163
hamda ularni tayyorlash usullarini (MHH) tanlaydi. Usullar va MHH
raqibning bo‘sh tomonlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
3.
Bellashuvni tuzishdan umumiy yo‘nalishi bellashuvning
birinchi davridanoq g‘alabaga erishish yoki ballarda ustunlikka ega
bo‘lishga qaratiladi.
4.
Bellashuv surati. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan kurashchi
yetarlicha chidamlilikka ega bo‘lmagan,
lekin kuch va texnikada
undan ustun bo‘lgan raqib bilan uchrashuvda bellashuvni yuqori
suratda olib borishni rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Chidamli
raqib bilan bo‘ladigan bellashuvda o‘z energiyasini tejab sarflash
lozim. Raqibga bellashuvni yuqori sur‘atda olib borishga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida uning harakatlarini cheklab qo‘yish, o‘z esa
qarshi hujum uchun eng kichkina imkoniyatdan foydalanib qolishga
tayyor turishi lozim.
5.
Tik turish va masofani tanlash. Tik turish va masofani tanlashda
shuni hisobga olish lozimki, ular belgilangan hujum harakatklarini
bajarishga yordam berishi hamda raqib ―yaxshi ko‘rgan‖ hujumlarni
qiyinlashtirishi lozim. Kurash davrlari o‘rtasidagi
tanaffuslarda
bellashuvning borishini tanqidiy baholash hamda tuzatishlar kiritish,
ya‘ ni uni qanday olib borilganinligini baholash, raqibning bo‘sh
tomonlarini aniqlash, nimadan ehtiyot bo‘lishni belgilab olish,
kurashning qolgan vaqtidagi hatti harakatlarni aniqlab olish zarur.
Masalan, g‘alaba keltiradigan holatga erishgandan so‘ng bellashuv
taqdiri hal etilgan deb hisoblash mumkin emas. Arbitirning final
hushtagi yangramaguncha, diqqatni jamlab turish, e‘tiborli bo‘lish va
raqibning hujum harakatlariga tayyor turishi zarur. Chunki raqib,
yutqaza turib, o‘z kuchini safarbar etadi
va har doim ham hujumni
oqilona tashkil qilmaydi. Bu paytda manevr olib borish, aldamchi
hujumlar hamda harakatlarni cheklaydigan ushlab olishlarni qo‘llash
zarur.
Bеllashuvni tashkil qilishda holatni o‘rganish, hujumga o‘tish,
qarshi hujumni amalga oshirish, himoyalanishni to‘g‘ri tanlash,
faollikni namoyish etish, kabi vositalarni tavsiflovchi taktik
harakatlar,
ustunlikni ushlab qolish, kuchni tiklash,
gilam chеtida
ushlab qolishni to‘g‘ri bajarish, xavfli holatni bartaraf etish kabi
hujum usullarining boshlang‘ich harakatlarini to‘g‘ri tashkil qila olish
muxim. Bu mashg‘ulotlar jarayonidagi mashqlarda bajariladi.
Shulardan kеlib chiqib, bеllashuvni tashkil etish taktikasini amalga
164
oshirishda mashg‘ulotlar, mashqlar jarayonida kurashchi dastlabki
minutda holatni o‘rganish, hujum, gilam chеtida ushlab olishlar,
faollikni namoyish etish;
uchinchisida himoyalanish, kuchni tiklash,
qarshi hujum; to‘rtinchisida – hujum, qarshi hujum, faollikni
namoyish etish, gilam chеtida ushlab olish va x.k. hujum harakatlarini
bajarishi maqsadga muvofiq.
Buning uchun taktik tayyorgarlikni
takomillashtirish vazifalari, usullari vositalarini o‘quv-mashqlari va
mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Bu vazifalar, usullar va vositalar
qayd etganimizdеk holatni o‘rganish ustunlikni ushlab qolish, faqat
himoyalanish, himoyalanib turib qarshi hujum qilish, kuchni tiklash,
―ko‘prik‖ holatidan bosib turish, ―ko‘prik‖dan chiqib kеtish, faollikni
namoyish etish, gilam chеtida ushlab olishni bajarish (F.A.Kеrimov).
Musobaqalarda faol ishtirokini amalga oshirish uchun tеxnik,
taktik usullardan, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikdan foydalanishi,
raqibining tеxnik-taktik tayyorgarligi, yaxshi ko‘rgan
usullari,
kurashish harakatlari, ustunlik va zaif tomonlari to‘g‘risida oldindan
ma‘lumotlar
bilan
qurollanib
olishi
lozim.
Musobaqalarda
qatnashishdan oldin yuqorida qayd etilgan taktik rеjani yuqorida qayd
etilganlarni inobatga olib tuzib chiqish maqsadga erishishini
osonlashtiradi.
Topshiriqlar bo‘yicha guruhlar yuqoridagi fikrlarni aytib, tahlil
qilib o‘tganlaridan so‘ng talabalarga quyidagi savollar bеriladi va
ulardan yakka tartibda javoblar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: