Mehnat kodeksi — mehnat to’g’risidagi qonunlar majmui.
Mehnat nizolari — ish beruvchi hamda xodim yoki xodimlar jamoalari o’rtasida qonunlar, me’yoriy hujjatlar, jamoa kelishuvlari, mehnat shartnomasi bilan belgilab qo’yilgan mehnat shartlari qo’llanishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar.
Mehnat resurslari — mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi. O’zbekiston Respublikasida 16 yoshdan 54 yoshgacha bo’lgan ayollar, 59 yoshgacha bo’lgan erkaklar mamlakat mehnat resurslarini tashkil etadi.
Mehnat staji — xodimning belgilab qo’yilgan tartibda hisoblanadigan mehnat faoliyati davri.
Mehnat shartnomasi — xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha, haqevaziga muayyan ishlarni bajarish haqidagi o’zaro kelishuv.
Mehnatni tashkil etish — korxonada ish jarayonini uyushtirish tartibi vatamoyillari.
Moddiy manfaatdorlik — guruhjamoasi va ayrim xodimning o’z iqtisodiy va mehnat faoliyatlari yuqori samarali bo’lishidan manfaatdorlikka va faollikka undaydigan tamoyillar.
Moddiy farovonlik — insonlar moddiy ehtiyojlarining qondirilishi darajasi.
Muzokaralar — bu, ixtiloflarni hal qilish vositasi sifatida taktik usullarning majmuidan iborat bo’lib, qarama-qarshi tomonlarning o’zaro maqbul echimga kelishlariga qaratishidir.
Muntazam rahbarlar — bu, korxona va tashkilotlar asosiy faoliyatida band bo’lgan bo’linma rahbarlaridir. Funktsional rahbarlar deganda, asosiy faoliyatda bevosita ishtirok etmaydigan bo’linma rahbarlari tushuniladi.
Mutaxassislar — bu, boshqaruvga doir qarorlar tayyorlash va ishlab chiqish funktsiyasini bajaruvchi xodimlardir.
Nafaqa — muhtoj odamlarga davlat, korxona, tashkilot va ayrim shaxslar tomonidan beriladigan yordam puli.
Namunaviy shtatlar — tashkilotlar, muassasalar va korxona-larning maqsadlari, vazifalari, funktsiyalari va ishlab chiqarish dasturlarining bajarish uchun kerak bo’lgan sonini ko’rsatgan holda doimiy ishchilarning lavozimlar ro’yxati.
Obligatsiya (lotincha — “majburiyat” so’zidan) — qiymatiga nisbatan egasiga qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz, qarzni qaytarib berish va foiz to’lashni tasdiqlovchi majburiyatnoma.
Optsion (nemischa — “tanlash”, “istak” so’zidan) — sotuvchi yoki xaridorlarga qimmatli qog’ozlar yoki to’lovlarni muayyan muddat davomida belgilangan narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma.
Pensiya — (lotincha — “to’lov” so’zidan) — fuqarolarga qonunda belgilangan hollarda muntazam va odatda umrbod to’lanadigan to’lovlar, ijtimoiy ta’minot shakli. YOshga doir, nogironlik, boquvchisi yo’qotilganlik pensiyalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |