Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva


Demak, yovvoyi ot butunlay foydasiz hayvon, qora yovvoyi ot undan ham oʻn baravar foydasiz ekan



Download 0,81 Mb.
bet26/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

Demak, yovvoyi ot butunlay foydasiz hayvon, qora yovvoyi ot undan ham oʻn baravar foydasiz ekan”.
Otlar oʻsha paytda katta boylik va mavqe belgisi sanalgan. Bu bilan bogʻliq bozorning shakllangani, otning asosiy transport vositasi boʻlgani uning qadri balandligiga sabab edi. Odamlar otlarni foydali va foydasizga ajratishgan. Qoʻlga oʻrgatib boʻlmaydigan yovvoyi otlar foydasiz sanalib, vahshiylarcha otib tashlangan. Yozuvchi mazkur qarashga birinchi bobda oʻz munosabatini ochiq bildirmagan boʻlsa-da, uning bu qotillikka qarshi ekani yovvoyi yoʻrgʻaning fermer va kovboylarga bepisandlarcha munosabatini yoqlashida bir qadar seziladi. Shu oʻrinda koʻzi toʻymaydigan dunyoparast odamlarning Yoʻrgʻaga oʻchakishganliklari sababi ham oʻsmirlarga oydinlashtirilishi lozim. Asarni diqqat bilan oʻqigan oʻquvchilar hech qiyinchiliksiz buni bilib oladilar.
Ikkinchi bobdagi voqea bayonchisi hikoyadagi boshqa odamlardan butunlay ajralib turadigan yagona qahramon. U 1893-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan voqeani soʻzlab beradi. Bu shaxs fermer Foster hamda manfaatparast Jolarning tayinlashiga qaramay, qulay va aniq imkon boʻlganda ham Yoʻrgʻani otib tashlamaydi. Bunga uning vijdoni, dunyoqarashi yoʻl bermaydi. Oʻquvchilar uning xarakteri, dunyoqarashi va ichki olami namoyon boʻlgan oʻrinlarni topib izohlashlari kerak. Mana, uning yovvoyi yoʻrgʻani ilk bor koʻrgandagi koʻnglidan kechgan oʻylari: “Koʻzimga yoʻrgʻa otlarning oti, dashtlarda chopib yurgan jamiki otlarning sarasi boʻlib koʻrindi, shunday noyob jonivorni nobud qilib, bir toʻda masaliqqa aylantirishga koʻnglim bormadi”.
Mana bu esa uning Yoʻrgʻani ataylab qochirib yuborgandan keyingi holati va oʻylari: “Turgan gap, Jek mening, qolaversa, miltigʻimning, yoʻrgʻaning nomiga koʻp nordon gaplar aytdi, men uning gaplaridan zavq oldim, zoʻr quvonch bilan qora yoʻrgʻaning chiroyi va qudrati haqida xayol surib qoldim. Yoʻq, qandaydir bir baytalni deb shunday yoʻrgʻaning yaltilloq terisiga dogʻ tushirgim kelmadi”. Bu qahramon yoʻrgʻani qoʻlga tushirish imkonini boy bergani uchun yonidagi odamning haqoratlariga chidaydi, xafa boʻlmaydi. Aksincha, tabiatning shunday goʻzal ijod namunasini qutqarib qolganiga xursand boʻladi. Oʻquvchilar bu qahramonni yozuvchining oʻzi deb bilsalar ham notoʻgʻri boʻlmaydi. Birinchidan, faqat shu bob muallif tilidan yozilgan, ikkinchidan, yozuvchining tabiatning har bir unsurini, uning har bir vakilini asrash lozim degan shiori shu oʻrinda ochiq ifoda topgan.
Ikkinchi soatda, aytilganidek, uchinchi va beshinchi boblar oʻrganiladi. Uchinchi bobda oʻsmirlar otlarni ovlash sanʼati, tadbirlari va jarayoni bilan tanishadilar. Avvalo, Yoʻrgʻa nima uchun bu qadar mashhur boʻlib ketgani izohlanadi. Hikoyada bu aniq va qisqa ifodada berilgan: “Yoʻrgʻalaganda oyogʻi umuman adashmaydigan aygʻirning dongʻi kun sayin oshdi. Uning epchilligi, yoʻrgʻasi, chayir tabiati xususida koʻz koʻrmagan sarguzashtlar gurungi boʻldi”. Xayoliga erk bergan oʻsmirlar yoʻrgʻaning, hatto hikoyada aytilmagan qirralari toʻgʻrisida ham soʻzlab berishlari mumkin.
Fermer Montgomer cholning qora aygʻir uchun ming dollar tikishi voqelar rivojida alohida oʻrin tutadi. Bu ishga juda koʻpchilik, jumladan, Jo ismli tadbirli kishi ham bel bogʻlaydi. Pulga oʻch, shafqatsiz Joning ayni paytda oʻz ishining ustasi ekani, otlarning jismoniy hamda reflektiv xususiyatlarini juda yaxshi bilishi eʼtiborsiz qolmasligi darkor. Uchinchi bobda otlarni ushlashning “otni boʻyin egdirib olish” hamda “tinchitish” singari ikki usuli borligi toʻgʻrisida tushuncha berilgan. Jo esa “Galma-gal ovlash” usulini tanlagan. Oʻquvchilar quyidagi savollarga javob izlashlari lozim boʻladi: Joning bu tanlovi toʻgʻrimi? Notoʻgʻri boʻlsa nima uchun? Toʻgʻri deb bilsangiz, unda nega bu usul ham natija bermadi?
Joning otlarga xos jismoniy xususiyatlarni juda yaxshi bilishi asardagi: “
Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish