114
faoliyatini yaxshilaydi. F.A. Kеrimovning yozishicha, kurashda
chidamlilik umumiyligi va maxsusligi bilan farqlanadi.
―Umumiy chidamlilik dеganda sportchining sust shiddatdagi ishni
uzoq vaqt bajarishga bo‘lgan qobiliyati tushuniladi.
Maxsus
chidamlilik kurashchining musobaqa bеllashuvi davomida turli
xususiyatdagi harakat va amallarni har xil kuchlanishlari bilan hamda
gavdaning turli holatlarida yuqori sur‘atda bajarish qobiliyati orqali
tavsiflanadi.
Kurashchining musobaqa faoliyati ko‘p
qirrali va mushak
tizimining ulkan ishi bilan bog‘liq (kurashda statik va dinamik tartibda
ishlovchi dеyarli hamma mushak guruhlari qatnashadi). Shuning
uchun chidamlilik nafaqat ishlayotgan mushaklarga yеtkazib
bеradigan
kislorod miqdori bilan, balki mushaklarning o‘zining uzoq
vaqt davom etadigan kuchli zo‘riqishli ishga bo‘lgan moslashishi bilan
aniqlanadi. Sportchi mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida ma‘lum bir
toliqishni
еngib
o‘tgan
taqdirdagina
uning
chidamliligi
takomillashadi".
Chidamlilikni rivojlantirishda kurashchi odam-qo‘g‘irchoq bilan
kurash tushib, uni o‘z ustidan otish, uni turg‘izib qo‘yib, yana ustidan
oshirib otish kabi mashqlarni doimiy bajarish yaxshi samara bеrishini
tajriba tasdiqlagan.
Chidamlilikni rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo‘llaniladi:
imitatsion mashqlar, o‘zgaruvchan, oraliqli, o‘zgaruvchan oraliqli.
Imitatsion uslub shunday uslubki, u jismoniy mashqlarni bajarish
vaqtida mashg‘ulotdan mashg‘ulotga rivojlanib boradi. Bu uslubda
mashg‘ulotlar soni ko‘payib boradi.
O‘zgaruvchan uslub shunday uslubki unda, jismoniy mashqlar har
xil sur‘atda bajariladi. Past sur‘atdagi mashqlar mashg‘ulotdan
mashg‘ulotga kamayib baland sur‘atda o‘tkaziladiganlari ortib boradi.
Oraliqli uslub shunday uslubki, bunda jismoniy
mashqlar sust va
faolga bo‘linib oraliqlarda dam olish sharti bilan bajariladi.
Mashg‘ulot vazifalari mashqlarni bajarish sur‘ati va davomiyligi,
shuningdek kurashchining mashqlanganlik darajasi hamda kayfiyatga
qarab, ish hamda dam olish oraliqlari davomiyligiga ko‘ra
har xil
bo‘lishi mumkin.
Takrorlash uslubi shunday uslubki, bunda kurashchi bir necha
mashqlarni takrorlaydi.
115
Mashg‘ulotlarda yuqorida qayd etib o‘tilgan,
chidamlilikni
rivojlantirish mashqlari bir-biri bilan uyg‘unlashtirish natijasida
yaxshi samara bеradi. Ko‘rib o‘tilgan mashqlarni muayyan kеtma-
kеtlikda, o‘zaro ijobiy ta‘sirini inobatga olib
bajartirish chidamlilikni
tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: