Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet25/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

a) tarbiyaviy maqsad – oʻquvchilarda tabiat uchun javobgarlik hissini, jonivorlar kechinmalarini anglash tuygʻusini uygʻotish;
b) taʼlimiy maqsad – yozuvchining hikoyasi bilan tanishtirish, oʻquvchilarning jonliqlar olami tasvirlangan asarlarni tahlillash malakasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad – oʻsmirlarning tabiat va inson birligi borasidagi tasavvurlarini boyitish, ularda jonivorlarga ayovli munosabatni tarkib topdirish.
Darslikda “Yovvoyi yoʻrg’ahikoyasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi boblari berildi. Ushbu materiallar quyidagicha taqsimlanishi mumkin: birinchi soatda birinchi va ikkinchi boblar oʻqiladi; ikinchi soatda uchinchi va beshinchi boblar oʻrganiladi; uchinchi soatda oltinchi bob oʻqilib, hikoya yuzasidan umumlashtiruvchi tahlil hamda suhbat oʻtkaziladi.
Darslikda tarjimon Togʻay Murodning “Yovvoyi yoʻrgʻa” kitobi nashriga yozgan soʻz boshisi biroz qisqartib yozuvchi biografiyasi oʻrnida berilgan. Uning gʻoyat ibratli va qiziqarli boʻlgan hayot yoʻli haqida dastlabki soatda qisqagina maʼlumot berish mumkin. Darslikda yozuvchi hayoti va ijodiga oid ikki savol-topshiriq berilgan. Birinchi topshiriqqa koʻra oʻquvchilar adibdagi isteʼdod qirralari bolaligida qay tariqa namoyon boʻlganligini koʻrsatib berishlari kerak. Oʻz xotirasida aytganidek, olti yoshlarda ekanida qish kunlari qushchaning sayrashini eshitib yigʻlab yuborishi uning tabiatga mehridan, tabiatni his qilishidan, oʻzini uning bir boʻlagi deb bilishidan va bu borada tugʻma isteʼdodga ega ekanidan darak berardi. Ikkinchi bir hodisa uning oʻquvchilik yillari hayvonot haqidagi kitob sotib olishi voqeasidir. Bunda bola Ernestning oʻz intilishi yoʻlida juda tirishqoq boʻlgani, har qancha zahmat, qiyinchilik koʻrib boʻlsa ham maqsadga erishgani uning bolalikdan katta iroda va salohiyat egasi boʻlganini tasdiqlaydi. Gʻoyat qiziqarli hamda ibratli bu holat shaxs sifatidagi xarakteri, dunyoqarashi shakllanayotgan oʻsmirlar hayotida muhim oʻrin tutishi mumkin. Ikkinchi savolga koʻra bolalar Seton-Tompsonning muvaffaqiyati va mashhurligining boisini aniqlashlari kerak. Oʻquvchilar bu savolga birdaniga toʻla javob bera olmasligi mumkin. Oʻqituvchi muhokamada qatnashayotgan har bir oʻquvchining javobini eshitib, kerak boʻlsa, biroz tahrir qilib, sinf taxtasiga yozib borishi kerak. Barcha fikrlar jamlanib, yaxlit javob shakllantiriladi. Bu taxminan quyidagicha boʻlishi mumkin:
Seton-Tompson tabiatga bolalikdan mehr qoʻyib, ehtirom koʻrsatgan.
Tompson hayvonot va nobotot dunyosi vakillariga xuddi insonlarday munosabatda boʻlgan.
Adib tabiatan tirishqoq, irodali boʻlgani uchun koʻzlagan maqsadiga erishmay qoʻymagan, hech ishni chala tashlamagan.
U mohir animalist (jonliqlar suratini chizadigan) rassom boʻlgan.
Seton-Tompson tabiatni tadqiq etgan bilimdon olim edi.
U jonivorlarni tushunadigan, ularning har kim ham ilgʻay olmaydigan ichki olamini qalb koʻzi bilan koʻra olgan isteʼdodli yozuvchi sanaladi.
Shu fazilatlar birlashib, Ernest Seton-Tompson shaxsiyatini namoyon etadi.
Hikoyaning birinchi bobi oʻqilar ekan, oʻquvchilar eʼtibori kitob yozilgan, undagi voqealar yoritilgan davrda hayvonlarga, xususan, yovvoyi otlarga munosabat qanday boʻlganiga qaratiladi. Bu masalani oydinlashtirish uchun ushbu parchalar tahlilga tortiladi: “Koʻp podachilar yovvoyi otlarni otadi. Boisi, ular nafaqat yaylovlarni tepkilab, bulgʻab ketadi, yana tagʻin uy otlariniyam yoʻldan urib, ergashtirib ketadi. Oqibat, uy otlariyam tez orada yovvoyilashib qoladi”.
Otlarning feʼl-atvorini uzoq oʻrgangan Kalon Jo shunday fikrlaydi: “Men haligacha yuvosh emas boʻz otni koʻrganim yoʻq. Asov emas toʻriqniyam koʻrmadim. Agar qora toʻriqni yaxshilab minib oʻrgatsa, undan baraka topsa boʻladi. Ammo-lekin qora ot eshakday oʻjar, itday qahrli keladi. Qora otda tirnoq boʻlsa, arslonniyam gumdon qiladi!

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish