11. О‘rin ergash gapli qo‘shma gaplar.
О‘rin ergash gaplar bosh gapdagi harakatning
yuzaga kelish, boshlanish yoki yo‘nalish o‘rnini ko‘rsatadi. Masalan:
Katta kema qayoqqa yursa,
kichik kema ham shu yoqqa yuradi.
(Maqol.)
Ushbu qo‘shma gap «Katta kema qayoqqa yursa» ergash gapi va «Kichik kema ham shu
yoqqa yuradi» bosh gapining
-sa
shart mayli affiksi yordamida o‘zaro bog‘lanishidan tarkib
topgan. Ergash gap bosh gapdagi harakatning yo‘nalish o‘rnini anglatib kelgan.
О‘rin ergash gaplar bosh gapdagi o‘rin holining mazmuniga aniqlik kiritadi, uni semantik
jihatdan izohlaydi. Shu sababli gapning bu turi ayrim manbalarda «Umumlashtiruvchi-izoh
ergash gapli qo‘shma gaplar»ga birlashtiriladi.
56
О‘rin ergash gaplar bosh gapga shart mayli, buyruq mayli shaklidagi
fe’l + ekan
to‘liqsiz
fe’lidan iborat biriktiruvchi vositalar orqali bog‘lanadi. Masalan:
-sa
:
Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda bo‘ladi.
(Maqol.)
-masin:
Qayoqqa bosh urmasin, u yerda nohaqlik mavjud edi
. (So‘zl.)
-mang:
Qayerga bormang, bir zumda o‘sha yerda paydo bo‘laman.
(«Yoshlik».)
О‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarda o‘zaro qarshilantirilgan olmosh va o‘rin ravishlaridan
tashkil topgan
qayerda -shu yerda //o‘sha yerda //shunda, qayerga -shu yerga // shu yoqqa,
qayga- o‘sha yerga //o‘sha yoqqa
havola bo‘laklari qo‘llanadi. О‘zaro nisbatlanuvchi bu havola
bo‘laklardan
qayerda, qayerga, qayga, qayerdan
kabilar o‘rin ergash gap tarkibida,
shu yerda,
o‘sha yerda , shunda, shu yerga, shu yoqqa, o‘sha yerga, o‘sha yoqqa
havola bo‘laklari esa bosh
gap tarkibida qo‘llanadi.
Mazkur havola bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplar, asosan,
ikki havola bo‘lakli bo‘ladi. Ya’ni, bosh gap tarkibida ham, ergash gapda ham olmoshlar, o‘rin
ravishlari bilan ifodalangan havola bo‘laklar ishtirok etadi. Masalan:
Oqsoqol qayerda bo‘lsa,
o‘sha joyda ish bir tartibda borardi.
(О‘.H.)
Bu gapda
qayerda -o‘sha joyda
havola bo‘laklari o‘zaro nisbatlangan. Bu havola bo‘laklar
gapda aks etgan denotativ voqeaning yuzaga kelish o‘rnini alohida ta’kidlash uchun qo‘llanadi.
Agar bunday ta’kidga zarurat bo‘lmasa, havola bo‘laklar gapdan tushirib qoldiriladi va qo‘shma
gap sodda gapga aylantiriladi. Qiyoslang:
Oqsoqol bo‘lgan joyda ish bir tartibda borardi.
Bunday tuzilishdagi gaplarda bosh gapdagi havola bo‘lak tushirib qoldirilganda ham gap bir
havola bo‘lakli gapga aylanmaydi. Chunki bunday holatda moddiy jihatdan shakllanmagan havola
bo‘lak ma’nosi mantiqan anglashilib turadi. Qiyoslang:
Qayerdaki bu mutanosiblik buzilsa, (u
yerda ) fojia kelib chiqadi.
(S.S.)
57
О‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik deyarli yuzaga
kelmaydi. Shu sababli gapning semantik va sintaktik tuzilishida ziddiyat ko‘zga tashlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |