Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

on 
a о isi 
m a’lumotlarga ko‘ra, Xiva aholisining
soni 800 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam qat’iy bo‘lmas- 
dan, xonlik hududining kengaya borislii bilan xonlik fuqaroligini 
qabul qilganlaming soni ko‘payib borgan.
Xonlik poytaxti Xiva shahri aholisining katta qismi o‘zbek- 
lardan, asosan, qo‘ng‘irot, nayman, qiyot, uyg‘ur, nukuz, qang‘li, 
xitoy, qipchoq kabi uruglardan iborat bolgan. Undan keyingi 
o‘rinlami turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar egallashgan.
Ularning har biri, asosan, o‘zlariga ajratilgan yerlarda joy­
lashgan. Har biri alohida-alohida kanalga ega bo‘lishgan. Har bir 
qabila o‘zlariga qarashli sug‘orish inshootlarini tiklash va ta’mirlash 
ishlarida qatnashgan. Har bir qabilaning kanali ham shu qabila 
nomi bilan atalgan.
„ . ^

Xonlik mutlaq monarxiya bo‘lib, oliy
Davlat tuzumi va 
, , 


, ; , 
,
, . 
,. . . 
hukmdor — xon davlat boshlig l edi.
boshqaruv tizimi 
, , , 


,., , 
, ,. , .
Ma muny jihatdan xonlik hududi 15 ta


viloyatga (Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Q o‘shko‘pir, 
G ‘azovat, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, A m bar-M anoq, 
Gurlan, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Chumanoy va Qo‘ng‘irot) 
va 2 ta noiblikka (Beshariq va Qiyot-Qo‘ng‘irot), shuningdek, 
xonning bevosita o‘ziga bo‘ysundirilgan tumanlarga bolingan edi.
Davlat boshlig‘i 
— xon hokimiyati vakolati nasldan naslga 
o‘tgan. Xondan keyingi o‘rinda dastlabki asrlarda 
inoq
turgan. 
XIX asming birinchi yarmidan boshlab esa inoqning mavqeyi 
pasaya borgan. M uham m ad Rahim xon I davrida nufuzli 
amaldorlardan iborat Devon tuziladi. Devon davlat hayotiga oid 
masalalami hal etgan. Devonda xondan keyingi o‘rinda 
qo ‘shbegi
turadigan bo‘ldi. U xonning birinchi yordamchisiga aylandi. 
Xonning barcha yorliq va farmonlari uning qo‘lidan o‘tgan. 
Qo‘shbegidan keyingi o‘rinda 
mehtar
turgan. U xonlikning moliya 
vaziri edi.
Bundan tashqari, 
devonbegi, shayxulislom, qozikalon

eshon
rais, mirzaboshi, mirshab, mahram, katta beklar
(viloyat va katta 
shaharlar hokimlari), 
kichik beklar
va 
xon maslahatchilari
kabi 
turli lavozimlar bolgan. Xonning ishonchli vakil lari hisoblangan 
inoqlaming mavqeyi kuchli bo‘lgan davrlarda ulardan 5 kishi 
a’zo b o ‘lgan „Xon kengashi“ (maslahat kengashi) faoliyat 
ko‘rsatgan.
Xonga sadoqat bilan xizmat qilganlaming lavozimlari ba’zan 
o‘g‘illariga meros qilib berilgan. Viloyatlarni beklar, noibliklami 
xon tayinlagan noiblar boshqargan. Ular, asosan, moliya va 
mirshablik vazifalarini bajarganlar.
Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o‘zlarining 
biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan. 
Ularning lavozimlari nasldan naslga meros b o ‘lib o ‘tsa-da, 
nomzodini xon tasdiqlashi shart bo‘lgan.
Yer e ajj j 
Xonlikning asosiy boyligi yer hisob-
lanardi. Bu yerlar sug‘oriladigan (axya) 
va sug‘orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga 
ko‘ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bolingan.
1. Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar).
3. Vaqf yerlari.
Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli 
amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlaming 
deyarli yarmiga egalik qilishgan. Amaldorlaming yerlari 2—3 ming


tanobni tashkil etgan. Xon va uning qarindoshlari undan ham 
katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar 
davlat ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yerlarida 
va xususiy mulk yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qilganlar. 
Ijara yerlarining hajmi 10 tanobgacha bo‘lgan.
Xon va boshqa xususiy mulk yerlarida dehqonchilik qiluvchilar 
yarimchilar
deb atalgan. Bunday deb atalishiga ular yetishtirgan 
hosilning yarmini ijara haqi uchun berganliklari sabab bo‘lgan 
edi.
Xonning qarindoshlari o‘z xususiy yerlaridan davlatga soliq 
to ‘lamas edilar. Davlat soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar, 
tarxon yer olganlar ham ozod etilgan edilar.
Mayda yer egalari tobora xonavayron bo‘lib borganlar. Oxir- 
oqibatda, ular yerlaridan judo bo‘lganlar.
Shaharlaming iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolishi, yirik 
sanoatning mutlaqo yo‘qligi oqibatida G ‘arbiy Yevropa davlatlarida 
yersiz dehqonlar shaharga ish izlab borishdek imkoniyatga ega 
bo‘lmagan. Oqibatda, ular qishloqda qolishga majbur bolganlar.
Suv tanqisligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib borilardi. 
Shu bois Amudaryodan suv chiqarishga e ’tibor berildi. XVIII 
asrning 70-yillarida Davkor ko‘li yonida kanal, XIX asr 
boshlarida esa Lavzan, Qilich Niyozbiy, Katta Xonobod kanallari 
qurildi. Bu tadbirlar yerlarni sug‘orish holatini yaxshilashga 
ko‘maklashdi.
Xiva xonligida soliq va majburiyatlar 

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish