5. Boshqarishning yuqori bosqichlari. Menejerlar yuqori
lavozimlarga ko’tarilganlaridan so’ng ular faoliyati faqat tor
vazifalarni hal etish bilan chegaralanib qolishi xavfi
mavjuddir. Shuning uchun ularda kompaniya yoki firma
faoliyatini strategik nuqtai nazardan baholash hamda barcha
ishlarning ahvoli uchun mas’uliyatni o’ziga ola bilish
sifatlarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. Korxona
strategiyasini shakllantirish yoki uzoq muddatli strategik
rejalashtirish bu bosqichga xos xususiyat hisoblanadi.
Hamma ham bu ishning uddasidan chiqavermaydi. Strategik
darajada samarali boshqaruv ham kasbiy, ham ma’muriy
tajriba mavjud bo’lgandagina ta’minlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |