Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet24/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

Tarbiyaviy maqsad – oʻquvchilarda ona oldidagi burchini anglash, milliy qadriyatlarga hurmat, ota yurt hamda bobolar ruhi oldida masʼullik tuygʻusini tarbiyalash.
Taʼlimiy maqsad – oʻquvchilarni shoir sheʼrlari bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish.
Rivojlantirish maqsadi – oʻsmirlarni yuksak insoniy fazilatlarni qadrlashga odatlantirish, boshqa inson iztiroblarini oʻz koʻngliga koʻchira bilish tuyg’usini shakllantirish.
Birinchi soatda shoirning “Bu – men tugʻilgan tuproq” sheʼri yoddan oʻqib beriladi. Sheʼr Mirtemirgagina xos ichki maromiy boʻlinishlarga ega. Oʻqiyotganda shunga eʼtibor beriladi. Sheʼr matni bilan tanishilgach, tahlilga oʻtiladi. Buning uchun darslikdagi savol va topshiriqlardan foydalaniladi. “Bu – men tugʻilgan tuproq” sheʼri – puxta kompozitsion yaxlitlikka ega asar. Tahlil jarayonida ham ana shu yaxlitlikka amal qilinishi lozim. Sheʼrning dastlabki bandi: “Bu – men tugʻilgan tuproq. Ha, men tugʻilgan tuproq” deb, ikkinchi band esa: “Bu – men tugʻilgan tuproq. Bu – men yoʻgʻrilgan tuproq” tarzida, uchinchi banddagi tasvir: “Bu – men tugʻilgan tuproq, bu – men ulgʻaygan tuproq” deya, soʻnggi band esa: “Bu – men umr koʻrgan tuproq, men bobo boʻlgan tuproq” satrlari bilan boshlanadi.
Nuktadon shoir misralardagi har bir juzʼiy unsurga ham zalvorli badiiy yuk orta bilgan. Birinchi va ikkinchi bandlarning birinchi misralari ikkita alohida gapdan iborat boʻlsa, uchinchi va toʻrtinchi bandlarning birinchi misralari vergul bilan ajratilgan qoʻshma gaplar bilan ifodalangan. Oʻqituvchi bularni nazardan qochirmasligi, oʻquvchilar diqqatini shu kabi nozik kuzatishlarga, javob topish mushkul boʻlgan holatlar ustida oʻylashga qaratishi darkor. Dastlabki misralarda lirik qahramonga ota makonning daxldorlik darajasi hali u qadar kuchli emas. Chunki qaysidir tuproqda tugʻilishning oʻzigina shu tuproqqa egalik tuygʻusini paydo qilavermaydi. Qahramon bu tuproqqa “yoʻgʻril”gach, daxldorlik avvalgi banddagiga qaraganda birmuncha kuchayadi. Uchinchi bosh misrada shoir lirik qahramon nomidan: “...men ulgʻaygan tuproq”,- deya eʼtirof qilmoqda. Bu – ota makonga bogʻliqlik ifodasi. Shu tuproqda tugʻilib, unga yoʻgʻrilgan, uning bagʻrida ulgʻaygan odamning: “Bu – men umr koʻrgan tuproq, men bobo boʻlgan tuproq” deyishi qahramonning bu maskanga chinorday tomir otganini bildiradi. Endi uni bu tuproqdan uzib boʻlmaydi. Vatan tuygʻusi – qahramon uchun juda aniq tushuncha. Shu bois tuproqqa noxolis qarovchilarga ham qahramonning munosabati bandma-band keskinlashib boradi.
Koʻpchilik ijodkorlar millat tarixining nurli nuqtalaridan, umuman, faxrlansalar, Mirtemir tarixni juda bevosita, qishloqcha bir doʻlvorlik bilan aniq his qiladi. Tahlil qilinayotgan sheʼrda ham tarixga murojaat, unga hamdu sano oʻqish boʻlmasa-da, oʻzi tugʻilgan tuproqni ulugʻlayotgan shaxs beixtiyor oʻzining tarixiy ildizlariga murojaat qiladi. Sheʼrda oʻrinsiz koʻtarinkilik yoʻq. Tuproq – unga shunda tugʻilgani, yoʻgʻrilgani uchungina emas, “Chingiz oʻqiga uchmish olis bobom xoki” boʻlgani uchun ham qadrli. Bu tuproq – lirik qahramon ulgʻaygan joy boʻlgani boisgina emas, balki “Oqposhshoning toʻpidan abjaq bobo xoki” boʻlgani sabab aziz. Shu tariqa lirik qahramonning tarixga daxldorligi tobora shaxsiylashib va chuqurlashib boraveradi. Uning ota yurtga muhabbati shaxsiy tuygʻudan ijtimoiy maqomga koʻtariladi. Oʻquvchilarga shuni sezdirish, chinakam sheʼriyatdagi barcha aʼzolarning umumiy mutanosiblikka, puxta chambarchas aloqadorlikka, uygʻunlikka ega ekanini tuydirish lozim. Oʻquvchi Turkistonning yuksak tepalaridan birida oʻtirib, yurt tuprogʻiga aylangan ota-bobolar haqida oʻy surayotgan inson holatini his qilsa, sheʼrning eng yashirin maʼnolarigacha tushunib yetadi.
Oʻquvchilar eʼtibori har bandning beshinchi-oltinchi misralari orqali lirik qahramonning ota makonni tavob qilishi manzarasi qanday chizilganiga qaratilishi kerak. Dastlab bu holat
Taqvodorday choʻk tushib, peshonamni qoʻyaman,
Onam kabi oʻpaman, qalb mehriga toʻyaman
tarzida beriladi. Lirik qahramon oʻz umri tarixning koʻlami oldida zarradan ham ushoq hodisa ekanini biladi. U tarixning yaratuvchilari boʻlmish bobolarini ulkan mehr bilan suyadi. Shu bois gap ular haqida borayotganda taqvodorday choʻk tushib ona yurtni tavob qiladn. Ikkinchi bandda ham uning ota makonga munosabati aynan shunday beriladi, faqat bandning ikkinchi misrasi: “Suygulimday quchaman, jamoliga toʻyaman” tarzida ifodalanadi. Shoir soʻz topa olmaganidan ikkinchi bandda ham “Taqvodorday choʻk tushib, peshonamni qoʻyaman” ifodasini qoʻllayotgani yoʻq. U ota yurt tuprogʻiga endigina yoʻgʻrilgan davridagi holati haqida soʻz yuritmoqda. Lirik qahramon hozircha shundan boshqasiga, ya’ni yurt tuprog’ini bor vujudi bilan tavob qilishdan oʻzgasiga qodir emas. Qahramonning ulgʻaygan vaqtdagi holatining manzarasi chizilgan uchinchi bandda bu vaziyat quyidagicha ifodalanadi:
Bir farzandday choʻk tushib, peshonamni qoʻyaman,
Kun oʻtmay sogʻinaman, oʻpib-oʻpib toʻyaman.
Endi lirik qahramon ota makon xizmatiga yaraydigan darajada. Shu bois vatan tuprogʻiga taqvodorday emas, farzandday choʻk tushadi. She’rning toʻrtinchi bandida ayni shu holat “Bir askarday choʻk tushib, peshonamni qoʻyaman, Fidoyiman, shaydoman, oʻpib-oʻpib toʻyaman” yoʻsinida ifodalanadi. Bu ifoda – juda ham aniq va haqqoniy. Endilikda bobo boʻlib yurt tuprog’iga chuqur tomir otgan qahramon bu tuproqning daxlsizligi uchun kurashga bir askarday shay ekanligini tushunish mumkin. Oʻqituvchi Mirtemir poetik tilining oʻziga xosligi, ayrim soʻzlarni biz odatlangandan koʻra boshqacharoq ishlatishi xususida ham toʻxtalib, “qurgʻoq”, “yayloq”, “juvari” soʻzlarining asl maʼnolari haqida ham tushuncha berishi lozim.
Ikkinchi soatda Mirtemirning “Onaginam” sheʼri bilan tanishib tahlil etish lozim boʻladi. “Onaginam” – farzand armoniga yaratilgan manzuma. Miyadan kirib, qalbni ayovsiz burovga olib tovondan chiqib ketuvchi, sira tugamaydigan va pasaymaydigan armon chulgʻab olgan insonning alamangiz ichki faryodi ifodasi bu sheʼr. Oʻtalmagan burch, toʻlash qiyomatgacha kechiktirilgan qarz azobi sababli shoir faryod qilgisi keladi. Ammo faryod qilib boʻlmaydi. Faryodsiz figʻonning, qonsiz fojianing sehrli tasviri bu sheʼr. U haqda suhbat uyushtirish juda ham qiyin. Chunki u – yaxlit bir kayfiyatning mukammal ifodasi. Shu bois, she’r badiiy yaxlitlik bilan tanishish tufayli oʻquvchilarda tugʻilgan yombi ezgu hissiyotlarni buzib qoʻymaydigan tarzda ehtiyotkorlik bilan tahlil qilinishi darkor.
Bu sheʼrni oʻqishning oʻzi ham bir sanʼat darajasida boʻlishi kerak. Sheʼr ruhiy holatning ifodasidan ham koʻra bu holatning oʻziga koʻproq oʻxshaydi. Chidab boʻlmaydigan ruhiy azob ham, boʻgʻizda qolib ketayotgan achchiq faryod ham qahramon tomonidan qanday his qilingan boʻlsa, misralarga shunday joylangan. Misralarning koʻplab zinapoyalarga boʻlingani, har xil uzun-qisqalikda ekani ham shundan. Shoir tuygʻuning tabiiyligini saqlash maqsadida oʻziga xos sheʼriy shakl yaratgan.
Asar tahlilida sheʼrda lirik qahramon holatining juda ham aniq berilayotganiga eʼtibor qaratilishi kerak. Uning qalbida paydo boʻlgan gʻashlik manzarasining juda nozik tovlanishlarigacha ifodalanishiga, uning taʼsir darajasiga diqqat qilish lozim. Gʻashlik keltirayotgan azob koʻpaygani sari marom-zarb tezlashaveradi. Tovonga chaqirtikanday qadalib boshlangan gʻashlik suyaklarni gʻajish darajasigacha rivojlanib keldi. Lekin hali uning sababi aytilgani yoʻq. Sheʼrdan sababi nomaʼlum boʻlgan katta fojia silqib turganday boʻladi. Nihoyat, qahramon holatining boisi oydinlashadi: U – “ayriliq azobida qoq yogʻochday qurib jon bergan onaning” baxtsiz farzandi. Onaning oldida toʻlanmay qolgan qarz yuki borgan sari ogʻirlashadi. Vaqt bu azob ustidan hokimlik qila olmaydi. Agar ona oldida bajarilmagan burch azobi boʻlmaganda qahramonda gʻashlik boʻlmasdi. Mabodo boʻlganda ham “yantoq oʻtinidek, tamaki tutunidek” tarqab ketardi.
Lirik qahramon oʻz hayotiga nazar tashlaydi. Uni dunyoga keltirib, oyoqqa qoʻygan onaizor uchun nima qilib bera oldi? Uning ruhini ona oldidagi qarzdan qutulish mumkin emasligi dahshatga soladi. Azob chekayotgan lirik qahramon – oliyjanob qalb egasi. Oʻzini imtihon qilish, vijdonini soʻroqqa tutish – shunday zotlarga xos xususiyat. Agar sheʼr tahlili onani qadrlamaslik qanday oqibatlarga olib kelishini koʻrdilaringmi qabilida nasihatomuz olib borilsa, poetik goʻzallikdan hech narsa qolmaydi. Oʻquvchilar his qilish imkonidan mahrum boʻladilar. Ularning maʼnaviy olamlariga ochilgan ruhiy darcha befarosatlik bilan berkitilgan boʻladi.
Sheʼr lirik qahramoni oʻz xatti-harakatlarini nazardan oʻtkazgani, oʻzini ayovsiz imtihon qilgani sari tasvirdagi fojiaviy ruh kuchayaveradi, dramatizm quyuqlashadi. Qahramonni togʻday zil armon ayovsiz ezadi. Taskin berguday narsa yoʻq. U iztirob oʻtida qovurilmoqda. Faqat bir holat azobli vaziyatni ozroq yumshatishi mumkin. Bu ham boʻlsa lirik qahramon onasiga qilolmagan xizmatni “jindak zehni, jindak sheʼri, jindak gʻazalxonligi” bilan eliga baxshida etgan. Shundan tasalli izlaydi, zero:
Elga xizlatim – senga xizmatim emasmi axir,
El meni farzandim demasmi axir!
Lirik qahramon ruhiy azoblardan poklanishni istaydi, “odam sanal”ishga intiladi. Chin odamlik yoʻlidagi iztiroblar ildizini oʻquvchilarga tuydirish kerak, toki ular oliyjanoblikning yoʻli – oʻz-oʻzini toblash yoʻli, kamolot yoʻli – oʻzidan kechish va oʻzidan qoniqmaslik yoʻli ekanini anglasinlar.
“Onaginam”ning taʼsirchanligi sababi unda sanʼatkor yoniq yuragining juda yorqin ifodalanganidadir. Sheʼrda kutilmagan qurilmalar, juda ham inja kuzatishlar koʻp uchraydi. Oʻquvchilar ana shunday oʻrinlarni topishga odatlansinlar. Soʻzning goʻzalligi shu tariqa xis qilinadi. Gʻashlik haqidagi barcha sifatlashlar tugay deganda shoir yozadi: “Gʻashimga tekkuvchi – gʻashlik”. “Teguvchi” emas, “tekkuvchi” ekaniga eʼtibor qilish lozim. Shunga eʼtibor qilingandagina sheʼrning haqiqiy taʼmini tuyish mumkin. Sheʼrda: “Onalik mehriga toʻymagan mehrim” degan ifoda bor. Bu shoirning inson hissiyotlari darajasini juda ham aniq tasavvur eta bilgani va uni badiiy ifodalash qudratiga egaligi samarasidir.
Oʻquvchilar sheʼrdagi murakkab oʻxshatishlar silsilasi zamiridagi goʻzallikni kashf etishga urinishlari kerak. Buning uchun shu haqda oʻylashga oʻrganish lozim. Aks holda sheʼrdagi poetik kashfiyotlar payqalmay qoladi. Payqab olinmagan goʻzallikning esa qimmati boʻlmaydi. Oʻquvchilar:
Menda gʻashlik netardi?
Yantoq oʻtinidek,
Tamaki tutunidek,
Tong paytida taralgan badbaxtlik tunidek –
Cheksiz fazolarga tarqab ketardi!
misralaridagi oʻxshatishlar tizimi mohiyatini tushunishga intilsinlar. Ehtimol, oʻquvchilar yantoq oʻtini va tamaki tutuni juda tez tarqab ketadigan tutunlar, shoir oʻz holatini shularga oʻxshatmoqda deb javob bera olishar va bu javob, asosan, toʻgʻri. Lekin “tong paytida taralgan badbaxtlik tunidek” degan oʻxshatish ustida bosh qotirishga toʻgʻri keladi. Bu yerda oʻqituvchi bosinqirab, yomon tush koʻrgan, uyquda ekanligini sezgan-u uygʻona olmay qiynalib yotgan odam holatini oʻquvchilar yodiga tushirishi kerak. Tong otishi, odamlar uygʻonishi bilan bu xildagi tushlar barham topadi. Shoir odamzotning shu holatidan ham poetik foyda chiqara olgan.
Oʻquvchilar lirik qahramon nadomatlarining eng avj nuqtasini aniqlashga urinishlari kerak. Inson hamisha ham bir xil ruhiy holatda turavermaydi. Demak, inson ruhiy holatining gʻoyat quyuq ifodasi boʻlmish mazkur sheʼrda ham shunday baland-pastlik boʻlishi kerak. Lirik qahramon holati yuraklarni vayron etadigan darajaga yetganda, “Odam boʻldimmi menam”,- degan anduh yuzaga keladi. Bizning nazarimizda, inson ruhiy poʻrtanalarining choʻqqisi shu badiiy kenglikka joylashgan. Lirik qahramon sof adabiy tilda gapirmaydi. Didli sheʼrxonning nazarida, qahramon aynan shunday deyishi kerakday tuyuladi. Chunki uning nutqi tabiatiga mos. U boshqacha soʻzlay olmaydi. Ayniqsa, tasvirlanayotgan holat undan ayni shu nutqiy shaklni talab etadi. Sheʼrning:
Seni jindak xushvaqt qilgani,
Seni jindak xushbaxt qilgani,
Tagsiz jarlardan oʻtolmaganim,
Seni soʻnggi yoʻlga oʻzim kuzatolmaganim –
Togʻday zil,
Abadiyatday cheksiz armon boʻlib qoldi dilimda,
onaginam!
satrlari oʻquvchilarni oʻylashga, mulohaza yuritishga chorlaydi. Avvalo, dastlabki ikki misra bir-biridan bor-yoʻgʻi birgina tovush bilan farqlanadi. Nega shunday qilindi ekan? Nahotki, shoir azbaroyi misralarni koʻpaytirish uchun ikkinchi qatorni bir tovush oʻzgartirib takrorlagan boʻlsa? Oʻquvchi bu haqda oʻylanishi lozim. Buning uchun oʻsha bir tovush tufayli paydo boʻlayotgan ikki xil maʼnoni anglab yetish kerak boʻladi. Agar bolalar tushunishga qiynalishsa, xushvaqt va xushbaxt soʻzlarining maʼnolarini oʻrtaga savol tashlash yoʻli bilan oydinlashtirib olish lozim boʻladi. Soʻng bolalar “togʻday zil” birikmasining bir misra sifatida yozilishi sababini topishga urinishlari kerak. Ikkitagina soʻz alohida qatorga joylashtirilishi bilanoq sheʼrxonni armonning togʻday zil yuki bosganday boʻladi. Oʻquvchi abadiyatning cheksizligini tasavvur qilolmasligi aniq, lekin togʻning zildayligini his etadi. Tahlil soʻngida bolalardan sheʼrdan olgan taassurotlari, chiqargan xulosalari haqida soʻrash maqsadga muvofiq. Ular, albatta, onalarni tirikligida gʻanimat bilish, qadriga yetish, doimo eʼzozlash, ularning xizmatini qilish farz hamda sharaf ekanligini anglab yetgan boʻladilar.
Uchinchi soatda shoirning “Toshbu” nomli voqeaband sheʼri tahlil etiladi. Sadoqat va bardoshning timsoli sifatida tasvirlangan Toshbu toshdan qilingan emas. Garchi ismi Toshbu boʻlsa-da, insoniy ojizliklar unga ham xos. Yoʻqchilik, ogʻir mehnat, sogʻinch azobi uni ham qiynaydi. “Xilvatda sim-sim toʻkilgan” yoshlar ana shu holat ifodasi. Toshbuda imon - butun. Mirtemir imoni salomat, ham oʻzining, ham jangdagi xoʻjasining, ham farzandlarining shaʼnini begʻubor saqlash uchun hamma narsaga chidaydigan, har qanday toʻsiqni yengishga qodir oʻzbek ayoli obrazini yaratishga tutingan.
Bir qaraganda, Toshbu obrazi – oʻta shaxsiy hodisa ifodasi. Chunki u oʻz olamiga ega jonli odam sifatida tasvir etilgan. Ayni vaqtda u – millat ayoli timsoli. Toshbuning harakatlari, oʻy va kechinmalarida buyuk bir tabiiylik, samimiylik, chinlik bor. Oʻqituvchi ayni shu xislatlar qay tarzda aks ettirilganiligini darslikdagi didaktik materiallarga tayangan holda oʻquvchilarga koʻrsatishi kerak.
Sheʼrda millatimiz ayollariga xos odatlarga juda nozik ishora bor. Ohorli kiyimlar, taqinchoqlar yonida xoʻjasi bor ayollarga yarashadi. Hamonki yor olisda ekan, yasanish – nojoiz. Toshbu ham bir ayol sifatida yaxshiroq kiyingisi, chiroyliroq koʻringisi keladi. Goʻzalroq boʻlishga urinish ayol zotining mohiyatini belgilaydigan xislat-ku. Toshbu oʻzbek ayoli ekani bois nomusi, shaʼnini orzu-istaklaridan ustun qoʻya biladi. Oʻzini, istaklarini yengib yashay oladi. Oʻzini yenga bilgan odamgina oʻzga ustidan gʻolib kela oladi. Satrlar qatiga joylangan ana shu maʼnoni oʻquvchilar payqashlari kerak.
Sheʼrniig yakunlovchi qismida Toshbu tabiatidagi sadoqat tuygʻusi tufayli shoirda paydo boʻlgan hayajon avj nuqtaga koʻtariladi. Shu bois yakuniy misralarni xotirjam oʻqib boʻlmaydi. Mirtemirning mahorati sabab sheʼrxon ham ruhiy muvozanatdan chiqib, shoirning kayfiyatini oʻziga yuqtiradi:
Seni sal xoʻrlagan sira insonmas,
Koʻzlaringda gʻurur va baxtdan yosh bu...
Sensiz Oʻzbekiston – Oʻzbekistonmas,
Sensiz keng jahon ham sira jahonmas,
Toshbu!
Real odamning ideal tarzda ishlangan obrazi oʻquvchi hissiyotini junbushga keltiradi. Oddiy odamning murakkab taqdiri orqali sadoqat haqida bu qadar moʻʼjizakor asar yaratish faqat chin sanʼatkorning qoʻlidan keladigan ishdir.
Shuningdek, darslikda shoirning “Betobligimda”, “Shudring”, “Qishlogʻim” tarzida nomlangan gʻoyat dilbar sheʼrlari ham berilgan. Bu uch sheʼrning har birini yuqorida tahlil qilingan katta sheʼrlardan biriga ajratilgan vaqt orasida oʻqib berish va oʻquvchilar bilan birga tahlil qilish lozim boʻladi.

XAYRIDDIN SALOH


Dasturga koʻra shoir Xayriddin Salohning “Yulduzlar afsonasi” balladasini ikki soat mobaynida oʻrgatish va ballada janri haqida nazariy tushuncha ham berish koʻzda tutilgan. Darslikda esa shoirning “Yulduzlar afsonasi” balladasidan tashqari “Koʻkrak ochdim shamollarga” hamda “Yer va ter” singari kichik hajmli ikki sheʼri ham berilgan. Agar adabiyot oʻqituvchisi hajman kichik bu asarlarni bir soat vaqt davomida oʻta olishiga koʻzi yetsa, “Mirtemir” mavzusida aytilganidek, X. Salohga ajratilgan ikki soatning birini Mirtemir sheʼrlarini oʻrgatishga olib, qolgan bir soatda Xayriddin Saloh asarlarini oʻrgatishga bagʻishlashi mumkin. Shuningdek, darslikda berilgan ikki kichik sheʼrni oʻtish dasturda koʻzda tutilmagani uchun ularni oʻquvchilarga mustaqil oʻqishga topshirsa ham boʻladi.


Yulduzlar afsonasi” balladasida insoniyat uchun hamisha sirli va tushunarsiz boʻlgan yulduzlar haqidagi afsona sheʼrga solingan. Ballada keksalar orasida keng tarqalgan har kimning oʻz yulduzi bor degan qarashning ifodasi bilan boshlanadi: “Bobolarning gapi shunday: “Har kechaning kunduzi bor, Har kimning o‘z nasibasi, har kimning bir yulduzi bor”. Asarning keyingi tasvirlari ana shu yondashuvning mantiqiy davomi oʻlaroq yuzaga kelgan:
Gar tug‘ilsa biror go‘dak, derlar: “Ortdi yulduz soni,
Yana bitta mayoq bilan boyib qoldi yurt osmoni”.
Biror yulduz uchsa, derlar: “Kimdir o‘tdi bu olamdan,
Ko‘hna dunyo ajrab qoldi, evoh, yana bir odamdan”.
Chindan ham “har kimning bir yulduzi bor” boʻlsa, har bir odam oʻz yulduzi bilan tugʻiladi va uning hayotdan ketishi yulduzining soʻnishiga sabab boʻladi. El orasida ancha keng tarqalgan bu yanglish qarash balladada shoir tomonidan ancha taʼsirli aks ettirilgan.
Shoir yulduzlar haqida juda koʻp afsonayu rivoyat eshitganini: “Eshitganman yuztasini, eshitganman mingtasini”,- deb taʼkidlar ekan, “O‘shalardan so‘zlab beray faqatgina bittasini”,- deya oʻz xizmatini taklif qiladi. Shoirni afsona soʻzlashga undagan sabab xalq orasida Yetti qaroqchi deb atalgan yulduzlar turkumining Hulkar yulduzining qizini oʻgʻirlab ketganidan darak berish edi. Osmonu yerdagi bir koʻp yaratiqlarni bezovta qilgan, Yetti qaroqchi yulduzlarini jinoyatga qoʻl urishga olib kelgan sabab Hulkar yulduzining goʻzallikda tengsiz qizi ekani asarda koʻrsatiladi:
Qadim Hulkar yulduzining suluv qizi bo‘lgan ekan,
Bodom qovoq va oq tomoq, yuzi lo‘ppi to‘lgan ekan.
Uni sevib onajoni baxmallarga o‘rar ekan.
Qizchasida istiqbolni aniq-ravshan ko‘rar ekan.
Hulkarning qizi suluvligi bilan nafaqat Yetti qaroqchi, balki kunduzi quyoshni, kechasi oyni, tunu kun tinim bilmaydigan shoʻx buloqni, xiyobonlardagi gullarni, erkin oʻynab yurgan yellarni ham oʻziga tashna oshiq qilgan ekan:
Boqmoq uchun qiz yuziga kunduz quyosh, tun oy xumor,
Koshki unga ko‘zgu bo‘lsam, deya hatto sho‘x soy xumor.
Uning yorqin chehrasiga xiyobonda gullar tashna,
Yuzlarini silab-siypab o‘tsam, deya yellar tashna
Shunchalar suluv qizaloqni kunlardan bir kun birortasi hamisha sergak turadigan Yetti qaroqchi yulduzi Hulkarning koʻzi ilingan paytdan foydalanib, oʻgʻirlab ketadi. Hamisha hushyor Hulkarning dogʻda qolish sababi asarda: “Oltitasi uxlasa gar, turar ekan biri soqchi” tarzida asoslanadi.
Bolasidan ayrilgan ona holati asarda ancha taʼsirchan aks ettirilgan. Balladada Hulkar yulduzining tutumlari shaxslantirib koʻrsatilgan. Uning harakatlari yulduzning emas, balki odamning, odam boʻlganda ham farzandini oʻgʻirlatgan haqiqiy onaning xatti-harakatlari singari tasvirlanadi:
Ona yo‘lga tushibdi-yu, go‘dagini xo‘p izlabdi.
Xo‘p yig‘labdi, ovunibdi, so‘ngra yana xo‘p bo‘zlabdi...
Bir nafasda tushar ekan jarliklarga sakrab tikka,
Bir nafasda ko‘tarilar qorli toqqa – yuksaklikka.
Farqi yo‘qdir unga sira tunmi-kunduz, baland-pastmi,
Kechalari tunab qolar barra o‘tmi, poxol, xasmi.
Anchagina taʼsirli bu ifodalar Hulkar yulduzlar toʻdasining Yetti qaroqchi yulduzlari bilan hech qachon yaqinlashmasligi, bir-biriga duch kelmasligini xayoliy bir yoʻsinda oʻziga xos asoslash niyatida yaratilgan. Ballada ushbu holat shunday aks ettirilgan: “Shundan beri quvsa Hulkar qochar yetti tund qaroqchi”. Ushbu tasvirda holat haqida muallif axborotidan tashqari, uning munosabati ham sezdirmaygina aks ettirilgan. Yetti qaroqchininig shoir tomonidan “tund” tarzida sifatlanishi oʻquvchida ham unga salbiy munosabat paydo qiladi. Yetti qaroqchi turkumining hamisha Hulkardan uzoq turishi shu tariqa afsonaviy libos bilan ziynatlangan.
Ballada soʻnggida shoir asar voqealariga bevosita aralashib, unga munosabat bildiradi. Afsonayu ertaklarni koʻp eshitganini, yolgʻonlarini yoqtirmay, chinlarini eslab qolganini, bobolar soʻzida ilmu hikmat borligi sabab, unda bu soʻzlarga sadoqat borligini qayd etadi:
Bu afsona go‘daklarni jalb etmoqqa juda qulay,
Bunday qadim ertaklarni tinglaganman men bir talay.
Eshitganman parilari, alvastisi, jinlarini,
Xushlamadim yolg‘onlarni, eslab qoldim chinlarini.
Ha, bobolar so‘zlarida qancha ilm va hikmat bor,
Shuning uchun keksalarga menda cheksiz sadoqat bor.
Toʻgʻrisini aytganda, ballada badiiy jihatdan uncha mukammal emas. Asarda shoirning tasvir mahorati yaqqol koʻzga tashlanadigan ifodalar koʻp emas. Shuningdek, bolalar izlab kashf etishlari mumkin boʻlgan tagmaʼnolar ham yoʻq hisobi. Lekin ushbu asar osmonni bolalarga yaqinlashtirgani, ularning xayolot dunyosini bir qadar kengaytirishga xizmat qilgani bilan diqqatga loyiqdir.
Shuningdek, darslikda shoirning “Ko‘krak ochdim shamollarga” deb nomlangan sakkiz va yetti boʻgʻinli misralardan iborat oʻn ikki qatorli sheʼri ham berilgan. Bu sheʼrda qalbini shamollarga ochgan, ularga kuy bastalab, bogʻiga chorlagan, evaziga shamollar dimogʻiga xushboʻylar sochib, gʻunchalarini ochib ketgan lirik qahramonning romantik holati aks etgan.
Darslikdagi “Yer va ter” deb atalgan sakkizlikda intilish, fidoyilik hech qachon siylanmay qolmasligi ancha taʼsirli yoʻsinda aks ettirilgan. Yer odamni toʻydiradi, lekin buning uchun odam ham ter toʻkishi lozim boʻladi. Tandir lovillab yonmaganda non shirin boʻlmagani kabi inson ham yerga ter toʻkmaganida uning emgagi natijasi nonday aziz boʻlmasdi degan fikr chiroyli ifodasini topgan:
Buncha shirin bo‘lmas edi non, –
Tandir lov-lov qo‘rin bermasa.
Nonday aziz bo‘lmasdi inson –
Yerga manglay terin bermasa.
Saboq soʻngida oʻquvchilarga ballada janridagi sheʼr haqida nazariy tushuncha beriladi.
ERNEST SETON-TOMPSON

Jahon adabiyoti tarixida tabiat va insonning oʻzaro munosabati haqida yaratilgan va yaratilayotgan badiiy asarlar juda koʻp. Biroq ularning orasida taniqli adib va rassom Ernest Seton-Tompson asarlari badiiy yuksakligi, ma’no teranligi hamda gʻoyat qiziqarli syujetga egaligi bilan ajralib turadi. Bizning kunlargacha mashhurlik supasidan tushmay kelayotgan adib ijodi uchun dasturda uch soat vaqt ajratilgan. Ushbu darslarning birinchi soati uchun pedagogik maqsadlarni quyidagicha belgilab olish mumkin:



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish