Sport taktikasi raqib bilan musobaqa qilish san`atidir. Uning bosh vazifasi raqib ustidan g`alabaga erishmoq uchun sportchining kuch va imkoniyatlarinidan mumkin qadar samarali foydalanishdir.
Taktika san`ati yengil atletikaning barcha turlarida ham zarurdir.Lekin turli sport ihtisosidagi yengil atletikachilarda bunga extiyoj bir xil emas. Taktika san`ati sportcha yurishda o`rtacha o`zoq va eng o`zoq masofalarga yugurishda kuproq va raqib bilan bevosita aloqada bulmasdan musobaqalashadigan turlarda ozroq kerak buladi.
Taktik san`at sportchiga o`z sport texnikasidan jismoniy va ma`naviy-irodaviy tayyorgarligidan turli sharoitda har-xil raqiblar bilan kurasha olish tajribasidan va bilimidan samarali foydalana olish imkonini beradi.Hozirgi kunda turli mamlakatlardagi eng kuchli yengil atletikachilarning texnik jismoniy va irodaviy tayyorgarliklari nihoyatda yuqori darajada.Shuning uchun ham xalqaro musobaqalarda boshqa hamma jixatdan bir xil bulgan sharoitda taktika san`ati etukligi xisobiga g`alaba qilinadi.
Taktik tayyorgarlik taktika sohasidagi bilimlar bilan o`zining yengil atletika turiga moslab amalda taktikani ishlata bilishidan tashkil topadi. Musobaqalashishning maqsadga muvofiq usul va yo`llarini ishlab chiqish ham bo`lajak musobaqadagi konkret raqiblarning imkoniyatlarini hisobga olib planlar variantlar grafiklar va shu kabilarni to`zish ham maxsus taktik tayyorgarlikga kiradi.
Umuman taktik mahorat mo`ljallangan planni aniq bajarishga to`g`ri kelmay qolganda esa vaziyatni tezgina baxolab eng samarali qarorga kelishga imkon beradigan bilim tajriba va malaka boyligiga asoslanadi.
Taktik tayyorgarlik vazifalari.Qo`yidagilardan iborat. Taktikaning umumiy qoidalarini o`rgatish.
Sport musobaqalarining ayniqsa ihtisoslaniyotgan yengil atletika turi musobaqalarining mohiyati va qonuniyatlarini o`rganish.
Ihtisoslaniyotgan yengil atletika turidagi taktika yo`llari vositalari va imkoniyatlarini o`rganish.
Kuchli sportchilarning taktik tajribalarini o`rganish.
Trenirovka mashg`ulotlarida chamalashlarda va musobaqalarda taktika elementlarini usullarini yo`llarini variantlarini amalda qo`llashni o`rganish.
Vaziyat va boshqa tashqi sharoitlarni nazarda tutib raqiblar kuchini ularning taktik jismoniy va irodaviy tayyorgarliklarini ularning taktik usullari va variantlari va musobaqalashish sestemalarini o`rganish.
Bularning hammasini o`rganadigan keyin sportchi konkret raqibni xisobga olib bo`lajak musobaqadagi taktikasini ishlab chiqishi kerak.
Keyin o`tgan musobaqani taktikasi va uni tashkil etgan element va variantlarning samara darajasini tahlil qilib kelajak uchun xulosa chiqarish kerak.
Taktika sohasidagi bilimlar mahsus adabiyotlar o`qish leksiyalar suhbatlar tanlash musobaqalarni ko`zatish yo`li bilan hamda amaliy mashg`ulotlar va tahlil qilish jarayonida hosil qilinadi.
Taktikani o`rgatishning asosiy vositasi-mo`ljallangan plan bo`yicha mashq yoki harakatlarni takror bajarishdir.
Taktik mahorat jismoniy va irodaviy fazilatlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir.
Etarli bulmagan tezlik va chidamlilik kupincha taktik maxoratni yaxshilashga tusiqlik kiladi. Masalan: o`zgaruvchang su`ratda yugurish taktik tomondan juda samarali bulsa ham sportchi 5 yoki 10 km masofa davomida kup marta tezlanishga chiday olmaydigan bulsa uni qo`llash mumkin emas. Taktikani o`quv-trenirovka mashg`ulotlarida chamalashlarda bevosita musobaqaning o`zida o`rgatiladi.Ayiniqsa keyingi bosqichlarda taktikani o`rgatish jismoniy va irodaviy tayyorgarlik vazifalarini xal qilish bilan bir vaqtda bulaverishi kerak. Mashq ni to`la kuch bilan bajariyotganda taktika o`rgatish-muvaffaqiyatning muhim shartidir. Taktik mashg`ulotlarga ya`ni ixtisoslaniyotgan sport turini trenirovka mashg`ulotlarida musobaqadagidek bajarishga aloxida e`tibor beriladi.
Taktikani o`rgatish va uni takomillashtirishda quyidagi asosiy metodlar qo`llaniladi.-taktik element va harakatlarni bulaklab va bularni bir-biriga bog`lab o`rganish, yahlit o`rganish, so`z bilan tushuntirish, harakatlarni tahlil qilish, elementlarni bog`lamlarni harakatlarni takrorlash taktik harakat variantlarini ishlab chiqish trenirovka va musobaqa prosesida ijodiy topshiriqlar berish taktik mashg`ulotlar o`tkazish
N a z a r i y t a y yo r g a r l i k. Yengil atletikachilar tayyorgarligida ularning nazariy tayyorgarligi nixoyatda muxim rol uynaydi. Nazariy tayyorgarlik vazifalari qo`yidagilardan iborat
Axloqiy tarbiyalarni o`rgatish
Sport nazariyasi va metodikasi soxasida shu jumladan sport ixtisosi soxasida bilim olish.
Sportchi gigienasi, oz-o`zini nazorat va vrach nazorati masalalarini o`rganish.
Nazariy tayyorgarlikda tanlangan yengil atletika turidagi texnika va taktikani ilmiy asoslash shuningdek ularni taxlil qilish kerak.Sportchilar sport texnikasini o`rganish metodikasi va uni kamol toptirish yo`llari bilan ayniqsa sport trenirovkasi sestemasi bilan tanishtirish kerak.
Nazariy tayyorgarlik programasida tanlangan yengil atletika turidagi trenirovka metodikasiga keng o`rin berilgan bulishi kerak. Qo`yidagi masalalarga tuxtalib o`tish juda muxim.
a) kuchni,tezkorlikni chidamlilikni chaqqonlikni egiluvchanglikni rivojlantirish va irodaviy fazilatlarni tarbiyalash vazifalari vositalari va metodlari.
b) trenirovka mashg`ulotlarining shakllari va ularni sikllli planlashtirish.
v) yil buyi trenirovka qilish
g)kup yillik trenirovkani planlashtirish.
d) sport musobaqalarining roli va ularga bevosita tayyorlanishnng xususiyatlari musobaqalarda katnashishi trenirovkalarni xisobga olib borish kantrol mashqlar va musobaqa natijalari sportchi ko`rsatkichlarini analiz qilish trenirovka kundaligi.
Nazariy tayyorgarlik dasturiga sportchining psixologik tayyorgarligi gigienik tartibi masalalari ham kiritilishi zarur.Bundan tashqari sportchilarni vrach nazorati va o`z-o`zini nazorat qilish asoslari bilan shuningdek tanlangan yengil atletika turida shikastlanish profilaktikasi bilan tanishtirish kerak.
Ko`rsatilgan programma bo`yicha yengil atletikachilarni tayyorlash uchun maxsus tashkil qilingan mashg`ulotlarda leksiya va suxbatlar o`tkaziladi .Shuningdek texnika va taktikaning ayirim masalalarini trenirovka mashg`ulotlarida tushuntirish yuli bilan ham nazariy bilimlar xosil qilinadi.Shugullanuvchilarga sport nazariyasi va metodikasidan maxsus adabiyotlar o`qish tavsiya kilinadi.