Rossiya bilan do‘stlik munosabatlarida bolish taklifmi m a’qulladi,
biroq savdo yo‘lining o‘zlashtirilishiga rozi bo‘lmadi.
Chunki Muhammad Rahimxon Rossiyaning yovmut qabi-
lasini o‘z fuqaroligiga qabul qilish istagi tagida aslida nima yotishini
anglab yetgan edi. Bundan tashqari, Rossiya hukumatining savdo
karvonlari xavfsizligini t a ’m inlash bahonasida chegarada
mustahkam istehkomlar qurish haqidagi
rejalari Xiva hukmron
doiralarini cho‘chitib ham qo‘ygan edi.
Rossiya hukumati savdo karvonlari xavf-
' ialk°yskiy va
sizligini ta ’minlash maqsadida qo‘riqchi
^
'»rbiy qism ajratishga qaror qildi. 1824-
yilda Orenburg savdogarlari S. Sialkovskiy
boshchiligidagi harbiy qism va savdo
karvoni Buxoro amirligiga borishi kerak edi. 1825-yilning yanvar
oyida karvon Xiva qo‘shini qarshiligiga uchradi. Xiva amaldori
karvonning Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab qildi.
S. Sialkovskiy bu talabni rad etdi va orqaga qaytishga qaror qildi.
Xiva qo‘shini Buxoroga olib boradigan savdo yo‘lini
bekitib
qo‘ydi. Bu hodisa Rossiya—Buxoro savdo aloqalariga katta ziyon
yetkazish xavfmi tug‘dirdi.
Xiva—Rossiya munosabatlari keskinlashgan bir sharoitda
Muhammad Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o‘g‘li Olloqulixon
o‘tirdi. U Xiva—Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumsha-
tishga urindi.
1826— 1829-yillardagi Eron — Rossiya va 1828—1829-yillar-
dagi Rossiya—Turkiya urushi Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini
yanada keskinlashtirishdan o‘zini tiyishga majbur etdi. Bu orada
Buyuk Britaniya razvedkasi Markaziy
Osiyo xonliklariga suqulib
kira boshladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining
xonliklar bozorini to ‘ldirish xavfi ham vujudga keldi. Bundan
tashqari, Eron bilan urush oqibatida Rossiya—Eron savdo-sotiq
ishlarining ahvoli yomonlashdi. Bunday paytda Markaziy Osiyo
xonliklari bilan savdo-sotiqni har qachongidan ko‘ra rivojlantirish
dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda,
Rossiya hukumati rus
asirlarini ozod etishni ham talab eta boshladi. Biroq Rossiya
hukumati Xiva xonligiga nisbatan o‘z talablari doirasini tobora
kengaytirib bordi. Chunonchi, u keyinchalik Xivadan Amudaryoda
Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini ham talab
eta boshladi.
7 — 0 ‘zbekiston tarixi, 8-sinf
97
Bora-bora Rossiya Xiva bilan munosabatni harbiy yo‘l bilan
tartibga solish yo‘lini tanladi. Shu maqsadda 1839-yilda V.
Perovskiy
harbiy ekspeditsiyasi tashkil etildi.
Uning ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to ‘p va yuk
ortilgan o‘n ming tuya bor edi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug‘i,
oziq-ovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya
talafot ko‘rdi. Oqibatda, V. Perovskiy orqaga qaytishga majbur
bo‘ldi. U 1840-yilning iyun oyidagina
Orenburgga qaytib kela
oldi.
Lekin ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi
Xiva xonini Peterburg bilan kelishuv yo‘lini axtarishga majbur
etdi.
T
Xonlikda ingliz razvedkasi ham faoliyat
jeyms h,DDot
boshladi. Chunonchi, 1840-yilda Xivaga
kapitan Jeyms Ebbot keldi va u Olloqulixon bilan uchrashdi. U
Xiva xonini Rossiyaga qarshi harbiy istehkomlar qurishga da’vat
etdi. U bunday istehkomlar qurilishi mumkin bo‘lgan joylami
aniqlash bo‘yicha ish olib borayotgan paytda Rossiya harbiylari
tomonidan asir olindi va Peterburgga jo‘natildi.
U yerdan Londonga
jo ‘natib yuborildi. Shu tariqa Buyuk Britaniya razvedkasi Xiva va
Rossiya o‘rtasida harbiy harakatlar keltirib chiqarishdek maqsadiga
erisha olmadi.
. ,,
Rossiya hukumati Xiva xonligi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: