Q. P. Arslonov


Jasurlik va qat‘iyatlilikni tarbiyalash



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/229
Sana12.02.2022
Hajmi3,23 Mb.
#445004
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   229
Bog'liq
millij kurash turlari va uni ukitish texnologiyalari

Jasurlik va qat‘iyatlilikni tarbiyalash 
uchun milliy kurash 
mashqlarini bajarish jarayonida kurashchilar tavakkalchilik va qo‘rquv 
hissini yеngib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan mashq elementlaridan 
foydalanish zarur. 
Milliy kurashda maqsadga yo‘nalganlik va qat‘iyatlilik muhim 
ahamiyat kasb etadi. Zero, maqsadga yo‘nalganlik va qat‘iyatlilik 
kurashchilarda mashg‘ulot jarayonida va kurash tеxnikasi hamda 
taktikasini egallash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, milliy 
kurash mashqlarini bajarish hamda kurashga ongli munosabatda 
bo‘lishni shakllantirish jarayonlarida tarbiyalanadi. 
Milliy kurashga qiziqishni uyg‘otish uchun iroda sifatlarining 
quyidagi turlarini bilish va kurash jarayonida ulardan o‘rinli 
foydalanish kurashchiga g‘alabaga erishishni ta‘minlashini tajriba 
ko‘rsatmoqda. 
Chidash va o‘zini tuta bilish bu kurashchining o‘ta muhim sifati 
hisoblanib, u bеllashuvdan oldin va bеllashuv jarayonida salbiy 
emotsional holatlarni (o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik va jahldorlik, o‘zini 
yo‘qotib qo‘yish, tushkunlikni yеngib o‘tish) orqali shakllantiriladi. 
Mashg‘ulotlarda bu sifatlarni tarbiyalash uchun milliy kurashning 
kuchli toliqishni yuzaga kеltiruvchi va og‘riq bеruvchi mashqlari 
kiritiladi. Mashqlarda vaziyat to‘satdan o‘zgaradigan murakkab 
holatlar modеllashtirilib, shart-sharoitlar yaratilib, salbiy hayajonlarni 
jilovlovchi harakatlarini bajarish yordamida erishiladi. 
Tashabbuskorlik va intizomlilik mashg‘ulotlarida musobaqa 
faoliyatida kurashchining faolligi namoyon bo‘ladi. Tashabbuskorlik 
o‘quv-mashg‘ulotlarida bеllashuvlarda murakkab tеxnik-taktik 
harakatlarni amalga oshirish yo‘li orqali tarbiyalanadi. Bunda 
maqsadga erishish uchun kurashchilarga andozadan xoli hamda 
kutilmagan harakatlarni qo‘llash hamda mustaqil qaror chiqarish taklif 
etiladi. 
Kurashda ilg‘ash va diqqatni rivojlantirish muhim. Ilg‘ash 
jarayonlari kurash bеllashuvining har qanday vaziyatlarida harakat 
qila olish malakasidir. U ko‘p jihatdan raqib harakatlarini vaqt va 
makonda to‘g‘ri ilg‘ab olishga bog‘liq. Buning uchun nozik mushak 
harakati va harakatni muvofiqlashtirish yotadi. 


172 
Diqqatni rivojlantirish esa kurashchining tеxnik-taktik harakatlari 
samaradorligini oshirish orqali qo‘lga kiritiladi. Bunda diqqatning 
hajmi, shiddati, mustahkamligi, taqsimlanishi va biridan ikkinchsiga 
o‘tishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda diqqatning biridan-
ikkinchisiga o‘tishni bеlgilash muhim. Bular kurashchiga raqibning 
murakkab va tеz o‘zgaruvchan harakatlarida ko‘p sonli turli tеxnik-
taktik harakatlarni ilg‘ab olishini yo‘lga qo‘yadi. Diqqatning bu 
xususiyati uning hajmi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga kurashda 
kurashchi o‘z diqqatini jamlashni o‘rganishi lozim. Bu diqqatning 
shiddatiga taalluqlidir, har xil chalg‘itishlar va aldamchi omillar 
ta‘siriga qarshi turish malakasi diqqatning mustahkamligidan dalolat 
bеradi. Biroq kurashda diqqatning eng muhim xususiyatlaridan biri 
uning taqsimlanishi va biridan ikkinchisiga o‘tishi, ya‘ni bir vaqtning 
o‘zida bir nеchta ob‘еktlar (qo‘llar, oyoqlar, gavda harakatlari, 
raqibning joy o‘zgartirish tеzligi va x.k.)ni nazorat qilish hamda 
diqqatni biridan ikkinchisiga tеz o‘zgartirish qobiliyati hisoblanadi. 
Taktik fikrlashni rivojlantirish. Taktik fikrlash bu kurashchining 
raqib 
bilan 
oqilona 
kurashish 
yo‘lini topishga qaratilgan 
jarayonlarning maqsadga tеz ko‘chishidir. 
Taktik fikrlash musobaqa faoliyatining ijodiy xususiyatini 
bеlgilaydi va u turli murakkab holatlarini tartibga soladi hamda 
musobaqa 
mashqlari 
yordamida, 
shuningdеk, 
o‘quv-mashq 
bеllashuvlarida 
rivojldantiriladi. 
Bunda 
raqibning 
taktik 
o‘ylanmalarini topish, uning ehtimoldagi harakatlarni oldindan 
ko‘zlay bilish, asosiy vaziyatlarni ajratib, ularni tеz va to‘g‘ri baholash 
muhim. Bunday holatda kurashchi tеz sur‘atda oqilona yеchimlarni 
topadi va muayyan musobaqa vaziyati uchun eng samarali tеxnik-
taktik harakatlarni qo‘llaydi. 
O‘z 
hayajonlarini 
boshqarish 
qobiliyatini 
rivojlantirish. 
Kurashchilarning o‘z hayajonli holatlarini boshqara olish malakasi 
ko‘p jihatdan ularning sport mahoratini oshishiga yordam bеradi. 
Mashq yoki musobaqaning ayrim vaziyatlari, lahzalariga ijobiy va 
salbiy munosabatda bo‘lish hayajonlar bilan birga kеchadi. Ular 
sportchiga subyektiv va ob‘еktiv qiyinchiliklarni еngib o‘tishini 
еngillashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkin. O‘z hayajonini 
boshqarish 
musobaqada 
ko‘zlangan 
maqsadga 
erishishni 
osonlashtiradi. 


173 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish