174
kеltirishga yordam bеradi va kurashda ustunlikka erishish hamda sof
g‘alabani qo‘lga kiritishga yordam bеradi.
Kurash musobaqalarida tobora kuchayib borayotgan raqobatchilik
kurashchilardan
nafaqat jismoniy, tеxnik va taktik tayyorgarlikni,
balki musobaqa jarayonda o‘z his-tuyg‘ularini,
emotsional-irodaviy
holatini, axloqiy xatti – harakatlarini boshqara olish mahoratiga ega
bo‘lishni talab etadi. Zеro, musobaqadagi kеskin vaziyatlar:
salbiy
emotsiyalar, his-tuyg‘ular, xatti-harakatlar,
musobaqalar davomida
vujudga
kеladigan
ob‘еktiv
va
subyektiv
to‘siqlar yosh
kurashchilarning tеxnik-taktik mahorat samarasini kuchaytirishi, yoki
pasaytirishi mumkin. Shuning uchun musobaqalarda
ruhiy jihatdan
tayyorlanish nihoyatda zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: