Yakuniy bosqich 60—65 yoshni qamrab oladi va xodim pensiyaga
chiqish taraddudini ko’radi. U o’ziga munosib vorisni tayyorlash
harakatiga tushadi. Ana shu davrda lavozimda o’sish (kar’era) tanglik
xususiyatiga ega bo’lsa ham xodimlar o’z ishlaridan tobora kamroq
qoniqish hosil qilishlariga qaramasdan o’zlari va tengdoshlaridan
g’ururlanish hislari juda kuchli bo’ladi.
Mazkur bosqichda xodimlar ish haqi darajasi barqaror bo’lishini
xohlaydilar, pensiyaga chiqqanlaridan so’ng oladigan pensiyalari
miqdoriga qo’shimcha daromad topish harakatida bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |