻziyoq urush haqida oʻquvchilarda yaqqol tasavvur qoldirish uchun yetarli boʻladi. Hikoyadagi “Sarsonboy ota yana derazaga tikildi. Ko‘prik o‘tgan-ketganning ko‘pligidan... lapanglardi. O‘shanda ham shunday lapanglab turgan edi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish