Dastlabki bosqichda inson maktabda o’qiydi, o’rta maxsus, oliy
ma’lumot oladi. Bu odatda 25 yoshgacha davom etadi. Ana shu
davrgacha o’zining ehtiyojlari va imkoniyatlariga javob beradigan
faoliyat turini topish uchun bir necha xil ish bilan shug’ullanishi
mumkin. Agar u shunday faoliyat turini topa olsa, uning shaxs sifatida
ijtimoiy shakllanishi boshlanadi.
Tiklanish bosqichi taxminan besh yil — 25 dan 30 yoshgacha
davom etadi. Ana shu davrda xodim kasb egallaydi, zarur ko’nikmalar
hosil qiladi, uning malakasi shakllanadi, mustaqillikka erishishga ehtiyoj
tug’iladi. Odatda shu davrda inson oila quradi. Shuning uchun uning
mehnatiga to’lanadigan haq miqdoriga qiziqishi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |