B. Qadam bilan yon tomondan supurib tashlash.
Yon tomondan supurib tashlashda raqib yon tomonlarga
harakatlansa qulay bo‘ladi.
Olishuv quyidagi holatda boshlanadi (qarang 13-rasm).
1
– yon tomonga qadam qo‘yib, qo‘llar yordamida raqibni o‘zi
bilan barobar qadam tashlashga majbur qilish; 2- kurashchi raqibning
gilamga oyoq qo‘yishi bilan qo‘llarini harakatga kеltirib oyog‘ini
hujumga tayyorlaydi, tanasi og‘irlikdan bo‘shab raqib tirsaklarini
ichkariga va yuqoriga ko‘taradi, yon tomondagi hujum qilayotgan
oyoqni boldiri bilan raqibning oyog‘ini supurib tashlaydi; 3– 4 –
kurashchi hujumdagi oyog‘i bilan raqibning ikki oyog‘iga urib
gilamdan uzadi, qo‘llarining kuchi yordamida raqibni yеlkasidan
oshirib gilamga tashlaydi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |