34
"Tasdiqlayman"
Kafedra mudiri
_____ D.Lutfullayeva
"___"_____2007 - yil
DASTUR BAJARILISHINING KALENDAR REJASI
(Ma'ruza, amaliy va tajriba mashg'ulotlari, kurs ishlari)
Fakultet: filologiya
Bosqich: 3
Fan nomi: "Hozirgi o'zbek tili"
Ma'ruza o'qiydi: filol.f.d. D.Lutfullayeva
№
Mashg'ul
ot shakli
Mavzu nomi
Mashg'ulot
Yuklama
O'qituvchi
im
zosi
S
ana
si
Va
qti
Auditoriya
Reja-
lashti
rilgan
B
ajar
il
ga
n
6-semestr
1.
Ma'ruza
Qo'shma gaplar. Qo'shma gaplar
tasnifi.
2
2.
Ma'ruza
Bog'langan qo'shma gaplar.
2
3.
Ma'ruza
Ergashgan
qo'shma
gaplar.
Ergash
gapni
bosh
gapga
bog'lovchi vositalar.
2
4.
Ma'ruza
Ergash gaplarning turlari.
4
ОB
5.
Ma'ruza
Bog'lovchisiz qo'shma gaplar.
2
6.
Ma'ruza
Murakkab qo'shma gaplar.
2
7.
Ma'ruza
O'zga gaplarning semantik-
sintaktik tuzilishi.
2
8.
Ma'ruza
Punktuatsiya. Tinish
belgilarining turlari va ishlatilish
qoidalari.
2
1.
Amaliy
Qo'shma gap turlari. Bog'langan
qo'shma gaplar.
2
2.
Amaliy
Ergashgan qo'shma gap turlari.
2
3.
Amaliy
Bog'lovchisiz qo'shma gaplar.
2
4.
Amaliy
Murakkab qo'shma gaplar.
2
5.
Amaliy
O'zga gap.
2
6.
Amaliy
Tinish
belgilarining turlari,
ishlatilish qoidalari.
2
1.
Tajriba
Bog'langan qo'shma gaplar.
2
2.
Tajriba
Ergashgan qo'shma gaplar.
2
3.
Tajriba
Bog'lovchisiz qo'shma gaplar.
Murakkab qo'shma gaplar.
2
4.
Tajriba
Tinish belgilari.
2
YaB
Jami
36
35
“HOZIRGI O’ZBEK TILI” (“QOSHMA GAP SINTAKSISI”, “PUNKTUATSIYA”)
FANIDAN MA’RUZALAR MATNI
MAVZU: Qo‘shma gap. Qo‘shma gaplar tasnifi
REJA:
1. Qo‘shma gaplarning tadqiqi masalasi.
2. Qo‘shma gaplar tasnifi masalasi.
3. Qo‘shma gaplarning qismlari miqdoriga ko‘ra turlari: ikki komponentli qo‘shma gaplar,
ko‘p komponenli qo‘shma gaplar.
4. Ikki komponentli qo‘shma gaplarning turlari:
a) bog‘langan qo‘shma gaplar;
b) ergashgan qo‘shma gaplar;
v) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
5. Xulosa.
1
Qo‘shma gap til sintaktik sathining oliy birligidir. Sodda gap ham sintaktik sath birligi
hisoblansa-da, u qo‘shma gapga qaraganda ancha ixcham birlikdir. Har ikki nutqiy birlik
kommunikativ vazifa ifodalashi jihatidan umumiylik belgisiga ega bo‘lsa-da, tilda alohida qurilish
qolipiga egaligi, semantik-sintaktik tarkibi jihatidan o‘zaro farqlanadi.
An’anaviy sintaktik nazariyalarda qo‘shma
gaplar mazmuni, grammatik tuzilishi hamda
ohangiga ko‘ra bir butunlikni tashkil etgan, ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning bog‘lovchi
yoki bog‘lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikuvidan tuzilgan sintaktik qurilmalar tarzida
talqin etilsa
2
, shakl-vazifaviy tadqiq usulida qo‘shma gaplar ikki
va undan ortiq shakllangan
kesimli, ya’ni [WPm + WPm] qurilishli gaplar sifatida talqin etiladi.
3
Qo‘shma gaplar birdan ortiq sodda gaplarning yoki ikki va undan ortiq kesimlarning
birikishidan tarkib topgan bo‘lsa-da, uning tarkibiy qismlari yaxlit bir umumiy fikrni aks ettirishga
xizmat qiladi. Qo‘shma gapni tashkil etuvchi bu qismlar turli bog‘lovchilar yoki bog‘lovchi
vazifasidagi vositalar yordamida yoxud ohang bilan o‘zaro birikadi.
Hozirgi zamon jahon tilshunosligi qo‘shma gaplarni o‘rganish yuzasidan katta yutuqlarga
erishdi. Turkiyshunoslikda, xususan, o‘zbek tilshunosligida ham qo‘shma
gap va uning tabiati
masalasi maxsus o‘rganildi. Ammo uzoq vaqt davomida qo‘shma gaplar, asosan, bir jihatdan
tadqiq etildi. Qo‘shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar, asosan, rus tilshunosligida shakllangan
qo‘shma gap nazariyalari qolipi asosida yaratildi. Buning natijasida qo‘shma gaplar, asosan,
shakliy tuzilishi asosida o‘rganildi, qo‘shma gaplarning semantik tuzilishi masalasi ilmiy tahlildan
chetda qoldi. Tabiiyki, bunday yo‘l til hodisalarini to‘g‘ri tushunishga imkon bermaydi. Faqat
so‘nggi yillardan boshlab qo‘shma gaplarni o‘zbek tilining ichki xususiyatlarini
hisobga olgan
holda tadqiq etishga jiddiy kirishildi.
О‘zbek tilshunosligida qo‘shma gaplarga oid ilk asar 1941- yilda H. G‘oziyev tomonidan
yaratildi. Olimning «Hozirgi zamon o‘zbek tilida ergash gaplarning sostavi» nomli asarida
qo‘shma gaplarning tuzilishi haqida ma’lumot berildi. 1955- yilda F. Kamolning qo‘shma
gaplarning maqomi, tasnifi masalasiga oid asari e’lon qilindi.
4
1
Ma’ruza matnini tayyorlashda G’. Abdurahmonov, M.
Asqarova, R. Sayfullayevalarning qo’shma gaplar
tadqiqiga oid ishlaridan unumli foydalanildi.
2
Abdurahmonov G‘. Qo‘shma gap. - Toshkent. 1957. Shu muallif. Qo‘shma gap sintaksisi asoslari. - Toshkent:
О‘zFA. 1958; Asqarova M. Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar. - Toshkent: О‘zFA. 1960; va boshqalar.
3
Sayfullayeva R. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning shakl- funksional talqini. - Toshkent: Fan, 1994.
- B. 28.
4
F.Kamol. Qo‘shma gaplarga doir masalalar. - Toshkent. 1955; Yana qarang. Nurmonov A. О‘zbek
tilshunosligi tarixi. - Toshkent: О‘zbekiston. 2002. - B. 207.
36
60 - yillarga kelib, qo‘shma gaplarning sintaktik tuzilishi,
turlari masalasi
G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova asarlarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.
5
So‘nggi yillarda qo‘shma gaplarni semantik-sintaktik hamda shakl-vazifaviy yo‘nalishda
o‘rganishga qiziqish kuchaydi. Buning natijasida sintaktik birliklarni umumiylik-xususiylik
dialektikasi asosida til va nutq bo‘linishida o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Tilshunos olimlar
N.Mahmudov, A.Berdialiyev, S.Solixo‘jayeva, R.Sayfullayeva va M.Qurbonovalarning qo‘shma
gap tadqiqiga oid asarlari mana shu yo‘nalishdagi yirik ilmiy ishlardan hisoblanadi
6
. Quyida o‘quv
dasturiga muvofiq tarzda qo‘shma gaplarning, asosan, an’anaviy sintaktik tadqiq natijalari hamda
qisman semantik hamda shakl-vazifaviy tadqiqi xususida fikr yuritamiz.
Formal (an’anaviy sintaksis) va semantik-sintaktik yo‘nalishdagi tadqiqotlarda qayd
etilishicha, har qanday sodda gap kabi qo‘shma gap ham ifoda va mazmuni tomoniga ega. Biroq
qo‘shma
gap mazmunan murakkabligi, sintaktik tuzilishining o‘ziga xosligi bilan sodda gapdan
tubdan farqlanadi.
Mavjud sintaktik nazariyalarda qo‘shma gaplarning sodda gaplardan, asosan, sintaktik,
semantik tuzilishi, ohangi, qo‘llanish darajasi kabi belgilari asosida farqlanishi ko‘rsatiladi. Bular
quyidagilar:
1. Qo‘shma gap va sodda gap o‘zaro sintaktik tuzilishiga ko‘ra farqlanadi.
Sodda gap bir
predikativ birlikdan, qo‘shma gap o‘zaro uzviy bog‘langan bir necha predikativ birlikdan
tashkil topadi. Qiyoslang:
Do'stlaringiz bilan baham: