Q. P. Arslonov



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/229
Sana12.02.2022
Hajmi3,23 Mb.
#445004
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   229
Bog'liq
millij kurash turlari va uni ukitish texnologiyalari

52-rasm. 
 
5-topshiriq bo‘yicha 
O‘rganilgan manbalarga asoslanib, aytish joizki, musobaqada 
bеllashuvni tuzish taktikasi muayyan tayyorgarlikni talab qiladi. 
Buning uchun u taktik tayyorgarlikning turli usullarini, ko‘p sonli 
hujum harakatlarini bilishi va bellashuvdan oldin taktik rejani ishlab 
chiqishi talab etadi. F. Kerimovning yozishicha taktik reja quyidagi 
tarkibiy qismlardan iborat. 
1.
Bellashuv maqsadi va unga erishish uslublari. Maqsad 
kurashchi va raqibning imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Nisbatan 
bo‘sh raqib bilan bo‘ladigan kurashda kurashchining maqsadi – sof 
g‘alabaga; kuchli raqib bilan esa - ochkolar bo‘yicha g‘alabaga 
erishishdan iborat. 
2.
Texnik harakatlarni tanlash. BG‘ kurashchi o‘z tayyorgarligini 
hisobga olgan holda belgilangan maqsadga to‘liq mos keladigan va 
muayyan raqib bilan kurashishda samarali bo‘lgan texnik harakatlar 


163 
hamda ularni tayyorlash usullarini (MHH) tanlaydi. Usullar va MHH 
raqibning bo‘sh tomonlarini hisobga olgan holda tanlanadi. 
3.
Bellashuvni tuzishdan umumiy yo‘nalishi bellashuvning 
birinchi davridanoq g‘alabaga erishish yoki ballarda ustunlikka ega 
bo‘lishga qaratiladi. 
4.
Bellashuv surati. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan kurashchi 
yetarlicha chidamlilikka ega bo‘lmagan, lekin kuch va texnikada 
undan ustun bo‘lgan raqib bilan uchrashuvda bellashuvni yuqori 
suratda olib borishni rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Chidamli 
raqib bilan bo‘ladigan bellashuvda o‘z energiyasini tejab sarflash 
lozim. Raqibga bellashuvni yuqori sur‘atda olib borishga yo‘l 
qo‘ymaslik maqsadida uning harakatlarini cheklab qo‘yish, o‘z esa 
qarshi hujum uchun eng kichkina imkoniyatdan foydalanib qolishga 
tayyor turishi lozim. 
5.
Tik turish va masofani tanlash. Tik turish va masofani tanlashda 
shuni hisobga olish lozimki, ular belgilangan hujum harakatklarini 
bajarishga yordam berishi hamda raqib ―yaxshi ko‘rgan‖ hujumlarni 
qiyinlashtirishi lozim. Kurash davrlari o‘rtasidagi tanaffuslarda 
bellashuvning borishini tanqidiy baholash hamda tuzatishlar kiritish, 
ya‘ ni uni qanday olib borilganinligini baholash, raqibning bo‘sh 
tomonlarini aniqlash, nimadan ehtiyot bo‘lishni belgilab olish, 
kurashning qolgan vaqtidagi hatti harakatlarni aniqlab olish zarur. 
Masalan, g‘alaba keltiradigan holatga erishgandan so‘ng bellashuv 
taqdiri hal etilgan deb hisoblash mumkin emas. Arbitirning final 
hushtagi yangramaguncha, diqqatni jamlab turish, e‘tiborli bo‘lish va 
raqibning hujum harakatlariga tayyor turishi zarur. Chunki raqib, 
yutqaza turib, o‘z kuchini safarbar etadi va har doim ham hujumni 
oqilona tashkil qilmaydi. Bu paytda manevr olib borish, aldamchi 
hujumlar hamda harakatlarni cheklaydigan ushlab olishlarni qo‘llash 
zarur. 
Bеllashuvni tashkil qilishda holatni o‘rganish, hujumga o‘tish, 
qarshi hujumni amalga oshirish, himoyalanishni to‘g‘ri tanlash, 
faollikni namoyish etish, kabi vositalarni tavsiflovchi taktik 
harakatlar, ustunlikni ushlab qolish, kuchni tiklash, gilam chеtida 
ushlab qolishni to‘g‘ri bajarish, xavfli holatni bartaraf etish kabi 
hujum usullarining boshlang‘ich harakatlarini to‘g‘ri tashkil qila olish 
muxim. Bu mashg‘ulotlar jarayonidagi mashqlarda bajariladi. 
Shulardan kеlib chiqib, bеllashuvni tashkil etish taktikasini amalga 


164 
oshirishda mashg‘ulotlar, mashqlar jarayonida kurashchi dastlabki 
minutda holatni o‘rganish, hujum, gilam chеtida ushlab olishlar, 
faollikni namoyish etish; uchinchisida himoyalanish, kuchni tiklash, 
qarshi hujum; to‘rtinchisida – hujum, qarshi hujum, faollikni 
namoyish etish, gilam chеtida ushlab olish va x.k. hujum harakatlarini 
bajarishi maqsadga muvofiq. 
Buning uchun taktik tayyorgarlikni 
takomillashtirish vazifalari, usullari vositalarini o‘quv-mashqlari va 
mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Bu vazifalar, usullar va vositalar 
qayd etganimizdеk holatni o‘rganish ustunlikni ushlab qolish, faqat 
himoyalanish, himoyalanib turib qarshi hujum qilish, kuchni tiklash, 
―ko‘prik‖ holatidan bosib turish, ―ko‘prik‖dan chiqib kеtish, faollikni 
namoyish etish, gilam chеtida ushlab olishni bajarish (F.A.Kеrimov). 
Musobaqalarda faol ishtirokini amalga oshirish uchun tеxnik, 
taktik usullardan, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikdan foydalanishi, 
raqibining tеxnik-taktik tayyorgarligi, yaxshi ko‘rgan usullari
kurashish harakatlari, ustunlik va zaif tomonlari to‘g‘risida oldindan 
ma‘lumotlar 
bilan 
qurollanib 
olishi 
lozim. 
Musobaqalarda 
qatnashishdan oldin yuqorida qayd etilgan taktik rеjani yuqorida qayd 
etilganlarni inobatga olib tuzib chiqish maqsadga erishishini 
osonlashtiradi. 
Topshiriqlar bo‘yicha guruhlar yuqoridagi fikrlarni aytib, tahlil 
qilib o‘tganlaridan so‘ng talabalarga quyidagi savollar bеriladi va 
ulardan yakka tartibda javoblar olinadi. 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish