Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

D ishan qal’a 
— Tashqi shahar (qal’a) deb nomlana boshlangan.
Xivaning kichik halqali qal’a-devori bilan o‘ralgan qismi 
Ichan
qal’a 
— Ichki shahar (qal’a) deb atalgan.


Xiva. Ichan qal’a.
Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 
17 masjid, 22 madrasa mavjud bo‘lgan.
Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan Markaziy Osiyodagi yirik 
va noyob m e’moriy yodgorlikdir. U „ming gumbaz shahri“ nomi 
bilan mashhur. Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) 
qismidir.
T , 
Ichan qal’a Dishan qal’adan devor bilan
с an qa a 
ajralib turadi. Unga Bog‘cha, Polvon,
Tosh va Ota deb nomlangan to ‘rtta darvoza orqali kirilgan.
Xorazm o‘lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari — madrasa, 
masjid, saroy va minoralar Ichan qal’ada joylashgan.
Mazkur asrlar davomida Ota darvozadan Polvon darvozagacha 
katta yo‘l o‘tkazildi. XVIII asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va 
uning yonida baland minora ham qad ko‘tardi.
1840—1842-yillarda ikki qavatli Qutlug‘ Murod Inoq mad- 
rasasiga qaratib tim va toqilar qurildi.
Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Amin­
xon hukmronliklari davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli yara- 
tuvchilik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa, 
maqbaralar barpo etildi. Ko‘lma arkdagi saroy qurilishi tugallandi. 
Yangi va katta Toshhovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin 
qo‘rg‘on devorining bir qismi buzilib, o‘miga Olloqulixon karvon- 
saroyi, madrasasi va timi qurildi.
Shuningdek, ajoyib m e ’m orchilik nam unasi Pahlavon 
M ahm ud maqbarasi bunyod etildi. Bundan tashqari, Arab


Muhammadxon va Musa To‘ra madrasalari ham shu davrda qad 
ko‘tardi.
Muhammad Aminxon esa Ichan qal’aning g‘arbiy qismidagi 
K o‘hna ark yoniga Katta Minor nomi bilan mashhur bo‘lgan 
minorani qurdirdi. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva m e’morlari 
Markaziy Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana — 
inshootlami ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. 
Bu usul ,,qo‘sh“ deb ataladi.
Ichan qal’ani bunyod etishda, bundan tashqari, binolam i 
alohida ansambl holida qurish an ’analariga ham amal qilingan. 
Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, 
hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos 
ansamblni tashkil etadi. 1990-yilda Ichan qal’a Butunjahon 
yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan va muzeyga aylantirilgan.
Dishan qal’a 
Dishan qal’a — Tashqi qal’a Xiva shahri-
ning rabot qismi hisoblanadi. 1842-yilda 
Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan 
saqlash maqsadida shahami uzunligi 6250 metr, balandligi 7—8 
metr, devorining qalinligi esa 5—6 metr b o ‘lgan devor bilan 
o‘ratgan.
Ichan qal’ada 4 darvoza bo‘lsa, Dishan qal’a 10 darvozali 
bo‘lgan. Dishan qal’aning ko‘chalari Ichan qal’aning ko‘chalari 
davomi tarzida qurilgan. Shahaming tim va savdo rastalari Dishan 
qal’ ada joylashtirilgan.

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish